TOShKENT, 24-iyun – Sputnik. Rossiya Mudofaa vazirligi o‘tkazilgan sinov natijasiga ko‘ra yangi “Qarag‘ay” zenit-raketa majmuani qabul qilishga qaror qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.
Bu tizimni yetkazib berish 2022-yilga mo‘ljallangan.
“Qarag‘ay” – osmondan hujumidan himoyalanish, qisqa masofada jang qilishga mo‘ljallangan zenit-raketa majmuasi hisoblanadi. ZRM havo hujum vositalarini yakson qilish, jang vaqtda ish faoliyat to‘liq avtomatlashtirilganligi bilan farq qiladi. Shuningdek, raketa majmuasi nishonga olish lazer-nur tizimi bilan jihozlangan.
Ilk bor bu qurol “Armiya-2018” taqdim etilgan, bu yilgi forumda uning takomillashtirilgan versiyasi namoyish qilinadi.
O‘tgan haftada Rossiyada yangi S-350 “Vitaz” zenit-raketa tizimini ishlab chiqarish bo‘yicha ishlar yakunlangani haqida xabar bergandik.
Raketa majmuasi havo hujum barcha vositalar, shu jumladan kam ko‘ringan nishonlar va uchar raketalarni yo‘q qilish imkoniyatiga ega.