O‘rta Osiyo Jeenbekovdan nimalarni kutishi mumkin?

© © Press-slujba pravitelstva / Sabir AilchiyevPremyer-ministr Sooronbay Jeenbekov
Premyer-ministr Sooronbay Jeenbekov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qirg‘izistonning yangi saylangan prezidenti Jeyenbekov siyosatchi emas, xo‘jalik boshqaruvchisi deyishmoqda Sputnik tahlilchilar guruhi.

TOShKENT, 17 okt — Sputnik. O‘rta Osiyo siyosiy hayotida 2017-yilda yuz bergan eng muhim voqealardan biri — Qirg‘iziston prezidenti saylovi – tinch-totuv yakuniga yetdi. G‘alaba amaldagi hokimiyat nomzodi Sooronbay Jeenbekovga nasib qildi. Muolifat nomzodi Omurbek Babanov esa o‘z mag‘lubiyatini tan oldi va tarafdorlarini ko‘chaga yetaklab chiqmadi.

Siyosiy kurash tinchlik bilan yakunlandi 

Qirg‘izistonda prezident sayloviga tayyorgarlik turli voqea-hodisalarga boy bo‘ldi. Boshida davlat rahbari lavozimiga 13 kishi talabgorlik qilayotgan edi, lekin keyinchalik ulardan 3 saylovda ishtirok etish fikridan qaytdi.

Vibori prezidenta Kirgizii - Sputnik O‘zbekiston
Qirg‘iziston prezident saylovining dastlabki natijalari e’lon qilindi

Bellashuvda Sooronbay Jeenbekov va Omurbek Babanovlar yetakchilik qilishdi. Saylovga qadar ular orasida haqiqiy va shafqatsiz kurash olib borildi. O‘zaro tortishuvlarda ular bir birlarini ochiqchasiga yomonlash va g‘alaba qilgan taqdirda hatto qamoqqa olish bilan po‘pisa qilishdi.

Ustiga ustak Qirg‘izistonning amaldagi prezidenti Atambayev Qog‘og‘istonni nomzod Babanovni ochiqdan ochiq qo‘llab-quvvatlashda va Qirg‘iziston ichki ishlariga aralashishda aybladi. Shundan so‘zng Qozog‘iston va Qirg‘iziston munosabatlarida taranglik kuzatildi. Birinchi navbatda ikki davlat chegarasini kesib o‘tishdagi muammolarga aylandi. Ayni damda qozoq-qirg‘iz chegara nazorat punktlarida yengi va yuk mashinalaridan iborat navbat 7 kmdan uzoqqa cho‘zilgan. 

Yevroosiyo tahlilchilar klubi rahbari Nikita Mendkovich aytishiga qaraganda, Qirg‘izistonda prezident saylovi kuchli raqobatchilik bilan bo‘lib o‘tgan. Ikki asosiy nomzod – Babanov va Jeenbekov reyting uchun qaqshatqich kurash olib borishgan.

Mujchina schitayet dengi - Sputnik O‘zbekiston
Qirg‘izistonda saylovoldi fitnalar boshlandi

“Saylov boshida Jeenbekovning reytingi 5% ni tashkil qilgan bo‘lsa, Babanovning reyting 30%dan ortiq edi. Shuning uchun ham kurash qaqshatqich bo‘lgan, ikkala tomondan ham juda ko‘p choralardan foydalanildi”, —  dedi Mendkovich.

Boshida reytingi past bo‘lishiga qaramasdan, keyinchalik Jeenbekov 54,81 % ovoz jamlay olgan. Babanovni qo‘llab-quvvatlaydiganlar esa 33,74 % darajasida qolgan.

Ushbu kurashda eng asosiysi – Babanov o‘z mag‘lubiyatini tan olishi, — deydi ekspert – aynan shu mamlakatda sisosiy qaramag‘qarshilik va katta inqirozdan asrab qoldi.

Janjalni unutib

Qirg‘iziston tashqi siyosatida keskin o‘zgarish bo‘lmaydi – Jeenbekovning saylovoldi kampaniyasi tashqi siyosatda Atambayev tanlagan yo‘nalishni saqlab qolish va qo‘shnilar bilan hamkorlikni chuqurlashtirishga qaratilgan edi, deydi MDH mamlakatlari instituti O‘rta Osiyo bo‘limi boshlig‘i Andrey Grozin.

Furi na granitse - Sputnik O‘zbekiston
Qozog‘iston Qirg‘izistondan sut mahsulotlari olib kirishni ta’qiqladi

Lekin muammolar ham bor — yangi prezident Qozog‘iston bilan munosabatlarini yangidan boshlashga to‘g‘ri keladi.

“Jeenbekov – xo‘jalik boshqaruvchisi, siyosatchi emas. U qozoq-qirg‘iz munosabatlari kirib qolgan boshi berk ko‘chadan chiqish kerakligini, Ostona bilan munosabatlarni yangitdan boshlash kerakligini yaxshi tushunadi”, — dedi ekspert.

Grozin fikriga ko‘ra ikki mamlakat ham ushbu vaziyatda janjalni unutib mavjud vaziyatdan chiqishni istaydi va munosabatlarni iziga solish ikki mamlakat manfaatlariga ham xizmat qiladi. 

“Qirg‘izistonda rahbar yangilanishi, Tojikiston bilan munosabatlarga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi”, — deb hisoblaydi MDH mamlakatlari instituti direktori o‘rinbosari Vladimir Yevseyev.

Ocheredi na Kazaxsko-Kirgizskoy granitse - Sputnik O‘zbekiston
Qozog‘iston va Qirg‘iziston chegarasida ulkan navbatlar hosil bo‘lmoqda

O‘zbekiston bilan esa munosabatlar yanada mustahkamlanadi. Chunki Jeenbekov bosh vazir lavozimida ishlagan vaqtlarida Toshkent bilan munosabatlarni yaxshilanish boshlangan edi. Aynan shu holat unga janubiy viloyatlarda ko‘proq ovoz jamlash imkonini berdi”, —deb hisoblaydi Yevraziyskogo tahlilchilar klubi a’zosi Nikita Mendkovich.

Ekspert Andrey Grozinning fikriga ko‘ra Rossiya bilan ham munosabatlar yanada chuqurlashib boradi, chunki Jeenbekov Atambayev siyosatining davomchisi. Aynan Atambayev davrida Moskva va Bishkek orasida strategik hamkorlik o‘rnatilgan edi.  

Shuningdek, Jeenbekovdan keskin siyosiy burilishlarni ham kutishning keragi yo‘q. U mavjud bo‘lgan siyosiy yo‘nalishni chuqurlashtirib boradi xolos. Undan tashqari, saylovoldi kompaniyalarida ikkala nomzod ham tashqi siyosatni shundayligicha saqlab qolish tarafdori bo‘lishgan edi, deb hisoblaydi Grozin.

Yangiliklar lentasi
0