TOShKENT, 18-may — Sputnik. Britaniya generali ser Richard Shirreff bayonotiga ko‘ra, NATO va Rossiya o‘rtasida yil davomida yadro urushi ro‘y berishi mumkin. RIA Novosti xabari asosida.
Shirreff, shuningdek, Rossiya NATOning ojiz tomonlarini biladi, shu tufayli u o‘z hujumi sababini Boltiqbo‘yidagi "rusiyzabon xalqlarni himoya qilish" sifatida ifodalashi mumkin, deb ta’kidladi.
Richard Shirreff 2011-2014 yy Yevropadagi NATO Birlashgan Qurolli kuchlari Bosh qo‘mondoni o‘rinbosari lavozimini egallagan. Shu haftada, uning "2017: Rossiya bilan urush" nomli kitobi dunyo yuzini ko‘rdi. Asardagi voqealar — badiiy to‘qima, ammo muallifning aytishicha, ular "real hayotda ro‘y berishi mumkin".
Rossiya hukumati esa Moskva ikki o‘rtada qarama-qarshilikni vujudga keltirish tarafdori emasligini, ammo, G‘arb tomonidan amalga oshiriladigan dushmanchilik harakatlariga munosib javob qaytarishga tayyorligini bildirgan.