Tojikistonda chaqaloqlarga serial qahramonlari ismini qo‘yish ta’qiqlanadi

© Sputnik / Pavel Lisisin / Mediabankka o‘tishTug‘ruqxonadagi chaqaloq
Tug‘ruqxonadagi chaqaloq - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Dushanbedagi tumanlarning biriga qarashli FHDYo mudirasi fikricha, yangi qonun tojik millatiga mansub fuqarolar uchun ishlab chiqilmoqda.

TOShKENT, 4 dek ─ Sputnik. Tojikcha ismlar ryeyestri mamlakat prezidenti Emomali Rahmon tashabbusi bilan kiritilgan “bolalarga milliy qadriyatlarni inobatga olgan holda ism tanlash taklifi” asosida qonuniy kuchga ega normativ hujjat sifatida qayd etiladi. Sputnik Kirg‘iziston. muxbiri rahbarni bunday yangilik yaratishga undagan sabablarni aniqlashga urinib ko‘rdi.

Ruxsat berilgan ismlar ryeyestri

Milliy madaniyat normalari talabiga javob beradigan ismlar kim tomonidan va qanday aniqlanadi, degan savol Tojikiston fuqarolarida juda katta qiziqish uyg‘otmoqda.

To‘y libosi - Sputnik O‘zbekiston
Tojikistonda qarindoshlar o‘rtasida nikoh ta’qiqlandi
Ruxsat berilgan ismlar reyestri ustida Hukumat qoshida tashkil qilingan til va terminologiyalar Qo‘mitasi Respublika Fanlar Akademiyasi bilan hamkorlikda ish olib bormoqda.

Reyestrga qancha va qanday ismlar kiritilgani hozircha oshkor qilinmayapti. Ammo manbalarga ko‘ra, ro‘yxatdan tojik millatiga mansub bolalarga qo‘yilishi mumkin bo‘lgan ismlar soni uch mingni tashkil qiladi.

Bunday qonunga ehtiyoj bormidi?

Tojikiston Respublikasi Majlisi namoyandagon Majlisi Oli (TR parlamenti quuyi palatasi) matbuot kotibi Muxammadato Sultonov, bu savolga izoh berar ekan, tuzatish, yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga ism tanlash jarayonini tartibga solishga yo‘naltirilganligini ta’kidladi.

Uning aytishicha, Respublika fuqarolariga tug‘ilajak chaqaloqlarga tojik xalqining milliy madaniyati normalaridan kelib chiqqan holda ism tanlash taklif etilyapti.

Hozircha o‘zgarish yo‘q

Poytaxtdagi tumanlarning birida FHDYo bo‘lim mudiraligini bajaruvchi Mohira Karimovaning aytishicha, bu borada hozircha hech qanday buyruq kelib tushmagan, shu bois ish eski normativlar bo‘yicha ketmoqda.

Ayolning ta’kidlashicha, aksariyat ota-onalar o‘z farzandiga hujjat olgani tayyor ism bilan keladilar, ammo, ikkilanib qoladiganlar ham ko‘p uchraydi.

"Ana shundaylar uchun namuna bukletlar mavjud. Ularda keltirilgan misollar yordamida ota-onalar o‘z farzandlariga xohlagan ismni tanlab qo‘yishlari mumkin", — deydi FHDYo xodimi.

Ism qo‘yishda seriallar ta’siri kuchli

Karimova parlamentdagilarning tashabbusini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. Uning aytishicha, mamlakatda, so‘nggi paytlarda, chaqaloqlarni turkcha seriallar qahramonlari ismi bilan atash “moda” tusiga kirgan.

Emomali Rahmon - Sputnik O‘zbekiston
Tojikistonda Rahmonni haqorat qilganlar 5-yilga qamaladi
Qayd qilish muassasalari ta’kidiga ko‘ra, ba’zi ota-onalar o‘z farzandiga tojikcha bo‘lmagan ismlarni tanlar ekanlar, ismning kelib chiqishi tarixi, nima ma’noni bildirishini hatto bilmaydilar ham.

"Mana yaqinda, ota-onalar o‘z farzandlariga Alika yoxud Marva deb ism qo‘ygan holatlar ham bo‘ldi. Misol uchun, menga bu juda g‘ayritabiiy tuyuldi. Ulardan bu ismlar qaysi millatdan olingan, qay ma’noni bildiradi deb so‘raganimda, ular bu savollarga javob berisholmadi.

Ammo, nachora. Mana shunday holatlarga qaramay, chaqaloqlarni, albatta, qayd etamiz. Chunki qanday ismni tanlash bu ota-onalar xohishi. Biz faqatgina variantlarni taklif qilishimiz mumkin, ammo ularni majburlay olmaymiz” — deydi Karimova.

Qonunga kimlar bo‘ysunadi?

Qonunga kiritiladigan o‘zgartirishlar va ismlar reyestriga keladigan bo‘lsak, agar hujjat majburiy xarakterga ega bo‘lsa, tabiiyki, qonunga bo‘ysunishga majburmiz. Hamma qonunga asosan ro‘yxatdan o‘tkaziladi, — deydi FHDYo mudirasi.

Tojikistonda milliy bayroq kuni - Sputnik O‘zbekiston
Tojikiston hukumati ruscha familiyalarni ta’qiqlamoqda
Karimovaning ta’kidiga ko‘ra, qonun tojik millatiga mansub fuqarolar uchun joriy qilinadi.

"Mamlakatda istiqomat qiluvchi rus millatiga mansub shaxslar o‘z familiyalarining so‘nggi harflarini tojikcha qilib o‘zgartirishganda, bu ularning ixtiyoriy xohishi asosida amalga oshirilgan edi. Hech kim, ularni majburlamagandi. Aminmanki, bu qonun ham Tojikistonda istiqomat qiluvchi boshqa xalqlarga joriy etilmaydi”, dedi Karimova.

Mahalliy OAV larida yozilishicha, qonun kuchga kirganidan keyin fuqarolar o‘z ism-familiyalarini unga binoan o‘zgartirmoqchi bo‘lsalar, ularning xohishlari amalga oshiriladi.

Yangiliklar lentasi
0