Yirik savdo: Rossiya AQSh davlat qarzidan voz kechdi

© Sputnik / Eva Mari Uskategi / Mediabankka o‘tishPredvibornoe vistuplenie D. Trampa v Mayami
Predvibornoe vistuplenie D. Trampa v Mayami - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Iqtisodga pulni ommaviy tikish AQSh valyutasiga qanday ta’sir qilishi haligacha noma’lum. Federal zaxira tizimi inqirozga qarshi choralar uchun hech nima bilan ta’minlanmagan dollarlarni bosib chiqarib, ularni evaziga hech qanday qimmatli aktivlar olmagan holda berib yubormoqda

TOShKENT, 19-may - Sputnik, Natalya Dembinskaya. Mart oyida Rossiya AQSh davlat obligatsiyalariga investitsiyalarni uch baravarga qisqartirdi - 12,58 milliard dollardan 3,8 milliard dollargacha. Bu xalqaro rezervlarning bir foizidan ham kam. Dunyoning boshqa markaziy banklari ham AQShning g‘aznachilik obligatsiyalaridan qutilmoqdalar. Nima uchun sarmoyadorlar G‘aznachilik bozoridan qochishadi - RIA Novosti materialida.

Respublikanskiy kandidat v prezidenti Donald Tramp - Sputnik O‘zbekiston
AQSh Xitoyga "munosabatlarni to‘liq uzish" bilan tahdid qilmoqda

Deyarli nolgacha

AQSh Moliya vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyada qolgan AQSh hukumat obligatsiyalarining 3,381 milliard dollari uzoq muddatli, 473 million qisqa muddatli obligatsiyalarga to‘g‘ri keladi.

Vashingtonda ta’kidlashlaricha, bu so‘nggi oylarda AQSh davlat qarziga Rossiya sarmoyalarining birinchi sezilarli kamayishi. Ikki yil oldin, Markaziy bank trejerisning (g‘aznachilik obligatsiyalari-tahr.) butun portfelini sanksiyalar ta’sirida muzlatib qo‘yilishidan qo‘rqib sotib yubordi.

2010-2013 yillarda Rossiyaning Amerika qarziga sarmoyalari 170 milliard dollardan oshgan. Moskva trejerisning eng katta egalaridan biri edi. Ammo Vashington 2014-yil aprel oyida sanksiyalarni joriy qilganidan so‘ng, ushbu qog‘ozlardan qutulishni boshladilar.

Luna v den polnogo zatmeniya - Sputnik O‘zbekiston
AQSh Oyda qazib olish ishlarini o‘tkazish bo‘yicha bitim tayyorlamoqda

2018 yilda Markaziy bank AQShning g‘aznachilik majburiyatlari portfelini ikki baravar kamaytirgan holda keng miqyosli sotuvni uyushtirdi. Davlat halqaro zaxiralaridagi AQSh qimmatbaho qog‘ozlarining ulushi minimumga tushirildi. Bo‘shagan mablag‘larni Markaziy bank oltin, shuningdek, yevro va yuanga yo‘naltirdi.

Butunjahon oltin kengashi (WGC) hisob-kitoblariga ko‘ra, so‘nggi bir yil davomida dunyoning markaziy banklari balansidagi qimmatbaho metall hajmi 651 tonnaga oshdi. Bu 1971-yilda AQSh oltin standartdan voz kechganidan beri eng yuqori ko‘rsatkichdir. 2019-yilda qimmatbaho metallning eng katta xaridori Rossiya bo‘ldi - davlat zaxiralariga qilingan barcha xaridlarning 20 foizi Rossiyaga to‘g‘ri keldi. Markaziy bank monetar oltin zaxirasini 159 tonnaga - 2270,56 tonnagacha (73 million unsiya) ko‘paytirdi.

Hammasi sotildi

Nafaqat Rossiya Amerika davlat qarzidan qutulmoqda. AQSh Moliya vazirligi statistik ma’lumotlariga ko‘ra, mart oyida xususiy va davlat chet el investorlarining qochishi misli ko‘rilmagan bo‘ldi.

AES San-Onofre - Sputnik O‘zbekiston
AQSh Rossiyani yadro texnologiyalari bozoridan siqib chiqara oladimi?

Bir oy ichida xorijiy trejeris egalari obligatsiyalarni 256 milliard dollarga kamaytirib, umumiy portfelni 6,81 trillion dollargacha qisqartirdilar.

Amerika iqtisodiyotiga eng katta qarz beruvchi 33 davlatdan - faqat Yaponiya (3,4 milliardga), Shveysariya (1,3), Tayvan (4,1), Filippin (1,3) va Avstraliya (1,8) sarmoyalarini ko‘paytirdilar. Rivojlanayotgan mamlakatlarning markaziy banklari AQShning g‘aznachilik obligatsiyalarini faol ravishda sotdilar – ular dollarlar koronavirus inqirozi paytida pasayib borayotgan milliy valyutalarni qo‘llab-quvvatlash uchun kerak bo‘ldi. Mart oyining boshidan boshlab Rossiya banki ham  neft va gaz budjeti tushumlarining yetishmasligi va Urals narxlarining pasayishini qoplash uchun Moskva birjasida 6,6 milliard dollarni sotdi. Statistikaga ko‘ra, Markaziy bank birinchi navbatda AQShning qisqa muddatli obligatsiyalaridan xalos bo‘ldi: ularga kiritilgan sarmoyalar 17 barobardan ko‘proqqa kamaydi.

Flagi SShA i Kitaya - Sputnik O‘zbekiston
AQSh Xitoy oldidagi qarzlari bo‘yicha defolt e’lon qilishga tayyorlanmoqda

Eng katta sotuvchi Saudiya Arabistoni bo‘ldi - qirollik 25,3 milliard dollarlik trejerisdan xalos bo‘ldi. Braziliya va Hindistonning ko‘rsatkichlari ko‘rsatkichlar biroz kamroq - mos ravishda 21,5 va 21 milliard.

Bu Vashington uchun xech qanday yahshilikka olib kelmaydi, chunki AQShning bir yarim trillion dollarlik budjet taqchilligi asosan davlat obligatsiyalarini sotish hisobiga qoplanadi. AQSh qarzini sotuvi rekordli va kutilmagan bo‘ldi, deya ta’kidlaydi tahlilchilar. Oldingi inqirozlarda, masalan, 2008-yilda, trejerisga bo‘lgan talab, aksincha, o‘sgan.

"Rossiya banki amerika bondlariga bir qator mamlakatlarning sarmoyalarini muzlatilishiga va shunga mos ravishda, dunyo zaxira valyutasi sifatidagi dollarning mavqeyiga jiddiy zarbaga tayyormi? Albatta, tayyor. Bu holda oltin yagona xavfsiz boshpana bo‘lib qoladi", - deydi Aleksandr Razuvayev, "Alpari" ATM rahbari.

Pul chop etuvchi uskuna

Chet el investorlarining qochishiga qarshi turish va budjet taqchilligini qoplash uchun Federal zahira tizimi pul chop etuvchi uskunani to‘la quvvat bilan ishga tushirdi: tartibga soluvchi ikki oy ichida o‘z balansini 2,9 trillion dollarga oshirib cheksiz hajmda qimmatli qog‘ozlarni sotib olish to‘g‘risida e’lon qildi.

Pastux na osle yedet mimo neftanogo mestorojdeniya v Sirii na granitse s Tursiyey - Sputnik O‘zbekiston
Bozorni birgalikda qutqaramiz: AQSh neft qazib olishni qisqartirmoqda

Iqtisodga pulni ommaviy ravishda kiritish AQSh valyutasiga qanday ta’sir qilishi hali noma’lum. Inqirozga qarshi choralar uchun Federal zahira tizimi xech nima bilan ta’minlanmagan dollarlarni bosib chiqarmoqda va ularni evaziga hech qanday qimmatli aktivlar olmagan holda berib yuborib, faqat o‘z majburiyatlarini oshirmoqda. Federal zahira tizimi balansi 6,42 trillion dollargacha yetdi - bu inqirozgacha bo‘lgan AQSh YaIMining 30 foizidir.

Yirik banklar hisob-kitoblariga ko‘ra, 2020-yilda AQSh budjeti taqchilligi to‘rt trillionga yetadi, bu Ikkinchi Jahon urushidan keyingi eng yuqori ko‘rsatkichdir. Federal zaxirasi tizimi balansi esa tahlilchilarga ko‘ra, koronavirus inqirozi oxiriga kelib, o‘n trilliongacha shishiriladi. Ushbu mablag‘larning barchasi, aslida, bosmaxona faoliyati natijasi bo‘lgani sababli, investorlar kafolatlanmagan valyutadan yuz o‘giradilar.

Yangiliklar lentasi
0