TOShKENT, 22-iyul — Sputnik. Davlat to‘ntarishini amalga oshirish uchun qilingan isondan so‘ng, mamlakat hukumati 11 mingga yaqin fuqarolarning pasportini bekor qildi, deb bayonot berdi Turki IIV rahbari Efkan Ola. RIA Novosti xabari asosida.
"Biz buguni kunda 10 ming 856 nafar kishining pasportini bekor qildik", — deb ta’kidlagan Ola NTV telekanali efirida.
Bundan sal oldin Turkiya hukumati davlat organlari xodimlariga chet elga chiqishni ta’qiqlagan edi.
Eslatib o‘tamiz, Turkiyada harbiy ison 15-iyuldan 16-iyulga o‘tar kechasi ro‘y bergan. Harbiylar vertolot va tanklar yordamida aeroport, ko‘prik, OAV binolari va prezident saroyiga hujumlar uyushtirishgan. Turkiya TIV ma’lumotiga ko‘ra, davlat to‘ntarishiga urinish harakatlari oqibatida 290 kishi qurbon bo‘lgan.