TOShKENT, 9 dek — Sputnik. Turkiyada davolanayotgan ID (DAISh) terrorchilar rahbari Abu Bakr al-Bog‘dodi, Iroq razvedkasi ta’qibidan qo‘rqib Liviyaning Sirt shahriga ko‘chib o‘tdi, RIA Novosti, Fars eron axborot agentligi xabari asosida.
Axborot agentligi xabariga ko‘ra Bog‘dodi bir necha marta Iroqdan Suriyaga va Suriyadan Iroqqa ko‘chib o‘tgan.
“Barcha uni Iroq va Suriyadan qidirayotgan bir paytda, hech kim uni Sirtda kutmaydi”, — deyilgan xabarda.
Iroqda notinchlik saqlanib qolmoqda. DAISh Suriyada qilgan janglari vaqtida eng katta kuchga ega bo‘lgan. Uning jangarilari eng shafqatsiz guruhlardan biriga aylangan. ID harakatlaridan minglab tinch aholi qurbon bo‘ldi, yuz minglab odam qochqinlarga aylandi va yana bir necha ming kishi garovda ushlab turilibdi.