DAISh xitoylik musulmonlarni yollashni boshladi

© YoutubeDAISh jangarilari
DAISh jangarilari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ayni paytda DAISh safiga qo‘shilgan xitoylik musulmonlar soni noaniq. Ammo Xitoyning g‘arbiy qismida yashovchi uyg‘ur musulmonlari ushbu jinoiy guruhga qo‘shilishi mumkin, deb taxmin qilinmoqda.

TOShKENT, 9 dek — Sputnik.  ID(DAISh) hozirda xitoyliklarni yollamoqda. Terrorchilar dunyo bo‘yicha jangarilarni yollashga bo‘lgan o‘z intilishini shu tariqa kengaytirmoqda, deb yozadi RIA Novosti CNBC ma’lumotiga ko‘ra.

"Terrorchilik monitoringini o‘tkazadigan sayt xabariga ko‘ra, DAISh xitoylik musulmonlarni jihodga jalb qilish maqsadida, Nashid deb nomlangan xitoy tilida kuylangan to‘rt daqiqalik targ‘ibot qo‘shig‘ini ommaga e’lon qilgan.

“Erkak ovozida kuylangan “Men majohidman” deb nomlangan qo‘shiq, barcha “musulmon birodarlarni uyg‘onishga”, qo‘lga qurol olib “orzu uchun kurashda jon berishga” da’vat qiladi”, deb xabar qiladi CNBC, Reuters ma’lumoti asosida.

Ayni paytda DAISh safiga qo‘shilgan xitoylik musulmonlar soni noaniq. Ammo Xitoyning g‘arbiy qismida yashovchi uyg‘ur musulmonlari ushbu jinoiy guruhga qo‘shilishi mumkin, deb taxmin qilinmoqda.

Shu tariqa, "islom xalifaligi" deb e’lon qilingan hudud chegarasini kengaytirish maqsadida, DAISh, siyosiy tuzumdan norozi bo‘lgan xitoylik musulmonlarni yollashga harakat qilishi mumkin, deyilgan xabarda.

Yangiliklar lentasi
0