Aliment to‘lamay, Rossiyaga qochib ketgan otadan pullar o‘ndirib berildi - MIB

© Sputnik / Andrey Starostin / Mediabankka o‘tishSudebniy molotok, arxivnoe foto
Sudebniy molotok, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qarzdor To‘rayev 2014-yil 4-maydan boshlab aliment to‘lashi belgilangan, ammo erkak 5 nafar farzandlari oldidagi burchini bajarish o‘rniga, Rossiyaga qochib ketgan

TOShKENT, 14 okt - Sputnik. Olti yilda xorijdan qaytgan Yozyovonlik ota 5 nafar farzandi uchun sudda qariyb 24 million so‘m aliment pulini to‘ladi, deb xabar qilmoqda Majburiy ijro burosi Farg‘ona viloyat boshqarmasi axborot xizmati.

Jilye, ipoteka i stroitelstvo: v Tashkente startoval biznes-forum - Sputnik O‘zbekiston
Samarqandda ota o‘z farzandlariga aliment pullari o‘rniga uy sovg‘a qildi

Xabarda aytilishicha, MIBda Marg‘ilon tumanlararo sudi qarzdor Umidjon To‘rayev undiruvchi Raximaxon Xakimova foydasiga besh nafar voyaga yetmagan farzandlari ta’minoti uchun aliment undirish haqida ijro hujjati mavjud.

Sud buyrug‘ida qarzdor To‘rayev 2014-yil 4-maydan boshlab aliment to‘lashi belgilangan bo‘lsada, ota 5 nafar farzandlari oldidagi burchini bajarish o‘rniga Rossiya davlatiga ishlash uchun qochib ketgan.

Sobiq sud ijrochilarining tuman bo‘limi tomonidan U.To‘rayevning O‘zbekiston hududidan chetga chiqish huquqlari "Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida"gi Qonunning  421-moddasiga  cheklab qo‘yilgan.

Xorijdan 6-yil o‘tib uyga qaytgan To‘rayev haqidagi xabar Buro tuman bo‘limiga yetib borgach, 2014-yil 4-maydan 2020-yil oktabr oyiga qadar hisoblangan 23 mln 835 ming 342 so‘m aliment qarzdorligini undirish uchun  bo‘limga taklif etilgan.

Uzbekskaya valyuta - sum - Sputnik O‘zbekiston
Koronavirus vaqtida aliment to‘lamasa bo‘ladimi - MIB izohi

Qarzdor To‘rayevga bolalarini moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlasa, 15 sutkaga qamalishi mumkinligi haqidagi qonun talabi tushuntirilganida, davlat ijrochisining ushbu gaplariga "qo‘lingdan kelganini qil" mazmunida javob qaytargan.

Shundan so‘ng, unga nisbatan to‘plangan ma’muriy ish  hujjatlari Yozyovon tuman ma’muriy sudiga taqdim etilgan va 6-oktabr kuni sudda ishni ko‘rib chiqish chog‘ida 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlanishi naqd ekanligini tushungan To‘rayev sud zalining o‘zida 24 mln so‘m aliment pulini R.Xakimovaga to‘liq sanab topshirgan. 

Sud ma’muriy ishni O‘zbekiston MJtKning 271-moddasi 10-bandiga asosan tugatgan.

Yangiliklar lentasi
0