Senator Sanders: AQSh hali ham SSSR bilan “sovuq urush” olib bormoqda

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishAmerika bayrog‘i. Vashington.
Amerika bayrog‘i. Vashington. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Demokratik partiyadan AQSh prezidentligiga nomzod Berni Sanders mamlakat mudofaa vazirligida tub o‘zgarishlarni amalga oshirish lozimligi haqida ta’kidladi.

TOShKENT, 18 yanv — Sputnik.  AQSh mudofaa sohasiga nisbatan o‘z munosabatini o‘zgartirib mablag‘ning asosiy qismini Rossiya bilan sovuq urushga emas, balki terrorchilikka qarshi global kurashga sarflamog‘i shart, deb hisoblaydi demokratik partiyadan mamlakat prezidentligiga nomzod Berni Sanders, RIA Novosti xabariga ko‘ra.

Admiral Richardson: Amerika Rossiya va Xitoyga yetakchilikni berib qo‘ymaydi

"Afsuski, mudofaa budjetimizning kattagina qismi xuddi avvalgidek, sobiq Ittifoq bilan “sovuq urush”ga yo‘naltirilmoqda. Budjetning arzimas qismi – 10%gina “Islom davlati” va “xalqaro terrorchilik"ka qarshi sarflanmoqda, ta’kidladi senator Sanders demokratik partiya o‘tkazgan debatlar davomida.

"Mudofaa vazirligida fundamental o‘zgarishlarni amalga oshirish haqida bosh qotirmog‘imiz lozim”, — qo‘shimcha qildi u.

Sanders, shuningdek, AQSh mudofaa budjeti 600 milliard dollarni tashkil qilishini eslatib o‘tdi.

 

Yangiliklar lentasi
0