Neft narxlari urushi: G‘arb ekspertlari g‘olibni bashorat qilishdi

© Sputnik / Mediabankka o‘tishNefteprovod "Drujba" v Gomelskoy oblasti
Nefteprovod Drujba v Gomelskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Dunyo arzon neft davriga qaytmoqda. Yirik ishlab chiqaruvchilar qazish hajmlarini oshirmoqchilar. Bu esa narxlarning narxlarni uzoq vaqt pasayishiga olib keladi.

TOShKENT, 11 mar - Sputnik, Maksim Rubchenko. Dunyo arzon neft davriga qaytmoqda. Yirik ishlab chiqaruvchilar qazish hajmlarini oshirmoqchilar, bu esa narxlarning narxlarni uzoq vaqt pasayishiga olib keladi. Endi mutaxassislar bu holatda kim xavf ostiga qolishini tushunishga harakat qilmoqdalar: kim uchun hamma narsa iqtisodiy halokat bilan yakunlanishi mumkin va kim narxlar urushida g‘olib bo‘ladi, xalqaro bozorda o‘z ulushini oshiradi va eng ta’sirchan o‘yinchiga aylanadi.

O‘ynab yetib keldi

So‘nggi kunlarda global qora oltin bozori AQShning 1991-yilda Iroqqa bostirib kirganidan beri eng katta zarbani boshdan kechirdi. Birinchidan, Rossiyaning ishlab chiqarishni yangi qisqartirish to‘g‘risida OPEK bilan shartnoma imzolashdan bosh tortganiga javoban, Saudiya Arabistoni o‘z neftining narxini olti-o‘n dollarga pasaytirganini e’lon qildi. Seshanba kuni Ar-Riyod dunyoga fevral oyiga nisbatan ishlab chiqarishni 26 foizga oshirish niyati haqida xabar berdi.

Rukovoditel Sentra ekonomicheskix issledovaniy Instituta globalizatsii i sotsialnix dvijeniy RF Vasiliy Koltashov  - Sputnik O‘zbekiston
Iqtisodchi neft narxining keskin pasayishidan keyin global bozorni nima kutayotgani haqida

“Saudiya Arabistoni davlat neft va gaz kompaniyasi aprelda qirollikdagi va chet ellik xaridorlarga xom neft yetkazib berishni kuniga ishlab chiqarish quvvatidan 300 ming barrelga ko‘paytiradi, bu kuniga 12 million barrelga teng”, - deb xabar berdi Saudi Aramco ijrochi direktori al-Amin an-Naser.

Natijada bozorda talab va taklifning o‘rtasidagi katta nomutanosiblik tahdidi vujudga keldi. Shunisi e’tiborga loyiqki, Ar-Riyod Moskvani hamma narsada ayblagan paytda, G‘arb ekspertlari aynan Saudiyani inqirozning asosiy aybdori deb hisoblashmoqda.

“Saudiya Arabistonining Rossiya bilan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan bitimga yondashuvi ishlab chiqarishni kuniga 1,5 million barrelga qisqartirishni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ultimativ talabini qondirishda bo‘lgan. Bu o‘zini Ar-Riyodning kichik hamkori deb hisoblamaydigan Moskvaning g‘azabiga sabab bo‘ldi”, - deb tushuntiradi Britaniyaning Financial Times gazetasi.

Saudiyaliklar ishlab chiqarish va savdo hajmini katta chegirmalar bilan ko‘paytirish qarori, kuzatuvchilar aniq "Rossiyani jazolash" urinishi sifatida baholamoqda.

Jamshid Kuchkarov - Ministr finansov - Sputnik O‘zbekiston
Jahon bozorlari qulashi O‘zbekiston iqtisodiyotiga qanday ta’sir qiladi - Qo‘chqorov

“Avvallari Saudiya Arabistoni neft bozorida o‘z pozitsiyalari va daromadlarini asosiy o‘yinchilar o‘rtasidagi hamkorlikni rag‘batlantirish orqali saqlab qolishga umid qilar edi. Endi esa saudiyaliklar bu vaziyatda mutlaqo teskarisini qilish o‘rinli deb o‘ylashadi: g‘alaba qozonish umidida Moskva va AQShning mustaqil neft sanoati bilan "birinchi bo‘lib kim qochadi" o‘yiniga kirish orqali”, - deydi Bloomberg sharhlovchisi Devid Fikling.

G‘arb ekspertlari Rossiyaning reaksiyasini tabiiy deb hisoblamoqda. “Ruslar hech qanday choralar ko‘rmasdan oldin koronavirusning bozorga ta’siri haqida to‘liq tasavvurga ega bo‘lishni xohlashlarini aytishdi”, - deb yozadi Financial Times. Ammo Moskva AQShning slanes sanoatini sinovdan o‘tkazishga qarshi emas. Qo‘shma Shtatlar tomonidan Rossiyaning energetika kompaniyalariga qarshi sanksiyalari, shu jumladan, Rosneftning savdo bo‘linmasiga fevraldagi cheklovlar, shuningdek “Shimoliy oqim-2” gaz quvurining tugatilishiga xalaqit berish urinishlari Kremlni g‘azablantirdi.

Zerohedge analitik portalining asoschisi Tayler Dardenning ta’kidlashicha, OPEK ko‘p yillar davomida inqirozga uchragan va kartelni yakuniy inqirozdan Rossiyaning "o‘z geostrategik maqsadlariga erishish evaziga xizmat ko‘rsatishga" tayyorligi saqlab qolgan. Ammo Moskva neft eksport qiluvchilar alyansini cheksiz himoya qilishga tayyor emas.

Neftepererabativayushiy zavod - Sputnik O‘zbekiston
Amerikaning "neft mo‘’jizasini" bo‘g‘ib qo‘yadigan kuch kim?

“Koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq vahima paytida OPEK ishlab chiqarishni misli ko‘rilmagan qisqartirilishini talab qildi, - deydi tahlilchi. - Ammo oxir-oqibat, Rossiya “yo‘q” dedi”.

Dardening fikricha, Moskva o‘z kuchni namoyish qilish uchun eng zo‘r vaqtni tanladi. “G‘arb Rossiyaga Rossiya bo‘lganligi "jinoyati" uchun shafqatsizlarcha hujum qilmoqda, - deb ta’kidlaydi u. - Va Kreml nihoyat Eron, Iroq, Suriya, Ukraina, Yaman, Venesuyela, Afg‘onistonda AQShning nomaqbul xatti-harakatlari uchun javob qaytardi. Endi Putin Rossiya ittifoqchilari bo‘lgan Xitoy, Eron va Suriyaga nisbatan AQShning tajovuzkor siyosatini qo‘llab-quvvatlaydigan OPEK mamlakatlari va AQShni maksimal darajada yon bosishiga erishadi".

Silla qurituvchi urush

“Neft bozorida ro‘y berayotgan narxlar urushi - bu kuchliroqlarning urushi emas, balki kim uzoqroq bardosh beradiganlarning urushi”, - deydi Bloomberg vakili Devid Fiklin.

Shu nuqtayi nazardan, tahlilchilar Saudiya Arabistonining pozitsiyasini ancha zaif deb tan olishadi. Saudiyaliklar neftni rekord darajada arzon narxda - barrel uchun uch dollargacha ishlab chiqarishi mumkin deb hisoblanadi. Biroq, qora oltinni sotishdan tushgan daromadga asoslangan mamlakatning davlat budjeti bir barrel uchun 85 dollar narxga mo‘ljallangan. Ya’ni, neft sanoati daromadli bo‘lib qolaveradi, ammo umuman mamlakat tezda bankrotlikka uchraydi.

“Budjetga qarang - shunda siz saudiyaliklar Rossiya yoki AQShga nisbatan neft narxiga ko‘proq bog‘liq ekanliklarini tushunasizlar, - deydi Tayler Darden. - Va ular aholiga iste’molni qisqartirishlari kerak degan gapni aytolmaydilar, tartibsizliklar boshlanadi”.

“Saudiya Arabistonining pufak kabi bo‘rttirilgan budjeti bu ishlab chiqaruvchining xarajatlari juda kattaligini anglatadi, ya’ni eng beqaror uyinchilardan biriligini, - deydi Devid Fiklin. - Bundan tashqari, Ar-Riyod Yamandagi vayronkor va zo‘ravon harbiy mojaroda qatnashmoqda va 6-mart juma kuni esa qirollik oilasining bir necha a’zosi Saudiya Arabistonida xoinlikda gumon qilinib hibsga olingan”.

Koronavirus OPEKni izdan chiqardi: Rossiya va neft birlashma o‘rtasidagi munosabat keskinlashdi

Saudi Aramco-ning shanba kungi  narxning pasayishi haqidagi bayonotga Saudiya Arabistoni rasmiysi The Wall Street Journal nashriga izoh berarkan "Bu kompaniyaning bozordagi Rossiya ulushni egallab olish uchun tajovuzkor elementi" ekanligini aytdi. Biroq, xozircha Ar-Riyod harakatlaridan Amerikaning slanes ishlab chiqaruvchilari aziyat chekmoqda.

Aniq favorit

Chesapeake Energy aksiyalari 27,5%, EOG  - 35%, Continental Resources - 40%, Diamondback Energy – 44,6%, Marathon Oil - 47%, Apache va shunga o‘hshash kichik o‘yinchilar 50% dan ko‘proqqa pasaydi.

“AQShning slanes sektori deyarli yo‘q qilindi. Bozorda qon vannasi yuzaga keldi. Milliardlab dollar kapitaldan yuvilib ketdi”, - deb ta’kidlaydi Javye Blas, Bloomberg energiya bo‘yicha yetakchi muxbiri.

“Narxlarning keskin pasayishi Amerikaning slanes sanoati uchun qiyin paytlarda yuz berdi, - deb yozadi Financial Times. - So‘nggi o‘n yil ichida ishlab chiqarish o‘sgan bo‘lsa-da, sanoat hali ham qarz mablag‘lari hisobiga mavjud. Bu esa uni juda zaif qiladi”.

“Slanes sanoatini tugatilishi yil oxirida jiddiy boshlanadi”, - deya ishonch bildiradi Tayler Darden.

Neftanie stanki-kachalki - Sputnik O‘zbekiston
20 yil qoldi - neft tugaganidan keyin nima bo‘ladi?

An’anaviy neft va gaz kompaniyalari ham narx qulashidan qochib qutulolmadilar: Exxon Mobile 12,2% ga arzonladi, Chevron - 15,3%, Occidental Petroleum - 44% ga. Britaniyaning British Petroleum kompaniyasining aksiyalari bir kunda 20%ga quladi va bundan o‘n yil oldin Meksika ko‘rfazida "Chuqur suvosti gorizonti" neft platformasi portlab ketgandagi o‘rnatilgan rekordni yangiladi.

Taqqoslash uchun, seshanba kuni Rossiya ishlab chiqaruvchilarining aksiyalari 12-14 foizga tushib ketdi. G‘arb ekspertlarining fikriga ko‘ra, bugungi kunda aynan  Rossiya neftning past narxlariga eng tayyori.

“Rossiya kompaniyalarining ishlab chiqarish xarajatlari juda past, - deb yozadi Tayler Darden. - Soliq to‘laganidan keyin ham zararsizlik nuqtasi barrel uchun yigirma dollarda joylashgan. Ruslar aksariyat yetkazib berish shartnomalarini hozirda dollarda emas, rubl, yuan va yevroda tuzmoqdalar. Bu valyuta xavfini kamaytiradi. Va bu ustunlik uzoq yillar davomida saqlanib qoladi”.

Darhaqiqat, Rossiya Moliya vazirligining fikriga ko‘ra, Milliy Farovonlik Jamg‘armasining (MFJ) likvid mablag‘lari olti yildan o‘n yilgacha neft narxining pasayishining bir barrel uchun 25-30 dollar holatidagi bo‘lgan budjet yo‘qotishlarning qoplash uchun yetarli. Bu haqda 9-mart kuni vazirlik saytida e’lon qilingan materiallarda aytilgan.

Saudi Arabia Russia - Sputnik O‘zbekiston
Neft, viza va kosmos: Rossiya va Saudiya Arabistoni 20 tadan ortiq hujjat imzoladi

“Urushlarga qo‘shilayotgan davlatlar ko‘pincha bir necha oy ichida g‘alaba qozonishga umid qilishadi, ammo oxir-oqibat dushman ular o‘ylagandan ancha kuchliroq ekan degan hulosaga keladilar, - deya xulosa qiladi Devid Fiklin. –Agar OPEK+ ning joriy inqirozi uzoq muddatli mojaroga aylansa, unda Moskva birinchi bo‘lib taslim bo‘lishi katta shubha ostida”.

“Bir necha kundan keyin bozorlar tinchlanadi, vahima pasayadi va neft inqirozi unutiladi. Ammo tez orada yana xavfli shaklda qaytadi. Va bu sodir bo‘lganda, men o‘ylaymanki, Rossiyadan yordam so‘rab Saudiya Arabistoni va turklar emas, balki AQSh va Yevropa keladi”, - deya ogohlantiradi Tayler Darden.

Manba: RIA Novosti.

Yangiliklar lentasi
0