Amerikaning yangi "Tomogavk" raketalari nimaga qodir?

© Sputnik / Sergey Pivovarov / Mediabankka o‘tishPusk raketi po vozdushnim selyam
Pusk raketi po vozdushnim selyam - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyaning tovush tezligidan tez harakatlanuvchi Kalibr-M raketalarining raqibi “Tomahawk Block V” qanday ustuvorlikka ega?

TOShKENT, 28 dek — Sputnik, Andrey Kos. Uzoqroq masofaga uchish, kuchliroq zarba berish va qarshilikni yengib o‘tishga qodir – amerikaliklar Tomahawk — Block V raketalarini sinovdan o‘tkazishdi.

Tinch okanidagi Gavayya orollari yaqinidagi AQSh dengiz poligonida Chafee esminetsi  yangi raketa bilan nishonlarga zarba berdi. Sinov muvaffaqiyatli o‘tdi, deb qisqacha xabar qilishdi AQSh HDF.

Xo‘sh, Block V Rossiyaning "Kalibr" raketalari bilan solishtirganda qanday ustuvorliklarga ega?

Ispitanie novoy ballisticheskoy raketi «Sarmat” - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyaga yangi qit’alararo ballistik raketa nima uchun kerak

Tomogavk raketalarining yangi modifikatsiyasini ishlab chiqarish AQShda ilg‘or qadamlar bilan olib borilmoqda. Buni Pentagon Xitoy harbiy quvvati oshishiga bog‘lamoqda. Haqiqatdan ham Xitoy suv usti va suv osti kemalarini juda tez qurib bitkazmoqda va ularni yashin tezligida yangi tizimlar va qurollar bilan jihozlamoqda. Ekspertlar xulosasiga ko‘ra Xitoy 2035-yilga kelib 420ta harbiy kemaga ega bo‘ladi.

Bundan amerikaliklar dengiz okeanida o‘z ustuvorliklarini yo‘qotib quyishdan qo‘rqmoqda.

Shu sababli ham Pentagon 2025-yilga qadar uzoq masofadagi kemalarga zarba beruvchi 850ta raketa buyurtma bergan. Yaqin vaqtga qadar amerikaliklar ixtiyorida 70-yillarda ishlab chiqilgan “Garpun” snaradlari bor edi xolos. Ularning zarba berish masofasi 280 kmni tashkil qiladi. Lekin 2018-yilda AQSh HDF 900 km masofaga zarba berishga qodir bo‘lgan tovush tezligidan tez harakatlanuvchi AGM-158C LRASM raketalariga ega bo‘ldi.

Lekin ushbu yangi qurolni hali seriyali ishlab chiqrish boshlanmadi, shu sababli tovush tezligigacha bo‘lgan tezliklarda harakatlanuvchi "Tomagavk" raketasiga qaytishga qaror qilindi. Ma’lum bo‘lishicha amerikaliklar mavjud to‘rtinchi avlod Tomogavklarni Block V raketalariga aylantirishni rejalushtirishgan.

Perviy kompleks S-350 Vitaz razmestat v Leningradskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya harbiylariga yangi S-350 zenit raketa tizimi taqdim etildi

Yangi turkum raketalarning birinchi avlodi Block Va MST (Maritime Strike Tomahawk) deb nomlanadi va suv usti va suv osti kemalaridan suv sathidagi yirik nishonlarga zarba berish uchun foydalaniladi. 

Unda o‘zi nishonga oluvchi aktiv va passiv radiolokatsion va teplovizion kanallar mavjud bo‘ladi. Shuningdek raketa kuchli protsessor va yangi inersial nishonga olish blokiga ega bo‘ladi. Yangi raketa 1600 km masofada harakatlanayotgan yirik nishonlarga zarba berishi mumkin.

Block Vb – bu an’anaviy "Tomagavk" bo‘lib, yer ustidagi nishonlarga zarba berishga mo‘ljallangan. U yer ustidagi nishonlarga zarba berish uchun yangi jangovar qism bilan jihozlangan. Joint Multiple Effects Warhead System (JMEWS) - kumulyativ zarad va teshib kiruvchi jangovar qismga ega va ko‘p maqsadli dasturlanuvchi portlatish qismiga ega. Raketani havoda portlatib yuborish ham mumkin. Bu raketa mustahkamlangan harbiy obyektlar va yer osti bunkerlariga zarba berish uchun mo‘ljallangan.

Defense News nima sababdan "Tomagavk" raketalari, tovush tezligidan yuqori tezlikda harakatlanuvchi qurollar yaratilayotgan asrda ham aktual qurol ekanini tushuntirib berishdi. Birinchidan Block V oldingi raketalardan ham ancha aniq zarbaberishi uzoqlikda esa DF-26 va DF-21 raketaariga qarshi turishga qodir ekanini qayd etishdi.

B-52, Amerikanskiy sverxdalniy bombardirovshik v nebe nad Afganistanom, 2006 god - Sputnik O‘zbekiston
AQSh yangi raketa yaratish uchun sal kam milliard dollar ajratdi

Ikkinchidan, yangilangan “Tomogavk”lar radioaktiv kurash vositalari hujuimidan himoya qilingan va unda kam sezilarli bo‘lishi texnologiyalaridan foydalanilgan. Bu raketa hujumlarga samarali dosh berishini ta’minlaydi.

Uchinchidan esa, tovush tezligidan sekin harakatlanish yonilg‘i tezashga va uzoqroq masofaga yetib borishga xizmat qiladi.

To‘rtinchidan bu raketa nisbatan arzon. Undan bir marotaba foydalanish soliq to‘lovchilarga 1 million dollarga tushadi. Masalan tovush tezligidan tez harakatlanuvchi  “kema-havo” zarba berish tizimiga ega bo‘lgan SM-6 raketasi 4 baravar qimmatga tushadi.

Vanihoyat, Block Vning o‘lchami oldingi raketalar bilan bir xil. Bu esa uni eski Mk41ustanovkalarda ishlatishda qo‘l keladi. Bunday ustanovkalar "Arli Berk" va kreyser "Tikonderoga" kemalarida o‘rnatilgan.

Undan tashqari ushbu raketalardan jiddiy o‘zgarishsiz "Los-Andjeles", "Ogayo", "Virdjiniya" va "Sivulf" atom suv osti kemalarida ham foydalanish mumkin.

Zenitno-raketniy kompleks Sosna - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya harbiylari yangi “Qarag‘ay” zenit-raketa tizimini qabul qiladi

Tomahawk Block Vni seriyali ishlab chiqarish 2023-yilda boshlash rejalashtirilmoqda.

Amerikaning "Tomagavk" raketalarining rossiyalik raqibi "Kalibr" raketalari hisoblanadi. Ushbu raketalar ilk bor jangovar vaziyatda 2015-yilda sinab ko‘rilgan edi.

O‘shanda Rossiya HDF kemalari Suriyada terrorchilarning 26ta obyektiga bir vaqtda muvaffaqiyatli hujum uyushtirishgan edi. Ayni damda ushbu raketalar 22350 va 11356 loyiha fregatlari 20385 loyiha korvetlari, 21631 va 22800 loyiha kichik kemalari hamda 885, 636.3, 677, 971 va 877 loyiha suv osti kemalarida o‘rnatilgan. Yaqin vaqt ichida sovet davrida qurilgan harbiy kemalarning bir nechasi ham “Kalibr” raketalari o‘rnatishga moslashtiriladi.

“Kalibr” raketalarining aniq texnik xarakteristikalari ma’lum emas. Lekin Rossiya prezidenti Vladimir Putin 19-oktabrda Valday klubida so‘zga chiqqanda dengizda joylashtirilgan raketa yer usti nishonigacha 1400 km masofaga yetib borishi mumkin degan edi.

Zapusk raketi kompleksa Avangard s giperzvukovim boyevim blokom - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya harbiylari yangi “Avangard” raketa majmuasini qabul qilishni boshladi

Quruqlikda joylashtirilgan raketa 2600 km masofada joylashgan nishonga zarba berishi mumkin. Lekin bu masofa ham ular uchun chegara emas.

2018 yilning yanvar oyida Mudofaa vazirligidagi manbaalar Kalibr-M raketasi 4,5ming km masofagacha zarba berishi mumkin degan edi. Yangi raketa oldingisidan yirikroq bo‘lib uning og‘irligi 1 tonnaga yaqin. Raketa ham oddiy ham yadroviy jangovar boshga ega bo‘lishi mumkin.  

“Kalibr-M” taktik-texnik xarakteristikalar bo‘yicha amerikalik raketadan ustun keladi, lekin “Tomogavk”larning bitta ustunligi bor. Ular 100 dan ortiq kemalarga o‘rnatilishi mumkin. Rossiya raketalari esa hozircha faqat 20ta kemaga o‘rnatilishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0