AQSh yangi raketa yaratish uchun sal kam milliard dollar ajratdi

© Commons.wikimedia / Master Sgt. Lance Cheung (U.S. Air Force)B-52, Amerikanskiy sverxdalniy bombardirovshik v nebe nad Afganistanom, 2006 god
B-52, Amerikanskiy sverxdalniy bombardirovshik v nebe nad Afganistanom, 2006 god - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Lockheed Martin korporatsiyasiga AQSh havo harbiy kuchlari uchun yangi ARRW raketa ishlab chiqilishi uchun 988,8 million dollar ajratildi.

TOShKENT, 3 dek – Sputnik. AQSh Pentagoni tomonidan Lockheed Martin korporatsiyasiga AQSh havo harbiy kuchlari uchun yangi ARRW raketa tayyorlanishi uchun 988,8 million dollar ajratildi.

Zapusk mejkontinentalnoy ballisticheskoy raketi RS-12M Topol s poligona Kapustin Yar v Astraxanskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyada qit’alararo ballistik raketa sinovdan o‘tkazildi

Raketa tayyorlash ishlari Orlandoda amalga oshiriladi va 2022-yil 31-dekabrda o‘z yakuniga yetkazilishi rejalashtirilgan.

Shartnoma shartlariga ko‘ra, kompaniya yangi loyihani ishlab chiqish, sinovdan o‘tkazish va seriyali ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishi kerak.

Iyun oyida AQSh HHK ilk bor gipertovushli AGM-183A (ARRW) raketasini muvaffaqiyatli sinovini o‘tkazgandi. Bu raketa B-52 Stratofortress bombardimonchisiga o‘rnatilgan.

Lockheed Martin, boshqa kompaniyalar bilan birgalikda, 2018-yildan beri ARRW taktik gipertovushli raketani ishlab chiqmoqda. O‘sha vaqtda shu maqsadlar uchun 480 million dollar ajratilgandi.

Yangiliklar lentasi
0