Qo‘rqqanga qo‘sh ko‘rinar, chex siyosatchilariga Moskvaning "qo‘li uzun" tuyular

© Sputnik / Eduard Erben / Mediabankka o‘tishPraga
Praga - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Chexiyada Sovet Itifoqi marshali Ivan Konevning haykali olib tashlanganidan so‘ng Rossiya tomon jinoiy ish qo‘zg‘atdi. Bu chex siyosatchilarini esankiratib qo‘ydi.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Chexiya Respublikasini, go‘yoki Praga siyosatchilarining zaharlanishi rejalashtirilayotganlikda ayblash bilan muqarrar provokatsiyalardan ogohlantiradi. Sergey Lavrov esa shov-shuvlarni "aqlga sig‘maydigan" deb atadi.

Elchida ayb yo‘q

Ommaviy axborot vositalarida e’lon qilingan versiyaga ko‘ra, Rossiya Sharqiy Yevropa respublikasiga diplomatik niqob ostida o‘z qotilini yuborgan va u mamlakatga ritsin zaxarini olib kirib, Rossiyaga qarshi hamlalarda, shu qatori yaqinda marshal Konev haykali buzib tashlanishiga dahldor xorijiy arboblarni yo‘q qilishi kerak edi.

 Prezident Cheshskoy Respubliki Milosh Zeman - Sputnik O‘zbekiston
Chexiya prezidenti Rossiyaga qarshi sanksiyalar behuda ekanini ma’lum qildi

Ushbu voqea nafaqat Respekt nashri jurnalistlarining o‘zlariga yo‘l ochib bergan nojo‘ya tasavvurining natijasi. Uch siyosatchiga - Praga meri Zdenek Grjib, Praga-6 tumani rahbari Ondrjey Kolarj va Rjeporie tumanining rahbari Pavel Novotniy (kecha bu tumanda vlasovchilarga yodgorlik o‘rnatilishi boshlandi) – haqiqatan davlat qo‘riqchilari biriktirildi, Chexiya razvedkasi Xavfsizlik va axborot xizmati (SBI)si esa joriy vaziyatni nihoyatda jiddiy deb hisoblashlarini tasdiqladi.

Shu bilan birga, Chexiya Bosh vaziri Andrey Babishning so‘zlariga ko‘ra, yuzaga kelgan janjal Rossiya elchisini mamlakat hududidan chiqarib yuborishni taqozo qilmaydi. Chexiya jurnalistlari va maxsus xizmatlarining ixtirolarini inkor qilishning ishonarli usulini uylab topish qiyin, udar uchun sodir bo‘layotgan voqealar o‘zlarining dolzarb vazifalarini hal qilish uchun qulay imkoniyat va hukumat esa minimal yo‘qotishlar bilan vaziyatdan chiqib ketishga harakat qilmoqda deb bo‘lmaydi.

Ommaviy axborot vositalari butun dunyo bo‘ylab erkin ishlaydigan Kremlning yollanma qotillari haqidagi rang-barang nashrlardan daromad olib, shov-shuvlarni pullashtirmoqda. Kontrrazvedka peshonasini terisi bilan milliy xavfsizlik tahdidlariga qarshi turib, o‘z nonini halol topayotganini isbotlamoqda. SBI dunyoni Rossiya, Xitoy va hatto KXDRning maxsus xizmatlariga qarshi kurashdagi yutuqlari haqida muntazam ravishda ma’lumot berib turadi.

Prezident Chexii Milosh Zeman - Sputnik O‘zbekiston
Chexiya prezidenti Putinni kuchli siyosatchi deb atadi

Ammo bu safar Chexiyaning xatti-harakatlari odatdagidan ancha ko‘proq asabiylashgani bilan ajralib turipti, buni Chexiya hamkasblariga vazmin bo‘lishni tavsiya qilgan Rossiya TIVning munosabati ham tasdiqlaydi. Nima bo‘lganda ham, ilgarilari rusofob-fitna safsataga bexosdan tushib qolish Polsha kabi boshqa mamlakatlar uchun hos bo‘lgan va Chexiya Respublikasida bu kabi noadekvat harakatlar sezilmagan.

Ehtimol, javobni Konev haykali buzib tashlanishiga Moskvaning munosabati haqiqatan ham Chexiya rasmiylari uchun kutilmagan surpriz bo‘lganligidan izlash kerak. Agar ilgari hammasi faqatgina diplomatik kanallar orqali norozilikni bildirish bilan cheklangan bo‘lsa, bu safar to‘satdan jinoiy ish ochildi.

Va chexlar shunchaki esankirab qoldi

Mamlakat tashqi ishlar vaziri Tomash Petrshichekning dastlabki munosabati ko‘r-ko‘rona bo‘ldi: "Bu huddi notanish hovuzga sakrashga o‘hshaydi. Lahzali yoki impulsiv reaksiya har doim ham to‘g‘ri emas. Men ba’zi odamlar uchun diplomatiya tushunarsiz ekanligini tushunaman, albatta, lekin bu sholchani omma oldida silkitishga yetarlicha sabab emas. Garchi bu ishni boshqa tomon qilsa ham".

Prazdnichnoe meropriyatie, posvashennoe Dnyu Pamati i Pochestey v Tashkentskom botanicheskom sadu - Sputnik O‘zbekiston
AQSh G‘alaba tarixini o‘zgartirishga qaratilgan soxta dasturlarni amalga oshmoqda

Birinchi sarosimalik o‘tib bo‘lishi bilanoq yanada aniqroq sharhlar paydo bo‘ldi va mamlakat Tashqi ishlar vazirligi "Rossiya Federatsiyasi davlat organlarining Chexiya Respublikasi ichki ishlariga aralashishini qat’iyan rad etdi". Shundan keyin qotillarning diplomatik pasportlari va ritsinli chamadonlar haqidagi ertaklari to‘qila boshladi.

Bunday munosabat kimgadir g‘alati tuyulishi mumkin: yaxshi, Rossiya Tergov qo‘mitasi Konev haykali buzilishiga oid jinoiy ish qo‘zg‘atdi – u aybdorlargacha yetolmasligi va Interpol gumonlanuvchilarni xech qachon hibsga olish talabini qondirmasligi aniq va ular shu tariqa avval yashab kelganday yashashni davom ettirishadi.

Jinoyatning javobgarligi bor

Ammo bunday nuktai nazar faqat qisman adolatlidir.
Birinchidan, agar zaharli qotil haqidagi xayol o‘ta bema’nilik bo‘lsa, unda Chexiya maxsus xizmatlari butun dunyo bo‘ylab natsistlarni ta’qib qilgan Isroil Mossad ruhida gumondorlarni o‘g‘irlash va ularni sud qilish uchun olib ketilishi imkoniyatiga yanada jiddiroq qarashi kerak. Praga siyosatchilariga davlat qo‘riqchilarining  biriktirilgani aynan shu bilan bog‘liq degan shubha bor.

Uzbekkino snimayet v Belarusi film k 75-letiyu Pobedi - Sputnik O‘zbekiston
Ikkinchi jahon urushida 5 o‘g‘lini yo‘qotgan o‘zbek ayoli haqida film suratga olinmoqda

Ikkinchidan, va asosiysi, qo‘zg‘atilgan jinoiy ish undagi ayblanuvchilar ustidan ko‘p yillar davomida va hattoki abadiyatga, ular har doim eslaydigan va o‘z harakatlarida hisobga oladigan Damokl qilichini osib qo‘yadi. Xuddi shu Respekt yozganidek, Praga-6 tumani rahbari chet elga har qanday safarga chiqishi bilan hibsga olinishi mumkin.

Ha, hozirgi paytda o‘sha Ondrjey Kolarge, ehtimol G‘arb davlatlariga safar qilishdan qo‘rqmasligi mumkin - ular Moskvaga "siyosiy" ishda gumon qilinuvchini bermaydilar. Biroq, dunyo juda tez o‘zgarib bormoqda: bir necha yil oldin aqlga sig‘maydigan narsa endilikda odatiy holga aylandi. G‘arb Rossiyaga iqtisodiy jinoyatchilarni allaqachon to‘htatmay bermoqda va dunyoning siyosiy xaritasida bizning mamlakatimizga ochiqdan-ochiq xayrixoh bo‘lgan davlatlar tobora ko‘payib bormoqda.

Umuman olganda, o‘nlab yillar davomida muvaffaqiyatli karyera va fuqarolik jasoratni namoyish etish imkoniyatlarini har qancha mas’uliyat yo‘qligi bilan birlashtirgan rusofobiya juda xavfli sohaga aylanib bormoqda, va bu yerda so‘zlaring va harakatlaring uchun javob berishga majbur bo‘lasan.

Vladimir Putin: Rossiya vistupayet protiv militarizatsii kosmosa - Sputnik O‘zbekiston
Ikkinchi jahon urushi tarixini buzib ko‘rsatishga urinish holatlari davom etmoqda - Putin

Aynan Sharqiy Yevropada bunday istiqbollar natijasida havotirli munosabat bildirilayotgani ajablanarli emas. Kafolatlangan va abadiy geosiyosiy "soyabon" sifatida qaralgan AQSh gegemoniyasining yaqqol susayishi va transatlantik birlikning qulashi, shuningdek, Rossiyaning aniq kuchayishi, uning ta’siri va imkoniyatlari mintaqada odamlarni tashvishga solmoqda va uncha o‘rinli bo‘lmagan ishlarni qilmaslikka undamoqda. Bu rus nomaqbul rus super-qotilllari tomonidan zaharlash kabi ertagi bor ingliz katta birodariga taqlid qilishga urinishga o‘hshash ishlarni.  Ammo bu yerda Londonning yo‘qqa chiqqan Skripallar bilan bog‘liq vaziyatida juda ko‘p ahmoqliklar bo‘lganini eslatishimiz joiz. Ularning izidan borgan chehlarda esa umuman sharmandalarcha vaziyat vujudga keldi.

Va ular uchun eng yoqimsiz narsa: navbatdagi josuslik-qotillik mojarosi juda tezda o‘tmishga aylanadi - Rossiya uchun bu odatiy hol, ammo jinoiy ish jildlari ko‘p yillar davomida milliy ichki ishlar idoralari hodimlarining ish joylarida saqlanib qoladi.

Yangiliklar lentasi
0