“Vladimir Putin bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot”

© Sputnik / Mixail Klimentyev / Mediabankka o‘tishRossiya prezidenti Vladimir Putin bilan "To‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot"
Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan To‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakat markaziy telekanallari va radiostansiyalar vositasida rossiyaliklar bilan o‘n to‘rtinchi bor jonli muloqot o‘tkazmoqda. “Vladimir Putin bilan jonli muloqot” davomida rossiyaliklar tomonidan prezidentga berilgan eng qiziq savollar Sputnik-O‘zbekiston materialida.

TOShKENT, 14 apr — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan “to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot”ga bu yil 2,3 million murojaat kelib tushgan. Rossiya prezidentiga berilayotgan savollarga javoblarni e’tiboringizga havola qilmoqdamiz. 

"Ayni vaqtgacha 1,2 million telefon qo‘ng‘iroqlari, 400 ming sms-xabarlarni qabul qildik. Murojaatlar umumiy soni 2,3 milliondan ortib ketdi", — deb xabar qildi “Putin bilan jonli muloqot” onlayn-ko‘rsatuvining boshlovchisi.

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin - Sputnik O‘zbekiston
"Xotiningga it olib ber" yoxud Putinga qilingan eng g‘alati iltimoslar

Rossiyadagi inqiroz haqida

"Rossiya iqtisodiyoti hozir "qora kunlar"ni boshdan kechirmoqda, holat yaxshilanmadi, lekin yaxshilanishiga umid bor".
“Pul bosish stanogiga” qarshi ekanligini ta’kidladi:
“Pulni bosib chiqarish emas, balki, iqtisodiyot strukturasini o‘zgartirish muhim”.

Putin qanday turdagi dori-darmonlar bilan davolanadi?

"Men kasallikdan yiqilib qoladigan holatgacha olib bormaslikka harakat qilaman, — dedi yarimhazil tariqasida Vladimir Putin va qo‘shimcha qildi: "Sport bilan shug‘ullanishga, sog‘lom turmush tarzini olib borishga harakat qilaman. To‘g‘ri, shamollash ham bo‘lib turadi lekin ko‘pincha o‘z vaqtida kasalliklarga qarshi privivka qildirishga harakat qilaman”, — deya javob qildi Putin “jonli muloqot” davomida.
Qanday turdagi dori-darmonlardan foydalanasiz, yurtimizda chiqarilganmi yoki chet eldan keltirilgan?”, — degan savolga esa, “Qanday dorini bersa, o‘shani qabul qilaman. Ular orasida o‘zimizda chiqarilganlari ham, chet eldan keltirilganlari ham bordir, balki”, — deya javob qildi Rossiya prezidenti.

Iqtisod haqida

"Siz shaxsan nimada tejamkorroq bo‘la boshladingiz?— Vaqtda, — javob qildi, Putin. Chunki odam uchun vaqt — eng qimmat narsa".

Rossiya va Turkiya munosabatlari haqida
"Rossiya unga qarshi qaratilgan dushmanlik harakatlariga javob qaytarishda davom etadi, faqat sapchishlarsiz", javob qildi Putin.

Erdo‘g‘on va Poroshenko haqida
"Agar Erdo‘g‘on va Poroshenko cho‘kayotgan bo‘lsa, qaysi birini birinchi bo‘lib qutqargan bo‘lardingiz?”, degan savolga, Putin: “Odam cho‘kishni ixtiyor qilgan bo‘lsa, uni qutqarishning imkoni yo‘q”, — deya javob qaytardi.

Rossiyaliklarning Misrga dam olishga borishi haqida
Putin: "Rossiyaliklar uchun ayni vaqtda dam olish uchun Misrga borish xavfli. Misr hukumati bilan hamkorlikda xavfsizlikni ta’minlash choralarini topish kerak".

Shaxsiy hayoti haqida
Rossiya prezidenti Vladimir Putin “Jonli muloqot” davomida shaxsiy hayoti yaxshiligini, sobiq rafiqasi Lyudmila Putina ham hozirgi hayotidan mamnunligini aytdi.

Rossiya Prezidenti matbuot-kotibi Dmitriy Peskov. - Sputnik O‘zbekiston
Peskov Putinning uylanishi haqidagi savollarga izoh berishni xohlamadi

Gatchina shahrida yashovchi ayol prezidentdan sobiq rafiqasi Lyudmila Putina turmushga chiqqanligi haqidagi mish-mishlarga aniqlik kiritishni so‘rab, Putin Rossiya xalqiga birinchi xonimni qachon tanishtirishiga qiziqdi.
"Lyudmila Aleksandrovna bilan munosabatlarimiz juda yaxshi. U shaxsiy hayotidan mamnun, men ham", — javob qildi Putin.

"Odamlar Rossiya Dumasiga deputatni yoki davlat rahbarini uning ishlashi uchun saylashadi, ularning shaxsiy hayoti bu yerda muhim emas", dedi Putin va qachonlardir birinchi xonimni xalqqa tanishtirishi mumkinligini inkor etmadi.

Eslatib o‘tamiz, "Putin bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot"ning ilk soatida Rossiya prezidenti 20taga yaqin savolga javob qaytarishga ulgurdi.

Rossiya aholisi prezidentga aholi daromadi, Rossiya Harbiy Kosmik Kuchlari tomonidan olib borilayotgan operatsiyalar, Rossiya va Turkiya munosabatlari, Misrga sayohat, shuningdek, ekologiyaga oid savollar bilan murojaat etishdi.

Eng qiziq savollardan biri 12 yashar Varya Kuznetsova ismli qizaloq tomonidan berildi. Qizaloqni, mabodo Ukraina va Turkiya prezidentlari cho‘kayotgan bo‘lishsa, Rossiya prezidenti ularni qutqargan bo‘larmidi, degan savol qiziqtirgan edi. Putin tabassum bilan javob qaytarar ekan, Varya ismli qizaloq uni noo‘ng‘ay holatga qo‘yganini ta’kidladi.

Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga yagona valyuta kiritilishi haqida

"Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga yagona valyuta kiritish masalasida, Yevropa Ittifoqi yo‘l qo‘ygan xatoni takrorlamaslik kerak. Hamkor-davlatlar bilan bu masalada o‘zaro kelishuv o‘ta muhim", — dedi Putin.

YeOII a’zo davlatlar bayrog‘i - Sputnik O‘zbekiston
Yevroosiyo ittifoqi yagona valyutaga o‘tishi mumkin

"Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga yagona valyuta kiritiladimi?", — degan savolga Rossiya prezidenti quyidagicha javob qaytardi: "YeOIIga yagona valyuta kiritilishi — katta masala. Umuman olganda, buning iloji bor. Shunday bo‘lishi mumkin, qachonki ishtirokchi-davlatlar iqtisodi darajasi tenglashgan taqdirda".

Rossiya prezidenti Vladimir Putin uch soatdan beri davom etayotgan "jonli muloqot" davomida 56ta savolga javob berdi.

"Putin bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot"ning ikkinchi soatini Rossiyaning birinchi xonimi haqidagi savol ochib bergan edi. Rossiyaliklar Vladimir Putinga, shuningdek, "Panama hujjatlari", kutilayotgan saylovlar, sanksiyalarga doir munosabat, "Minsk kelishuvi", AQShdagi saylovlar va boshqa mavzularda o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar.

Rossiya uchun kim yomon: Klintonmi yoki Tramp?

Rossiya uchun kim yomonroq, Klintonmi yoki Tramp, degan savolga Rossiya prezidenti: yomon emas, yaxshiroqlarni izlash kerak, deya javob berdi.

Amerika bayrog‘i. Vashington. - Sputnik O‘zbekiston
Senator Sanders: AQSh hali ham SSSR bilan “sovuq urush” olib bormoqda

Shuningdek, Vladimir Putin, AQSh kuch va buyuklik ambitsiyalaridan kelib chiqqan holda harakat qilmasligi kerakligi, aksincha, o‘z hamkorlarini, shu jumladan, Rossiyani ham hurmat qilishi kerakligini ta’kidladi.

Rossiya rahbariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilmoqchi bo‘lgan fuqarolardan bo‘layotgan telefon qo‘ng‘iroqlari soni 3 milliondan ortib ketdi.

"Rossiya Havo Kosmik Kuchlari yana qaysi dushmanlar bo‘ylab zarba beradi?”, deb savol berdi Nikita ismli bolakay. "Biz eng avvalo, yo‘lsizlik tartibsizlik bo‘yicha zarba berishimiz kerak", — hazil javob qaytardi Putin.

Vladimir Putin bilan "To‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot" O‘zbekiston vaqti bilan 17:49da yakunlandi. Rossiya prezidenti 3 soatu 40 daqiqa davomida xalq bilan jonli muloqotda bo‘ldi va 80taga yaqin savollarga javob berdi.

Rossiya prezidentiga jami 2,5 million (ya’ni, har bir daqiqada 2,5 mingtadan) savol kelib tushdi.

Yangiliklar lentasi
0