IShIDmi yoki DAISh ?

Obuna bo‘lish
Yaqindan Rossiya matbuoti, "Islom davlati"ni DAISh atamasi bilan ifoda etishga o‘tdi. DAISh – arab tilida “IShID”ning tarjimasi bo‘lsada, haqoratli «dayus” so‘ziga o‘xshash eshitiladi.

TOShKENT, 10 dek — Sputnik. "IShID"mi yoki "DAISh", kun.uz sayti ma’lumotiga asosan.

Yaqinda Rossiya matbuoti, u xoh davlatga qarashli, xoh nohukumat matbuoti bo‘lsin, Islom davlati (yoki IShID)ni DAISh atamasi bilan ifoda etishga o‘tdi. Undan avvalroq esa Fransiya prezidenti Fransua Olland va boshqa xorijiy jurnalistlar barcha terrorchilarni shu nom bilan atay boshlagan edi. Ma’lum bo‘lishicha, bahor oylaridayoq Rossiya Dinlararo kengashi hukumatga murojaat qilib, “Islom davlati” degan iborani “DAISh” ga o‘zgartirish taklifi bilan chiqqan ekan. Ammo o‘shanda bu iltimosga e’tibor qaratilmagan edi.

Bir jihatdan Yaqin Sharqda faoliyat yuritayotgan terror guruhini arab tilida talqin qilinganidek, DAISh («ad-Davlat al-Islamiyya fil-Iroq vash-Shom») deb atash to‘g‘riroq bo‘ladi. DAISh – aslida “Iroq va Shom islom davlati” degan ma’noni anglatsa-da, qisqartirib faqat, abbreviatura qo‘llanilganda haqoratli «dayus» degan ma’noni beradi. Arabchada Daesh (داعس), qabih niyatli insonlarga nisbatan ishlatiladi. Axir “Islom davlat”i ham buzg‘unchilik bilan shug‘ullanib kelayotgani hech kimga sir bo‘lmay qoldi. Ayni paytda DAISh qisqartmasi terrorchilar uchun xaqoratli ekanini ularning o‘zlari ham angab yetgani xaqida yozilmoqda. Aynan shu sababli xam bu tashkilotni DAISh deb atayverish kerak.

DAISh jangarilari - Sputnik O‘zbekiston
DAISh xitoylik musulmonlarni yollashni boshladi

Shu sababli, NATO, BRIKS, ASEAN kabi abbreviaturalar asl holida qo‘llanilgani kabi, DAIShni ham arab tilida talqin qilinganidek ishlatish maqsadga muvofiq. “Islom davlati” atamasi, bu — islom dini va musulmonlarga nisbatan haqoratdir.

Qolaversa, poytaxti ham, valyutasiyu aniq hudud va chegaralari ham bo‘lmagan, kelajakda biror bir mamlakat tan olmaydigan terror tashkilotiga «davlat» iborasini ham qo‘llash to‘g‘ri bo‘lmasa kerak. Jinoiy tashkilotning islomga ham, davlatga ham mutlaqo aloqasi yo‘qligi kundek ravshan-ku.

Iroq va Suriyaning ma’lum hududlarini egallab olgan terrorchilar radikal nuqtayi nazaridagi davlatni barpo etmoqchi. Agar biz ularni “Islom davlati” deb ataydigan bo‘lsak, ularning g‘oyalarini targ‘ib-tashviqot qilayotgan bo‘lmaymizmi?

Shuningdek, bu tashkilot shariat qoidalariga amal qilib faoliyat yuritayotganiga ham hech kim ishonmayapti. Islom dinida tinch aholi vakillarini o‘ldirish, bolalardan urushda foydalanish qatiyan taqiqlanadi. DAISh esa islom taqiqlagan amallarni qilmoqda. Ularni “Islom davlati” deb emas, mintaqadagi boshboshdoqlikdan foydalanib qolayotgan terror guruhi deb atash to‘g‘riroq bo‘ladi.

Islom davlati (DAISh) rahbari AbuBakr al-Bog‘dodi - Sputnik O‘zbekiston
ID (DAISh) rahbari Turkiyadan Liviyaga ko‘chib o‘tdi

DAISh va uning atrofida yuz berayotgan voqealardan ko‘proq musulmonlar aziyat chekmoqda. Bugungi kunda dunyoda islom deganda kesilgan kallalar, qotilliklar, portlashlar, xunrezriklar tushuniladigan bo‘lib qoldi. <…> Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf “Ochiq Xat” (Toshkent, “Hilol nashr”, 2015) kitobida tolibon kabi terror guruhlarini bemazhablar deb atar ekanlar, “Ular o‘zlariga nasihat qilganlarni ham kofirga chiqara boshladilar. Hamma tarafda jihod qilish va islom davlati tuzish haqida gap-so‘z, yozish-chizish ko‘payib ketdi. Hammasini jamlab, birorta kichikroq korxonaga rahbar qilib qo‘yilsa, boshqara olmasliklari aniq kimsalar butun dunyo bo‘yicha hukm suradigan davlat qurish haqida bong urar edilar. Islomdan bir-ikkita narsani o‘rganib olib, o‘zini bilimdon sanagan bu chalasavodlar o‘zlariga nasihat qilmoqchi bo‘lgan olimlarni kofirdan olib kofirga solishar, ularni Islomga qarshi chiqishda ayblar edilar”, deya yozadilar. Shayx hazratlarining fikricha, ular o‘zlarining islom borasidagi savodsiz tushunchalari bo‘yicha ish yuritib, hammaga kulgu bo‘ldilar. Eng achinarlisi, Islomning obro‘siga futur yetkazdilar.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari IShIDning qanday tashkil etilganini aniq dalillar bilan isbotlab beradilar. Bu tashkilot Iroqdagi Buku qamoqxonasida paydo bo‘lgani aytiladi. “Qamoqxona degan “oliy o‘quv yurti” tugatilganidan keyin ularning bitiruvchilari olgan “ilm”larini hayotga tatbiq qilishni boshlaganlar. IShID sahnaga chiqqanda voqealarning borishini kuzatib turganlar hayratda qolishdi. Bu harakat qayerdan paydo bo‘lganini, uning ortida kim turganini tushunmasdan hammaning boshi qotdi. IShIDchilar qilayotgan ishlarning mantig‘idan odamlarning aqli lol qoldi. Bo‘layotgan ishlarning barchasi Islom nomidan amalga oshirildi. Oxiri borib, “xalifalik” e’lon qilindi va hamma musulmonlar unga bay’at qilishga chorlandi… <…>

“Islom davlati” atamasiga qarshi bo‘lgan arab davlatlari 2013-yildayoq DAISh iborasini muamolaga kiritishgan. G‘arb dunyosida ilk bor bu atama Fransiya rasmiylari tomonidan qo‘llanildi. 2014-yilning sentabrida tashqi ishlar vaziri Loran Fabius “Islom davlati” atamasini ishlatishdan voz kechishga chaqirdi. Uning fikricha, “Islom davlati”ni islom va musulmonlarga mutloqo aloqasi yo‘q. «Arablar ularni DAISh deb atashadi, men ham terrorchi kallakesarlarga nisbatan shu iborani ishlataman», — degan edi Loran Fabius. 2015-yilning yanvar oyida Avstraliyaning sobiq bosh vaziri Toni Ebbot, shu yilning 2-dekabrida Buyuk Britaniya bosh vaziri Devid Kemeron mana shu abbreviaturani ishlatish tarafdori ekani haqida bayonot berishdi.

Britaniya Suriyada ID (DAISh)ga birinchi zarbasini berdi

Britaniya imomlari bu tashkilotni “Islom davlati” deb atash noto‘g‘ri ekanligini aytib keladilar. Rossiya ruxoniylari esa IDni — “Iblis davlati” deyishadi.

Bir qator kuzatuvchilarning aytishicha, “Islom Davlati” degandan ko‘ra “DAISh” atamasini qo‘llash terrorchilarga qarshi kurashga katta ko‘mak ko‘rsatilgan bo‘lardi.

Sharofiddin To‘laganov

 

Yangiliklar lentasi
0