TOShKENT, 13 apr — Sputnik. 14-aprel, payshanba kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Rossiya aholisi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqaga chiqadi. Odatda, xalq davlat rahbariga ijtimoiy-iqtisodiy masalalardagi savollar, ya’ni, komunnal xizmatlar sohasidagi muammolar, turar joy va yo‘llardagi ahvol masalalarida murojaat qiladi. Prezident, o‘z navbatida, amaldorlarga muayan topshiriqlar beradi, yoki ayrim holatlarda fuqarolar muammolarini shaxsan o‘zi hal qiladi, RIA Novosti xabari asosida.
"Xotiningga it sovg‘a qil, deb ayting"
2015-yilda Prezident nomiga o‘ta nozik iltimos kelib tushdi. Erta-indin 40 yoshni qarshi oladigan Yelena Fadeyeva tavallud kuniga it sovg‘a qilishlarini juda-juda xohlar edi. Dugonalari shunday sovg‘a berishga tayyorliklarini bildirishgan bir paytda, o‘rtaga ayolning turmush o‘rtog‘i – iste’fodagi polkovnik Boris aralashdi. Erkak uyda jonivor paydo bo‘lishiga tish-tirnog‘i bilan qarshi edi. Bu muammoni hal etishga Prezident jalb qilindi. Putin Bosh qo‘mondon sifatida ayolning eriga ta’sir o‘tkazishi kerakligi so‘ralgan edi.
"Iltimos, unga faqatgina “Boris, sen nohaqsan. Xotiningga it olishga ruxsat ber, deb ayting”, — deya yozma murojaat yo‘lladi Yelena Fadeyevaning bir dugonasi.
Oilaviy masalalar – nozik ishligini anglagan Prezident-bosh qo‘mondon ayolning turmush o‘rtog‘iga rafiqasiga itning bolasini sovg‘a qilishni maslahat berish bilan cheklandi. Bu oila mustahkamlanishiga sabab bo‘lishi mumkin, deb qo‘shimcha qildi Putin.
Polkovnik biroz qarshilik qildiyu, ammo natijada Fadeyevlar xonadonida Gosha laqabli it bolasi paydo bo‘ldi.
Cho‘chqavoy-mer
2013-yilda rossiyalik Alevtina Rapatsevich o‘zi yashaydigan shahar meri huzuriga hech qabul qilinmayotgani haqida so‘zlagan edi. 87 yoshni qarshi olgan ayol xususiy boshqaruv kompaniyasini tashkil etgani va o‘zidan oldingi boshqaruvchilar tomonidan qonunbuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani haqida shikoyat qilmoqchi ekan.
"Menga: "Sizni mer qabuliga yozolmaymiz, chunki o‘ta xavfli odamsiz”, deya javob qilishdi”, — deb shikoyat qildi ayol Putinga.
"Voy cho‘chqavoy-yey", — deya javob qaytargan edi o‘shanda Rossiya prezidenti. Putin yolga to‘g‘ri Bosh prokuror Yuriy Chaykaga shikoyat byo‘llashni maslahat qildi.
Saxiy sehrgar
2008-yilda Buratiyalik to‘qqiz yashar qizaloq Dasha Varfolomeyeva Putindan saxiy sehrgarga aylanishni hamda opasi ikkalasiga xuddi Zolushkanikidaqa ko‘ylak sovg‘a qilishni iltimos qildi.
Bunga javoban, “saxiy sehrgar” qizaloqni opasi bilan birga Moskvaga taklif qildi. Dasha, uning opasi Anna hamda onasi Natalya Pavlovna Kreml rahbariyati taklifi bilan poytaxtga keldilar va bir necha kun mehmon bo‘ldilar.
Buratiyadan tashrif buyurgan delegatsiyani Rossiya prezidenti Novo-Ogarevodagi qarorgohida kutib oldi va ularga sovg‘alar taqdim etdi. Dashaga qaymoqrang, Annaga esa moviyrang, xuddi Zolushkanikidaqa ko‘ylak va qo‘g‘irchoqlar in’om qilindi. Shundan so‘ng, qizaloqlar Putin bilan bir piyola choy ustida suhbat qurdilar.
Qizaloqlar bilan suhbatdan so‘ng, o‘sha vaqtda Bosh vazir vazifasini bajargan Putin qizaloqlar o‘qiydigan maktabga maktabga zamonaviy kompyuterlar yuborishga va’da berdi.
Cho‘kayotgan odamni qutqarish
Rossiya-AQSh munosabatlariga doir o‘ta antiqa savol bilan 2008-yilda olti yashar Albina ismli qizaloq murojaat qilgan.
"Nima deb o‘ylaysiz, agar cho‘kadigan bo‘lsangiz, Obama sizni qutqargan bo‘larmidi?" — qiziqib so‘ragan edi qizaloq.
"Men bilan bunday hodisa ro‘y bermasligini juda ham xohlar edim, — kulib javob qaytardi Putin, — Chunki davlatlararo munosabatlardan tashqari shaxsiy munosabatlar ham bor. AQSh prezidenti bilan o‘ta iliq shaxsiy munosabatlar o‘rnatilgan, deb aytolmayman, ammo, fikrimcha, u vijdonli va jasur inson, shu bois, albatta, qutqargan bo‘lar edi".