TOShKENT, 23 dek – Sputnik. "Almaz-Antey" konserni Mudofaa vazirligiga yangi S-350 “Vitaz” zenit raketa tizimlarini yetkazib berdi.
Texnikani taqdim etish marosimi Astraxan viloyati Kapustin Yar poligonida o‘tkazildi.
Yangi S-350 “Vitaz” havo mudofaasi tizimi raqibning qanotli raketalarini yakson qilish uchun mo‘ljallangan.
"Vitaz" ni ishlab chiqarish joriy yilning birinchi yarmida yakunlandi va iyun oxirida uskunalar Moskva yaqinidagi "Armiya-2019" Xalqaro harbiy-texnik forumida taqdim etildi.
"Almaz-Antey" konserni - bu Rossiyaning mudofaa sanoati kompleksining eng yirik birlashmasidir, uning korxonalarida 130 ming kishi ishlaydi. Konsern mahsulotlari 50 dan ortiq mamlakatlarda xizmat ko‘rsatadi.