Isroilda bir qator tadbirlar boʻlib oʻtdi, xususan, "Xolokost xotirasini saqlaymiz, antisemitizmga qarshi kurashamiz" xalqaro forumi. Polsha va Boltiqboʻyi davlatlarining prezidentlari bu tadbirga tashrif buyurish orqali oʻz hurmatini bajo keltirmaganlari ajablanarli emas, Ukraina prezidenti Zelenskiy Isroilga uchib kelgan boʻlsada, Butunjahon Xolokost Forumida qatnashmadi. Gap bu yerda ushbu mamlakatlarga xos antisemitizmda emas.
Polyaklar va pribaltlar birdamligi, shuningdek ularga yaqin boʻlgan Ukraina pozitsiyasi, avvalambor ularning tarixga boʻlgan munosabati bilan izohlanadi. Bu davlatlarning barchasi rusofobiya bilan zaharlangan va shu asnoda ular fashistlar Germaniyasining magʻlubiyatini bitta okkupatsiyani boshqasiga - nemisnikidan sovetnikiga oʻzgarishi bilan izohlashga harakat qilmoqdalar. "Ikki frontda urush" haqidagi tezis, "ikki totalitar rejimga qarshi" Varshava va Vilnyus, Riga va Tallinni, shuningdek ularga qoʻshilgan Kiyevni birlashtiradi.
Shubhasiz, savol tugʻilishi mumkin: Xolokostning bunga nima aloqasi bor, yaʼni fashistlar tomonidan yahudiylarning ommaviy qirgʻin qilinishi? Ular urushda qatnashgan xalqlarning tarixiy xotiralarida qanday ishtirok etadilar?
Xolokost tarixni qayta yozishga ruxsat bermaydi
Gap shundaki, afsonaviy "sovet okkupatsiyasi" xotirasi radikal millatchi mafkurani tan olgan Polsha, Boltiqboʻyi va Ukraina rusofoblarini birlashtirganidek, Xolokost urushning haqiqiy xotirasini sharaflaydigan odamlar va davlatlarni birlashtiradi.
Yahudiylar Yovuzlik oʻqi yoki Birlashgan Millatlar Tashkilotining fuqarolari boʻlishidan qatʼi nazar, ular armiyada xizmat qilganmi yoki yoʻq qatʼi nazar oʻldirilgan. Ular jinsi va yoshidan qatʼi nazar oʻldirilgan va yahudiylar butun Yevropada yashaganligi sababli, hamma joyda oʻldirilgan. Natsistlar boshqaruvi atigi bir necha kun ham oʻrnatilgan har bir mamlakatda qurbonlar bor.
Ikkinchi Jahon urushining baʼzi voqealarini talqin qilish har bir mamlakatda har xil boʻlishi mumkinligiga qaramay (masalan, inglizlar uchun Dyunkirkni evakuatsiya qilish Stalingrad jangidan koʻra muhimroq), barchaning Holokostga munosabati bir hil. Urush gʻoliblari va yutqazganlar munosabatida ham farq yoʻq. Ushbu fojia, tarixni toʻliq oʻzgartirishni istaganlarga yoʻl qoʻymaydi.
Ammo Boltiqboʻyi davlatlarida, Varshava va Kiyevda hukmronlik qilayotgan rejimlar oʻz nasl-nasablarini Polsha va Boltiqboʻyi davlatlarining urushdan oldingi rejimlariga, shuningdek Ukrainadagi banderachilarga tenglashtirmoqdalar. Bu rejimlarning barchasi Gitler bilan birdamlandilar. Bu rejimlarning barchasi rusofobiyadan aziyat chekmoqda, hamma "Sovet okkupatsiyasi" gʻoyasini ilgari surmoqda, barchasi (kimdur rasmiy, kimdur yarim rasmiy), nimagadur Rossiya ularga bu "okkupatsiya" uchun tovon puli toʻlashi kerak deb hisoblashadi.
Urush xotirasi ushbu rejimlarning mafkuraviy asosini buzadi. Ayniqsa Xolokost xotirasi. Sovet va Germaniya totalitarizmi oʻrtasidagi farq yoʻqligi mavzusida uzoq vaqt davomida har qancha bahslashish mumkin, ammo Xolokostga boshiz urilgunga qadar. Aslida natsistlar butun dunyoda yahudiylarni qirib tashlashga harakat qilganlar, SSSR esa ularni qutqardi.
Oʻtmishni unutish kelajakdagi fojialarga olib keladi
Bundan tashqari, Xolokost tarixiga qiziqqan har qanday kishi fashistlarning kontslagerlari tarixiga darhol choʻkib, urush oxiriga kelib yahudiylar allaqachon ularda boʻlgan asirlarning oz qismini tashkil etganliklarini aniqlaydi (chunki ularning koʻpchiligi darhol yoʻq qilingan).
Vijdonli tadqiqotchi, Xolokostdan boshlashi bilanoq, natsistlar rejimining nafaqat antisemitizm, balki odamzodga qarshi mohiyati haqida tez xulosaga keladi. SSSRga qarshi ayblovlarning notoʻgʻriligi toʻgʻrisida tushuncha paydo boʻldi, chunki Sovet Ittifoqi Yevropa xalqlarini jigarrang vabodan qutqardi. Ozod qiluvchi va xaloskor okkupant boʻla olmaydi. U qotil bilan tenglasha olmaydi.
Shuning uchun natsizm ustidan qozonilgan gʻalabada SSSRning rolini tan olishni istamagan odamlar va davlatlar doimo Xolokost xotirasini oʻchirishga harakat qilishadi. Bu natsizmning eng dahshatli va eng ochiq jinoyatlaridan biridir va gʻolibning qutqaruvchi sifatida tutgan oʻrni ham bu yerda ravshan.
Tarixiy amneziya, rusofobiya va antisemitizm bir-birini qoʻlini ushlab, bir-birini toʻldirishadi.
Shu sababli, Vladimir Putin Isroilda BMT Xavfsizlik Kengashiga aʼzo boʻlgan besh mamlakat rahbarlarining jahon xavfsizligi masalalarini muhokama qilish uchun uchrashuv oʻtkazishni taklif qilgani mantiqan toʻgʻri. “Oʻtmishni unutish, tahdidlar oldida har tomonga tarqalish - dahshatli oqibatlarga olib kelishi mumkin. Biz nafaqat uni toʻgʻridan-toʻgʻri aytishga, balki dunyoni himoya qilish uchun hamma narsaga tayyor boʻlish uchun jasoratli va shijoatli boʻlishimiz kerak ", deb taʼkidladi Rossiya prezidenti.