TOShKENT, 4 avg — Sputnik. Turkiya prezidenti Toyib Erdo‘g‘onning fikricha, Fatxulla Gulen turk xalqini bayroqsiz, vatansiz, millatsiz va davlatsiz qoldirish maqsadida isonni amalga oshirmoqchi bo‘lgan. RIA Novosti xabari asosida.
Turk rahbari so‘zlariga muvofiq "o‘tmishda yaxshi lavozimlarni egallagan, ko‘rinishidan tuppa-tuzuk odamlar uyatni yig‘ishtirib qo‘yib, "U bizga uyqu arteriyasidan ham yaqinroq", deya gap boshlashadi. "Ular kim haqda gapirapti? Pensilvaniyada o‘tirgan nusxa (ya’ni, Gulen demoqchi, tahr.) haqidami? Voy, sharlatanlar-yey! Faqat Allog‘gina bizga uyqu arteriyasidan ham yaqinroq bo‘lishi mumkin va boshqa hech kim va hech narsa emas. Boshqacha fikr bildirish — shakkoklik qilish demakdir. Nega? Chunki siz ayni vaqtda Pensilvaniyada yashab kelayotgan nusxani ilohiylashtirishga harakat qilyapsiz", — deya ta’kidlagan Erdo‘g‘on.
"Turkiya xalqi uning o‘zga vatani yo‘qligini va bo‘lishi ham mumkin emasligini yaxshigina tushuntirib qo‘ydi bu buzuqlarga. Qolaversa bu sharlatanlarga hech kim davlatni berib qo‘ymasligini ham yaxshi tushuntirishdi…
Turkiya prezidenti so‘zlariga ko‘ra, Gulen tashkiloti a’zolari o‘z strukturalari tashkil qilingan 160 davlatning barchasini "vatanmiz" deb ataydilar va hatto shu holatgacha yetib borishganki, bu davlatlarni o‘z qo‘llariga olishga tayyorgar ekanliklarini ma’lum qilishgan.
"Ular AQShni ham qo‘lga olishmoqchi ekanliklarini ma’lum qilganlar, va o‘z faoliyatlarini aynan shu davlatdan turib boshqarib turganliklari haqida sha’ma qilib kelmoqdalar", — deya qo‘shimcha qilgan Erdo‘g‘on.