AQShda rusofobiya quyushqondan chiqdi, deb bayonot qildi Lavrov

Obuna bo‘lish
Lavrovga ko‘ra, Vashingtondagi siyosatchilarni rusofobiya qamrab olgan va bu holat hozirda paranoyya darajasiga yetib kelgan

TOShKENT, 25 dek — Sputnik. Vashingtondagi rusofobiya jazavasi o‘ta keskin tus oldi, u Rossiya Federatsiyasi va Qo‘shma Shtatlarga muhim yo‘nalishlarda oldinga harakat qilishga imkon qoldirmayapti, shuningdek, dunyoda qo‘shimcha ziddiy holatlar yaratilishiga sababchi bo‘lmoqda, dedi RIA Novosti xalqaro axborot agentligiga bergan intervyusida Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov.

Amerika harbiylari - Sputnik O‘zbekiston
AQShda Rossiyaga qarshi urush qo‘llanmasi chiqarildi

"Ikki davlat munosabatlarida ko‘plab muammolar mavjud, ular eski va yaqinda vujudga kelgan, aniqroq qilib aytganda, sun’iy ravishda yaratilgan muammolardir. Shulardan asosiysi — Vashingtondagi siyosatchi amaldorlarni qamrab olgan rusofobiya jazavasi bo‘lib, u hozirda, hech qanday mubolag‘asiz paranoyik tus olgan. Aynan shu holat mamlakatlarimiz uchun muhim bo‘lgan yo‘nalishlarda oldinga harakatlanishga imkon qoldirmayapti, dunyo sahnasida qo‘shimcha ziddiyatlarni keltirib chiqarmoqda", — degan Rossiya TIV rahbari.

Yangiliklar lentasi
0