TOShKENT, 16-may — Sputnik. Sayyohlarga badiiy va hujjatli filmlar namoyish qilinadi, deb xabar qildi "O‘zbekkino" milliy agentligi matbuot-xizmati.
Bu maqsadda yuqoridagi mazvularda turli yillarda suratga olingan badiiy va hujjatli filmlar ro‘yxati shakllantirilib, "O‘zbekkino" Milliy agentligining ekspertlari tomonidan saralab olingani ta’kidlangan.
Hozirgi kunda "Sharq Yulduzi" kinoteatri namoyishlarga tayyor holga keltirildi, qolgan obyektlarda tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda, deb qo‘shimcha qilingan xabarda.
Qayd etilishicha, 2017-yilning ikkinchi yarmidan mazkur amaliy tajribani respublikaning boshqa turistik hududlarida ham yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.