Britaniya Suriyada ID (DAISh)ga birinchi zarbasini berdi

Obuna bo‘lish
Britaniyaning ikki Tornado samolyoti “Islom davlati” (DAISh)ga o‘zining birinchi zarbasini berdi. Bir kun olin Britaniya parlamenti mamlakatning Suriyadagi harbiy operatsiyada qatnashishiga ruxsat bergandi.

TOShKENT, 3 dek — Sputnik. Buyuk Britaniyaning Harbiy-havo kuchlari Suriyaning “Islom davlati”(DAISh) jangarilari joylashgan hududga o‘zining birinchi zarbasini berib Kiprdagi “Akrotiri” aviabazasiga qaytdi, RIA Novosti iTV telekanali xabariga asosan.

Britaniya parlamenti mamlakatning Suriyadagi harbiy operatsiyada qatnishishini ko‘pchil ovoz bilan ma’quladi. Chorshanba kuni kechqurun bo‘lib o‘tgan majlisda 397 deputat “ha” deb ovoz berdi, “yo‘q” deyuvchilar soni esa 223 kishini tashkil qildi.

Jangovor operatsiyada qatnashish darhol zarurligini mamlakat bosh vaziri Devid Kemeron aytdi. Uning so‘zlariga qaraganda “Islom davlati” (DAISh) Britaniya xalqining xavfsizligiga tahdid solmoqda.

Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vaziri Filipp Xammondning fikriga ko‘ra, ID pozitsiyalariga berilagn aviatsiya zarbalari terrorchilarni to‘liq yengish imkonini bermaydi, lekin siyosiy va gumanitar choralar bilan birgalikda yaxshi natijaga olib kelishi mumkin. Uning fikriga ko‘ra ID pozitsiyalariga zarba berishga tayorgarlik ko‘p vaqt talab qilmaydi.  

Seshanba kuni Independent gazetasi Buyuk Britaniya o‘zining Kiprdagi bazasida samolyotlar sonini ikki baravar ko‘paytirishi kerakligini ta’kidlagandi. Shundan keyin u yerga lazer nuri yordamida nishonga olishuvchi raketalar bilan qurollangan ikki Tornado va olti Typhoon qiruvchi samolyotlari yuborilgan edi. Ulardan tashqari bazada yana sakkiz samolyot joylashtirilgan bo‘lib ular AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiya tizimida Iroqdagi jangovor operatsiyada qatnashib kelmoqda.

 

Yangiliklar lentasi
0