Tojikistonda qarindoshlar o‘rtasida nikoh ta’qiqlandi

© Sputnik / Konstantin Chalabov / Mediabankka o‘tishTo‘y libosi
To‘y libosi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shu bugun Tojikiston Respublikasida qarindoshlar o‘rtasida tuziladigan nikohni qat’iy man qilish hamda turmush qurayotgan yoshlar shartli ravishda tibbiy ko‘rikdan o‘tishi to‘g‘risida qonun kuchga kirdi.

TOShKENT, 1-iyul — Sputnik. Qarindoshlar o‘rtasida tuziladigan nikohni ta’qiqlovchi qonun Tojikistonda kuchga kirdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti "Aziya-Plyus" nashri tarqatgan ma’lumot asosida.

"Tojikistonning fuqarolik holati dalolatnomalarini davlat ro‘yxatiga olish to‘g‘risidagi" qonunga kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq, bundan buyon bir qorin nari tog‘avachchalar, amakivachchalar, xolavachchalar, ammavachchalar va va ularning farzandlari o‘rtasida nikoh qat’iy man etiladi. Bundan tashqari, nikohdan o‘tishdan oldin yoshlar majburiy tarzda tibbiy ko‘rikdan o‘tishlari shartligi belgilandi. FHDYo organlari tibbiy ma’lumotlar taqdim etilmagan holatlarda nikohni qayd etish huquqiga ega bo‘lmaydilar.

Shuningdek, qonunga kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq, chet eldan vatanga qaytayotgan tojikistonlik migrantlarga ham tibbiy ko‘rikdan o‘tish shart etib belgilandi.

Eslatib o‘tamiz, bundan sal oldin Tojikiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy muhofaza vaziri Nusratullo Salimzoda 2015-yilda mamlakatda 30 ming nafar nogiron-bolalar ro‘yxatga olingani, ularning aksariyati yaqin qarindoshlar o‘rtasida tuzilgan nikohda dunyoga kelgani haqida bayonot qilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0