Tojikistonda Rahmonni haqorat qilganlar 5-yilga qamaladi

© Fotoxost-agentstvo / Mediabankka o‘tishEmomali Rahmon
Emomali Rahmon - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tojikiston respublikasining "Tinchlik va milliy birlik asoschisi – millat yetakchisi" haqidagi qonuniga asosan Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon millat yetakchisi deb e’lon qilindi

TOShKENT, 2 noya — Sputnik. Tojikiston jinoyat kodeksiga Emomali Rahmonni haqorat qilganlik uchun jazo belgilovchi qo‘shimcha kiritiladi, deb xabar beradi Sputnik Tojikiston.

Jinoyat kodeksiga tuzatishlar kiritish to‘g‘risidagi hukumat farmoni 13-oktabr kuni Emomali Rahmon tomonidan imzolandi.

Emomali Rahmon - Sputnik O‘zbekiston
Emomali Rahmonga mustaqil Tojikiston asoschisi maqomi berildi

"Tojikiston jinoyat kodeksiga tinchlik va milliy birlik asoschisi, millat yetakchisini omma oldida haqorat qilganlik yoki bo‘hton uyushtirganlik uchun jinoiy javobgarlikni ko‘zda tutuvchi modda kiritish taklif etildi", — deyiladi hukumat farmonida.

Shuningdek, internet, ijtimoiy tarmoqlar va boshqa ommaviy axborot vositalari orqali haqorat qilganlik uchun ham javobgarlik ko‘zda tutiladi.

Tojikiston jinoyat kodeksiga ko‘ra, respublika prezidentini haqorat qilganlik yoki uning sha’niga bo‘hton uyushtirganlik uchun ayblanuvchi besh yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum etiladi. Oktabr oxirida deputatlar konstitutsion qonunga "Tinchlik va milliy birlik asoschisi – Millat yetakchisi" maqomini kiritishni bir ovozdan ma’qullashgandi. Ular ushbu qonunga bir nechta tuzatish kiritdilar, tuzatishlardan birida Rahmon mustaqil Tojikistonning asoschisi deb e’tirof etiladi.

Yangiliklar lentasi
0