https://oz.sputniknews.uz/20210121/MIBga-norozilik-sifatida-ziga-t-ymochi-blgan-al-utarib-olindi-15838500.html
MIBga norozilik sifatida o‘ziga o‘t qo‘ymoqchi bo‘lgan ayol qutqarib qolindi
MIBga norozilik sifatida o‘ziga o‘t qo‘ymoqchi bo‘lgan ayol qutqarib qolindi
Sputnik O‘zbekiston
Farg‘ona shahri, Mash’al mahallasida yashovchi Fotima Usmonova MIB xodimlariga norozilik sifatida o‘ziga o‘t qo‘ymoqchi bo‘lgan payti qutqarib qolindi. 21.01.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-01-21T18:03+0500
2021-01-21T18:03+0500
2021-01-21T20:04+0500
hodisalar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1111/56/11115645_0:176:3312:2048_1920x0_80_0_0_fc4c7fbc147f9ebc24aff7a80d5adde9.jpg
TOShKENT, 21 yanv — Sputnik. MIBga norozilik sifatida o‘ziga o‘t qo‘ymoqchi bo‘lgan farg‘onalik ayol qutqarib qolindi.Ijtimoiy tarmoqlarda "Uyi sotib yuborilgan yolg‘iz ayol farzandi bilan ko‘chaga quvilyapti" degan video-xabarlar tarqaldi.Aniqlanishicha, fuqarolik ishlari bo‘yicha Farg‘ona tumanlararo sudining 2015-yildagi ijro hujjatiga asosan qarzdor F.Usmanovadan undiruvchi ATB "Turon bank” Farg‘ona filiali foydasiga 91.343.964 so‘m kredit qarzi va davlat foydasiga 18.268.792 so‘m davlat boji undirish, undiruvni F.Usmanovaga tegishli bo‘lgan garovga qo‘yilgan Farg‘ona shahar, Mash’al MFY, Farobiy ko‘chasi, 9/9-sonli uy, 9-xonadonga qaratish belgilangan.Mazkur ijro hujjati 20.12.2018 yilda Buroning Farg‘ona shahar bo‘limiga kelib tushgan va shu kuni davlat ijrochisi N.Rasulov tomonidan 4816-sonli ijro ishi qo‘zg‘atilgan.Majburiy ijro harakatlari davomida qarzdor F.Usmanova bir necha bor ogohlantirishlarga qaramasdan kredit qarzi va davlat bojini to‘lamasdan kelganligi sababli undiruv Farobiy ko‘chasi, 9/9-sonli uy, 9-xonadonga qaratilib, 30.03.2019 yilda "E-IJRO AUKSION" savdosiga chiqarilgan.09.08.2019 yilda o‘tkazilgan auksion savdosida №OA-000063-sonli g‘oliblik bayonnomasiga fuqaro M.Arslanov tomonidan 138.001.028 so‘mga yutib olgan va bu haqda qarzdor F.Usmanova va uning turmush o‘rtog‘i U.Kariyevlar ogohlantirilgan.Majburiy ijro burosining Farg‘ona shahar bo‘limi depozit hisob raqamiga 136.621.017 so‘m pul mablag‘i kelib tushgan bo‘lib, shundan 33.247.884 so‘mi bank foydasiga, 18.268.792 so‘mi davlat boji, 1.096.127 so‘mi ijro yig‘imi uchun o‘tkazilgan.06.11.2020 yilda qarzdor F.Usmanovaning arizasiga asosan 14.000.000 so‘m pul mablag‘i singlisi N.Mo‘minovaning qarzdorligi uchun “Baraka lizing” MChJ hisob raqamiga va 463.000 so‘m davlat boji uchun o‘tkazib berilgan.Depozitda qoldiqda qolgan 69.545.214 so‘m pul mablag‘ini qarzdor F.Usmanova qaytarish haqida unga bir necha bor taklif etilganida pul mablag‘larini olishni rad qilgan, shuningdek omonat hisob raqamlarini taqdim etishdan bosh tortib kelgan.Fuqarolik ishlari bo‘yicha Farg‘ona tumanlararo sudining 21.02.2020 yildagi 2-1501-1921/26900-sonli ijro hujjatiga asosan, qarzdor Fotima Usmonovani Farg‘ona shahar, Mash’al MFY, Farobiy ko‘chasi 9/9-uy 9-xonadonidan ko‘chirib, da’vogar M.Arslanovni ushbu xonadonga kiritib qo‘yish to‘g‘risidagi ijro xujjati Majburiy ijro burosi Farg‘ona shahar bo‘limi ish yurituviga 24.03.2020 yilda kelib tushgan va majburiy ijroga qaratilgan.FIB Farg‘ona tumanlararo sudining 25.05.2020 yildagi ajrimiga asosan qarzdor F.Usmonovaning bergan kassatsiya shikoyati mazmunan hal qilinguniga qadar ijro harakatlari to‘xtatilgan. FIB Farg‘ona viloyat sudi kassatsiya instansiyasining 08.10.2020 yildagi ajrimiga asosan FIB Farg‘ona tumanlararo sudining 21.02.2020 yildagi hal qiluv qarori o‘zgarishsiz, kassatsiya shikoyati qanoatlantirilmasdan qoldirilgan.Shunga ko‘ra, FIB Farg‘ona tumanlararo sudining aloqa xatiga asosan ijro harakatlari davom ettirilib, 28.10.2020 yil hamda 15.01.2021 yilda F.Usmonovani Forobiy ko‘chasi 9/9-uyning 9-xonadondan ko‘chirish yuzasidan majburiy ijro harakatlari olib borilgan, biroq F.Usmonovaning provokatsion xatti-harakatlari sababli ijroni amalga oshirish imkoni bo‘lmagan.15 yanvar kuni Farg‘ona shahri, Mash’al mahallasida yashovchi Fotima Usmonova MIB xodimlariga norozilik sifatida o‘ziga o‘t qo‘ymoqchi bo‘lgan payti qutqarib qolindi.42 yashar Usmonovaga ko‘ra, u yo‘qligida MIB xodimlari uyining eshigini buzib, ichkariga kirgan va narsalarini ko‘chaga chiqarib tashlagan.Voqea ustiga kelgan Usmonova mibchilar faoliyatiga norozilik sifatida ustiga benzin sepib, gugurt chaqmoqchi bo‘lgan payti qo‘shnilari uni to‘xtatib qolgan.3,5 oy avval MIB xodimlari uyidan majburlab chiqarmoqchi bo‘lgan namanganlik ayol o‘ziga o‘t qo‘yib, halok bo‘lgandi.Voqea 15-yanvar kuni Farg‘ona shahri, Mash’al MFY, Forobiy ko‘chasi, 9/9-uy, 9-xonadonda sodir bo‘lgan.Uy bekasi Fotima Usmonova Toshkentga davolanishga ketgan payti MIB xodimlari kelib, uning uyiga eshikni buzib, kirishgan va uydagi narsalarni ko‘chaga chiqarib tashlagan.15.01.2021 yilda o‘tkazilgan majburiy ijro harakatlari jarayonida ham F.Usmonova o‘tkir hidli benzinga o‘xshash suyuqlikni uy ichiga va ijro harakatini o‘tkazishda ishtirok etayotgan xodimlarga sepishga uringan va uyni yoqib yuborishini ma’lum qilgan.
https://oz.sputniknews.uz/20201014/Aliment-tlamay-Rossiyaga-ochib-ketgan-otadan-pullar-ndirib-berildi---MIB-15180071.html
https://oz.sputniknews.uz/20200525/MIB-elektr-tarmoqdan-ogrincha-foydalangan-huquqbuzarlarni-aniqladi-14206892.html
https://oz.sputniknews.uz/20201002/Namanganda-MIB-khodimlariga-norozilik-bildirib-ziga-t-ygan-al-vafot-etdi-15099285.html
https://oz.sputniknews.uz/20200614/Samarandda-MIB-khodimlarini-ib-yuborishga-uringan-alga-zhazo-tayinlandi-14338169.html
https://oz.sputniknews.uz/20200423/Koronavirus-vatida-aliment-tlamasa-bladimi---MIB-izoi-13982135.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1111/56/11115645_0:0:3260:2048_1920x0_80_0_0_43d01f7bf97bed0ac00ad752fb7729a4.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
hodisalar
MIBga norozilik sifatida o‘ziga o‘t qo‘ymoqchi bo‘lgan ayol qutqarib qolindi
18:03 21.01.2021 (yangilandi: 20:04 21.01.2021) Farg‘ona shahri, Mash’al mahallasida yashovchi Fotima Usmonova MIB xodimlariga norozilik sifatida o‘ziga o‘t qo‘ymoqchi bo‘lgan payti qutqarib qolindi.
TOShKENT, 21 yanv — Sputnik. MIBga norozilik sifatida o‘ziga o‘t qo‘ymoqchi bo‘lgan farg‘onalik ayol qutqarib qolindi.
Ijtimoiy tarmoqlarda "Uyi sotib yuborilgan yolg‘iz ayol farzandi bilan ko‘chaga quvilyapti" degan video-xabarlar tarqaldi.
Aniqlanishicha, fuqarolik ishlari bo‘yicha Farg‘ona tumanlararo sudining 2015-yildagi ijro hujjatiga asosan qarzdor F.Usmanovadan undiruvchi ATB "Turon bank” Farg‘ona filiali foydasiga 91.343.964 so‘m kredit qarzi va davlat foydasiga 18.268.792 so‘m davlat boji undirish, undiruvni F.Usmanovaga tegishli bo‘lgan garovga qo‘yilgan Farg‘ona shahar, Mash’al MFY, Farobiy ko‘chasi, 9/9-sonli uy, 9-xonadonga qaratish belgilangan.
Mazkur ijro hujjati 20.12.2018 yilda Buroning Farg‘ona shahar bo‘limiga kelib tushgan va shu kuni davlat ijrochisi N.Rasulov tomonidan 4816-sonli ijro ishi qo‘zg‘atilgan.
Majburiy ijro harakatlari davomida qarzdor F.Usmanova bir necha bor ogohlantirishlarga qaramasdan kredit qarzi va davlat bojini to‘lamasdan kelganligi sababli undiruv Farobiy ko‘chasi, 9/9-sonli uy, 9-xonadonga qaratilib, 30.03.2019 yilda "E-IJRO AUKSION" savdosiga chiqarilgan.
09.08.2019 yilda o‘tkazilgan auksion savdosida №OA-000063-sonli g‘oliblik bayonnomasiga fuqaro M.Arslanov tomonidan 138.001.028 so‘mga yutib olgan va bu haqda qarzdor F.Usmanova va uning turmush o‘rtog‘i U.Kariyevlar ogohlantirilgan.
Majburiy ijro burosining Farg‘ona shahar bo‘limi depozit hisob raqamiga 136.621.017 so‘m pul mablag‘i kelib tushgan bo‘lib, shundan 33.247.884 so‘mi bank foydasiga, 18.268.792 so‘mi davlat boji, 1.096.127 so‘mi ijro yig‘imi uchun o‘tkazilgan.
06.11.2020 yilda qarzdor F.Usmanovaning arizasiga asosan 14.000.000 so‘m pul mablag‘i singlisi N.Mo‘minovaning qarzdorligi uchun “Baraka lizing” MChJ hisob raqamiga va 463.000 so‘m davlat boji uchun o‘tkazib berilgan.
Depozitda qoldiqda qolgan 69.545.214 so‘m pul mablag‘ini qarzdor F.Usmanova qaytarish haqida unga bir necha bor taklif etilganida pul mablag‘larini olishni rad qilgan, shuningdek omonat hisob raqamlarini taqdim etishdan bosh tortib kelgan.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Farg‘ona tumanlararo sudining 21.02.2020 yildagi 2-1501-1921/26900-sonli ijro hujjatiga asosan, qarzdor Fotima Usmonovani Farg‘ona shahar, Mash’al MFY, Farobiy ko‘chasi 9/9-uy 9-xonadonidan ko‘chirib, da’vogar M.Arslanovni ushbu xonadonga kiritib qo‘yish to‘g‘risidagi ijro xujjati Majburiy ijro burosi Farg‘ona shahar bo‘limi ish yurituviga 24.03.2020 yilda kelib tushgan va majburiy ijroga qaratilgan.
FIB Farg‘ona tumanlararo sudining 25.05.2020 yildagi ajrimiga asosan qarzdor F.Usmonovaning bergan kassatsiya shikoyati mazmunan hal qilinguniga qadar ijro harakatlari to‘xtatilgan.
FIB Farg‘ona viloyat sudi kassatsiya instansiyasining 08.10.2020 yildagi ajrimiga asosan FIB Farg‘ona tumanlararo sudining 21.02.2020 yildagi hal qiluv qarori o‘zgarishsiz, kassatsiya shikoyati qanoatlantirilmasdan qoldirilgan.
Shunga ko‘ra, FIB Farg‘ona tumanlararo sudining aloqa xatiga asosan ijro harakatlari davom ettirilib, 28.10.2020 yil hamda 15.01.2021 yilda F.Usmonovani Forobiy ko‘chasi 9/9-uyning 9-xonadondan ko‘chirish yuzasidan majburiy ijro harakatlari olib borilgan, biroq F.Usmonovaning provokatsion xatti-harakatlari sababli ijroni amalga oshirish imkoni bo‘lmagan.
15 yanvar kuni Farg‘ona shahri, Mash’al mahallasida yashovchi Fotima Usmonova MIB xodimlariga norozilik sifatida o‘ziga o‘t qo‘ymoqchi bo‘lgan payti qutqarib qolindi.
42 yashar Usmonovaga ko‘ra, u yo‘qligida MIB xodimlari uyining eshigini buzib, ichkariga kirgan va narsalarini ko‘chaga chiqarib tashlagan.
Voqea ustiga kelgan Usmonova mibchilar faoliyatiga norozilik sifatida ustiga benzin sepib, gugurt chaqmoqchi bo‘lgan payti qo‘shnilari uni to‘xtatib qolgan.
3,5 oy avval MIB xodimlari uyidan majburlab chiqarmoqchi bo‘lgan namanganlik ayol o‘ziga o‘t qo‘yib, halok bo‘lgandi.
Voqea 15-yanvar kuni Farg‘ona shahri, Mash’al MFY, Forobiy ko‘chasi, 9/9-uy, 9-xonadonda sodir bo‘lgan.
Uy bekasi Fotima Usmonova Toshkentga davolanishga ketgan payti MIB xodimlari kelib, uning uyiga eshikni buzib, kirishgan va uydagi narsalarni ko‘chaga chiqarib tashlagan.
15.01.2021 yilda o‘tkazilgan majburiy ijro harakatlari jarayonida ham F.Usmonova o‘tkir hidli benzinga o‘xshash suyuqlikni uy ichiga va ijro harakatini o‘tkazishda ishtirok etayotgan xodimlarga sepishga uringan va uyni yoqib yuborishini ma’lum qilgan.