Yevropada shaytonlash epidemiyasi: aybdor Rossiya

Rusofobiya Yevropani xuddi shaytonlash kasalligiga yo‘liqqan singari titratmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 28 okt – Sputnik. Chegarachilarning SVO (Moskva, Sheremetyevo) ko‘rsatilgan yuk yorliqlariga shubhali qarashidan tortib, “ruslar YeIda “Sputnik V” ro‘yxatdan o‘tkazilishi uchun yana kerakli hujjatlarni jo‘natishmadi” degan vajlargacha, “gaz bilan shantaj qilish” ayblovidan tortib, Yevroittifoq mamlakatlarida RT jurnalistlariga bosim o‘tkazilishigacha, jamiyatiz qulashi uchun ishlayotganlarni qo‘llash uchun ko‘p millionli grantlardan tortib tahdidlargacha: Rusofobiya Yevropani xuddi shaytonlash kasalligiga yo‘liqqan singari titratmoqda.
Garchi sevgidan nafratgacha bir qadamligini bilsakda, Yevropaga bu qadamni tashlashga ikki o‘n yillik ziyodroq vaqt kerak bo‘ldi.
... U bizni qanday yaxshi ko‘rardi, eslaysizmi? Qanday insonparvarlik yordami jo‘natardi?
Yana Yevropa bizga bilim berardi, aslida biz – bag‘ritosh odamlar, hammasiga mamlakatda GULAG tuzib, barcha va hammasini bir boshdan o‘ldirganlar aybdorligi haqida hikoya qilib berardi.
Cobiq sovet ittifoq davlatlari uchun Ukraina darslari
Bu harakatlarning bari Rossiya san’atini targ‘ib qilishga jo‘r bo‘lardi – festivallar, ko‘rgazmalar, biroq ko‘rsatish uchun faqat asos qilib olingan asosiy fikrga mos keladiganlari tanlab olinardi: “ruslar – bu maqsadi o‘zi va boshqalarni yo‘q qilish bo‘lgan yovvoyilar”.
Qayd etish joizki, bu G‘arb o‘zini o‘zi sovuq urush g‘olibi deb e’lon qilgandan keyin bo‘lgandi.
O‘zini esa “tepalikda porlayotgan do‘l” deb atardi.
Qandaydir parvonalar bu yog‘duga yopirilishdi.
Rossiya bu vaqtda, ochiq aytsak, jahannamdan, nafaqat uning rahbariyati xatosi natijasi, nafaqat o‘sha vaqtlardagi “Ogonyok” va “Moskovskie novosti”larda tarqatiladigan (ularda har qanday xabar “Ko‘proq jahannam” shiori ostida chop qilinardi) vahimalar natijalaridan uddasidan chiqquncha sudralib chiqardi. Biroq maqsadni qo‘yganlar ongli ravishda mamlakatda xaosni tarqatishardi.
Xaos tarqatuvchilar oynalari Yevropaning go‘zal manzaralariga qarab ochiladigan shinam ofislarda o‘tirishardi va bir narsani xohlashardi – iloji borichi past narxlarda resurslarimizni qo‘lga kiritish.
Qo‘shtirnoq ichidagi Rossiya liberal jamoatchiligi Madrid yoki Florensiyadagi sayohatlaridan qaytib, u yerdagi farovonlik haqida gapirishardi. Hech qachon – yoki bilib turib, yoki nodonlikdan – har ko‘cha va har uyda narx yozilgan birkani esga olmasdi.
Qo‘rqqanga qo‘sh ko‘rinar, chex siyosatchilariga Moskvaning "qo‘li uzun" tuyular
Yevropa farovonligi mustamlakachilikka asoslangan. Kichik bir siyosiy tebranish va bu boy qit’ani taxminan bir hafta ichida tiz cho‘ktirish mumkin edi: hech bo‘lmaganda 70-yillar boshidagi neft embargosini yodga olaylik.
Garchi Yevropa Ittifoqi va hatto unga qo‘shilishni orzu qilgan va unga kichik hamkor huquqi asosida kirib olgan malaylar Rossiyaga nisbatan shirin so‘zlarni aytishda davom etishardi (biz esa bu so‘larga ishonardik), aslida esa hammasi boshqacha edi.
Ular kelajakda tabiiy resurslar uchun kurash boshlanishini bilishardi, uzoqni ko‘ra oladigan rossiyalik siyosatchilar ham buni tushunishardi.
Ular biz xom ashyo savdosidan olgan pullarni “saqich va jinsilarga” sarflaymiz deb o‘ylashgani boshqa gap (bizga o‘sha “Ogonyok”da bu “erkinlik va taraqqiyot” ramzi deb tushuntirishardi), biz esa ularni zamonaviy armiya yaratishga, yo‘llar qurishga, shaharlarni tartibga keltirishga, xavfsizlik doktrinasini ishlab chiqishga safrladik. Bir so‘z bilan aytganda, yevropalik burokrat va amerikalik globalistlarning so‘zlariga ko‘ra, bu narsalarga xarjlashga haqqimiz yo‘q edi.
Rusofobiya va antisemitizm qo‘l ushlashib kelmoqda - ekspert
G‘arb o‘zini, Nabokov aytganidek, kolbasafurush yonida yashayotganiga ishonchi komil bo‘lgan, ma’lum bo‘lishicha esa, bu kolbasafurush iste’dodli shoir ekanini anglagan odam kabi tutdi.
Bugun Rossiyani u o‘zini saqlab qololgani, o‘zini millat sifatida himoya qilolgani uchun yomon ko‘rishadi, uni u uchun beqarorlik asosiy so‘z bo‘lgan bir paytda Rossiya, boshida qoqinib turtinib bo‘lsada, o‘z yo‘lini topa olgani, u eng qiyin mojarolardan va inqirozlardan chiqib ketishda yordam beruvchi hakam bo‘la olish qo‘lidan kelgani uchun yomon ko‘rishadi.
Rossiya o‘z qadriyatlari saqlab oldi va dunyoga va yangi zamon talabi bo‘lgan chaqiriqlarga ochiq bo‘la olishni epladi.
G‘arb aynan shu uchun, Rossiya “kolbasafurush” bo‘lish rolidan voz kechgani uchun uni yomon ko‘rib qoldi.
Ularni bizni “mintaqaviy benzokolonka” deb hisobdan chiqarib tashlashganda, biz kulimsirab o‘z ishimizni davom ettiraverdik.
Biz o‘zimiz bilamizku, kimni himoya qilyapmiz va nimani kim uchun qilyapmiz.
Rusofobiyaga kelsak, albatta, biz tarbiyali, oliy ma’lumotli sog‘lom fikrli deb o‘ylaganlarning shaytonlashishini kuzatish unchalik yoqimli emas. Biroq har bir shifokor biladiki, har qanday tutqanoq unga qanchalik kam e’tibor qaratilsa, shunchalik tez tugaydi.
Oxir-oqibat har kimning o‘z ishi bor: biz o‘z mamlakatimizni bunyod etapmiz, ular esa uni yomon ko‘rishadi.
Bu vaziyatda kimning qo‘li baland kelishini Yevropaning ham avvalgi, ham yaqindagi tarixini bilgan har bir kishi yaxshi biladi.
AQShda rusofobiya quyushqondan chiqdi, deb bayonot qildi Lavrov