Nur Sharqdan taraladi: Samarqandda xalqaro anjuman ish boshladi

© Sputnik / Mixail GenisSamarqand
Samarqand - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ushbu anjuman juda ajoyib tashkil etilgan va ikkita maqsadni qamrab olgan: xalqlar madaniyati va ilm-fani bilan tanishish hamda O‘zbekistonning tinch va osuda ekanligi, taraqqiy etganligini ko‘rsatish

TOShKENT, 16-may — Sputnik. 16-may kuni "O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va davlatlar o‘rtasidagi muloqotga yo‘l" mavzusida xalqaro ilmiy-madaniy kongress mehmonlari Samarqand shahriga tashrif buyurdi. Mehmonlar Samarqand xalqaro aeroportida tantanali tarzda kutib olindi, deb xabar qildi Samarqand hokimligi matbuot-xizmati.

Samarqand - Sputnik O‘zbekiston
Samarqandga kelgan turistlar eng mashhur o‘zbek filmlarini tomosha qiladilar
Tadbirda AQSh, Buyuk Britaniya, Xitoy, Germaniya, Niderlandiya, Yaponiya, Hindiston, Turkiya, Polsha, Fransiya, Rossiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston kabi mamlakatlardan olimlar, xalqaro tashkilotlar rahbarlari, mamlakatimizda akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik korpus vakillari, soha mutaxassislari va ekspertlar ishtirok etmoqda.

Ularning ko‘hna va hamisha navqiron shahardagi dastlabki manzili Registon maydoni bo‘ldi. Bu yerda tashkil etilgan "Sharqona gilam bozori — mustaqil O‘zbekiston gilamchiligining eng yaxshi namunalari" ko‘rgazmasi hamda ushbu loyiha doirasidagi kitoblar taqdimotida ishtirok etishdi.

Anjuman ishtirokchilari O‘zbekiston o‘zining qadimiy tarixi, o‘ziga xos urf-odat va an’analari, qadriyatlari, ko‘plab tarixiy-me’morlik va madaniy yodgorliklari bilan butun dunyoga dong taratganini alohida qayd etdi.

Islom Karimov tug‘ilgan shahar haqida nimalarni bilasiz?
— Samarqand, Buxoro, Xiva va Shahrisabz kabi tarixiy-madaniy obyektlari dunyoga mashhur, — deydi "O‘zbekiston madaniy merosi" loyihasining xalqaro koordinatori Andrey Zibgin. — Yurtingiz ma’naviy qadriyatlari, fan va ta’lim sohasidagi ulkan yutuqlari bilan insoniyat tamadduniga salmoqli hissa qo‘shganligi bejiz emas. Jumladan, Samarqandga kelib har qadamda hayratlanayapmiz, taassurotlarimni so‘z bilan ifodalash qiyin. Xulosa shuki, ajdodlaringizdan qolgan ulkan meros nafaqat mamlakatingiz, balki xorijdagi o‘nlab muzeylar, ilmiy-tadqiqot institutlari, galereyalar va arxivlarda asrab-avaylab kelinayotganida ulkan ma’no bor.

Xalqaro ekspertlarning fikricha, "O‘zbekiston madaniy merosi dunyo to‘plamlarida" loyihasi qamrovi bo‘yicha dunyoda o‘xshashi yo‘q loyiha hisoblanadi. Kitob-albomlarni nashrga tayyorlash jarayonida O‘zbekistondan olib chiqib ketilgan eng yaxshi artefaktlarni to‘plash va umumlashtirish bo‘yicha tadqiqot ishlari olib borilgan. Ular orasida arxeologiya, kulolchilik, metall buyumlar, numizmatika, to‘qimachilik, zargarlik san’ati va tasviriy san’at buyumlari bor.

O‘zbekistonda ilm-fan, san’at va madaniyat juda qadimlardanoq shakllangan. Ajdodlarimiz bundan uch ming yillar ilgari hozirgi zamonaviy ilm-fanning ilk poydevorini qo‘yganlar va rivojlantirganlar. O‘rta asrlarda G‘arbda "Nur Sharqdan taraladi" – degan iboraning paydo bo‘lishi ham bejiz emas. Shu ma’noda, mehmonlarga, ayniqsa, Amir Temur va temuriylar davrida hunarmandchilik keng rivojlangani haqida ma’lumotlar berilgani ularda katta qiziqish uyg‘otdi.

1370 yili Sohibqiron Amir Temur Movarounnahr hukmdori bo‘lgach, bu o‘lkada ilm-fan yana taraqqiy etgan. Yer yuzining to‘rt tomonidan ilm axtargan odamlar Samarqandga kela boshlaganlar. Amir Temurdan keyin uning ishlarini nabirasi Mirzo Ulug‘bek davom ettirdi. Mirzo Ulug‘bek Samarqandda rasadxona va madrasalar barpo qildi hamda "Samarqand Akademiyasini yaratdi.

Amir Temur haykali - Sputnik O‘zbekiston
Amir Temur haqida Venetsiya arxividagi haligacha chop etilmagan sirli ma’lumotlar
Mirzo Ulug‘bek davrida Samarqand dunyoning ilm-fan markaziga aylandi. Bu muazzam shaharda yuzlab olimu ulamolarning ilm-fan rivoji uchun xizmati singgan bo‘lsa, mohir hunarmandlar ham samarali ijod qildilar. Binobarin, xalqaro anjuman doirasida Ulug‘bek madrasasida O‘zbekiston hamda xorijiy mutaxassislarning "O‘zbekiston amaliy san’ati: turlar va maktablar xilma-xilligi", "Buyuk ipak yo‘li — Sharq va G‘arb o‘rtasidagi ko‘prik", "Movarounnahr kitobat san’ati" kabi mavzularda ma’ruzalar qilingani barchada katta taassurot  uyg‘otdi.

– Xalqaro ilmiy anjumanda qatnashib O‘zbekiston zaminida qanchadan qancha ulug‘ allomalar va mutafakkirlar yashab ijod qilgani, butun insoniyatga foydasi tekkani haqida juda qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘ldim, — deydi Parij shahridagi Sharq tillari universiteti professori Kitrin Pujol. — Bunday noyob meros bilan har qancha faxrlansa arziydi. Menga shaharning barcha yodgorliklari ma’qul tushdi. Bu qadimgi shaharga tashrif buyurganimdan xursandman. Shaharning eski  qismi o‘zining shinam uylari bilan menda katta taassurot qoldirdi. Ulug‘bek  madrasasida bo‘lib, ko‘plab hunarmandlar bilan suhbatlashdim.

Tatyana Sinisina - Sputnik O‘zbekiston
Mirzo Ulug‘bek yulduzi ostida
Umuman, ushbu anjuman juda ajoyib tashkil etilgan. Bu esa o‘z navbatida ikkita maqsadni qamrab oladi. Birinchidan, xalqlarning madaniyati va ilm-fani bilan tanishish, ikkinchidan O‘zbekistonning tinch va osuda ekanligi, taraqqiy etganligini ko‘rsatishdan iborat.

Xorijlik mehmonlar qadimiy an’analar asosida Samarqand qog‘ozi ishlab chiqarish korxonasida ham bo‘lishdi. Sohibqiron Amir temurning yetti bog‘i uslubida tiklangan "Bog‘ishamol" bog‘i bilan tanishuv hamda Reiston maydonida "O‘zbekiston madaniy merosi — umumbashariyat xazinasi" nomli musiqiy tomoshasi ham yorqin lahzalarga boy bo‘ldi.

Yangiliklar lentasi
0