Germaniya: o‘lim jazosi mavjud mamlakat YeIga a’zo bo‘la olmaydi

© Sputnik / Igor Zarembo / Mediabankka o‘tishBerlin, Reyxstag binosi
Berlin, Reyxstag binosi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Yevropa Ittifoqi - bu qadriyatlar uyushmasi. Ittifoq qonun-qoidalarida o‘lim jazosiga o‘rin yo‘q", deb ta’kidladi Germaniya hukumati vakili Shteffen Zaybert.

TOShKENT, 18-iyul — Sputnik. O‘lim jazosi mavjud mamlakat Yevropa Ittifoqi a’zosi bo‘la olmaydi, agar Turkiya o‘lim jazosini joriy etsa, uning YeIga a’zoligi masalasi avtomatik ravishda yopiladi, deb bayonot qildi Germaniya Federativ Respublikasi hukumati vakili Shteffen Zaybert. RIA Novosti xabari asosida.

"O‘lim jazosi mavjud mamlakat YeI a’zosi bo‘la olmaydi", — deb ta’kidlagan Zaybert dushanba kuni.

Zaybertning so‘zlariga qaraganda, Yevropa Ittifoqi — huquqiy uyushma bo‘lib, uni umumiy qadriyatlar birlashtirib turadi.

"Yevropa Ittifoqi — bu qadriyatlar uyushmasi. Ittifoq qonun-qoidalarida o‘lim jazosiga o‘rin yo‘q", — deb ta’kidlagan Germaniya hukumati vakili.

Zaybertning ta’kidlashicha, Turkiya Yevropa Ittifoq a’zoligiga da’vogar rasmiy nomzodlardan biri sanaladi.

Istambul aholisi davlat to‘ntarishiga qarshi mitingga chiqdi - Sputnik O‘zbekiston
Istambul politsiyasi vertolotlarni urib tushirish haqida buyruq oldi
"Mana shuning o‘zi Anqaraga asosiy huquqiy va demokratik tamoyillarga rioya qilish majburiyatini yuklaydi", — deb qo‘shimcha qilgan siyosatchi.

Eslatib o‘tamiz, bundan sal oldin Turkiya prezidenti Toyib Erdo‘g‘on va Turkiya Bosh vaziri Binoli Yildirim hukumat mamlakatda davlat to‘ntarishini amalga oshirmoqchi bo‘lganlar uchun o‘lim jazosi qayta tiklash masalasini ko‘rib chiqishini e’lon qilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0