TOShKENT, 30 yanv — Sputnik. So‘nggi o‘n yilliklar davomida G‘arb Rossiya harbiy texnikasi rivojiga istehzo bilan qarab kelardi. Ammo u yaqinda Moskva qurol-aslaha sohasida aql bovar qilmas yutuqlarga erishganini tan olishga majbur bo‘ldi.
Rossiya harbiy texnikani yaratish borasida yuqori texnologiyalarni ishga solib G‘arb va Isroil davlatini “shok”ka tushirdi, deb yozadi Independent, deb yozadi Independent nashri, RIA Novosti xabari asosida.
Yaqin-yaqinlargacha G‘arb harbiy amaldorlari Rossiya strategiyasi va harbiy texnikasi haqida — “eskirgan”, Rossiya HHK foydalanadigan raketalar to‘g‘risida — “ish bermas”, Rossiya Harbiy Dengiz Flotini esa, umuman, “zanglab qolgan” deya og‘iz to‘ldirib gapirishar edi. Ammo Suriyadagi harbiy operatsiyalari davomida Rossiya o‘zining nimalarga qodirligini ko‘rsatib qo‘yganidan so‘ng, G‘arb o‘zini yo‘qotib, dovdirab qoldi, deb yoziladi maqolada.
Ta’kidlash joizki, AQSh boshchiligidagi koalitsiya bir oyda amalga oshirgan uchishlarni Rossiya qiruvchilari o‘z vaqtida bir kunda amalga oshirgan holatlar bo‘lgan. Rossiya Harbiy-dengiz floti kuchlari esa Kaspiy dengizidan turib 900 mildan olis masofaga raketalarni uchirishdi.
AQSh armiyasining Yevropadagi Bosh qo‘mondoni Ben Xojes yaqinda shunday deya ta’kidladi: “Rossiyaning Suriya va Ukrainadagi radio-elektron kurash vositalari rivoji… aql bovar qilmas darajada".
AQSh armiyasining Yevropadagi vakili general Frenk Gorensning fikricha, Rossiya Qrim yarimoroli va Kaliningradda shunday turdagi havo mudofaa komplekslarini joylashtirmoqchiki, natijada, hatto, NATO o‘ziga a’zo ba’zi bir tumanlar, jumladan, Polshaga xavfsizlik borasida yordam berolmay qolishi mumkin.
Isroil ham, deb yozadi Independent, Rossiyaning harbiy tomondan tobora kuchayib borayotganidan xavfsiramoqda. Sababi, ruslarning ilg‘or qurol-aslahalari, jumladan, S-400 zenit-raketa kompleksi Eron qo‘liga tushib qolishi mumkin. Eron esa Isroil tomonidan “o‘ta xavfli” dushman sifatida qabul qilinib kelinishi sir emas…
Rossiyaning Suriyada ishtiroki holatni butunlay o‘zgartirdi. Hozirda Suriyada ro‘y berayotgan voqealar qay tomonga o‘zgarishi faqat Rossiya prezidenti Vladimir Putinga bog‘liq, deb yozadi Independent.