TOShKENT, 28-iyun — Sputnik. Toliblar Afg‘onistonning to‘rtdan uch qismini nazorat qilmoqda, va undan keyin ular strategik vazifani hal qilishni – “Islom emirati”*ni qurishni boshlaydigan to‘liq g‘alabasining yaqinligini his qilmoqda. Ehtimol, “shogirdlar” bitta mamlakatda hokimiyatdan ko‘ra ko‘proq narsani istab qolar.
Afg‘oniston shimoli Sho‘rtepa tumani hududidagi chegara oldidagi to‘qnashuvlardan keyin 23-iyun kuni 50 nafardan ziyod afg‘on chegarachilari va qo‘lida qurol bo‘lgan askarlar O‘zbekiston hududiga “chekindi”. Ular u yerda ushlanib, qaytarib yuborildi. O‘zbekiston TIV ma’lum qildi: “O‘zbekiston hududiga noqonuniy kirishga qilingan har qanday urinishlar qat’iy bartaraf etiladi, davlat chegarasini buzganlarga esa eng keskin choralar ko‘riladi”.
O‘zbekiston Afg‘oniston bilan an’anaviy do‘stona va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarni asrash, betaraflikni saqlashga intilmoqda. Toshkent chegaradosh mamlakatdagi harbiy-siyosiy vaziyat rivojlanishini diqqat bilan kuzatmoqda. Afg‘oniston Islom Respublikasining shimoliy viloyatlaridagi jangovar xatti-harakatlarning ehtimoliy keskinlashishi o‘zbek chegarachilarining kuchlari va TIV bayonotlari bilan to‘xtatib bo‘lmaydigan afg‘on qochoqlarining katta oqimiga olib keladi. Yaxshi qo‘shnichilik tahdid ostida.
22 iyun kuni toliblar jang bilan Tojikiston bilan chegaradagi asosiy uchastka – u orqali Janubiy va Markaziy Osiyo mamlakatlarining asosiy tovar ayirboshlashi amalga oshirilayotgan “Sherxon-Bandar” bojxona va savdo joyini egalladi.
Chegarachilar va hukumat qo‘shinlari tumtaraqay qilib yuborildi, 130 nafardan ziyod harbiy xizmatchilar tojik hududiga qochdi va ularga u yerda insoniylik va ahil qo‘shnichilik tamoyillariga ko‘ra qolishga ruxsat berishdi.
Tojikiston bilan chegaradosh Qunduz va Taxar viloyatlarida sakkizda tuman va ikkita chegara nazorat punkti toliblar nazorati ostiga o‘tib ketdi. Jangarilar Afg‘onistonning Badaxshon viloyatidagi Xash tumanini ham qo‘lga kiritishdi. Jang qilayotgan Afg‘oniston bilan umumiy uzunligi 1 300 km bo‘lgan chegara Tojikistonni Markaziy Osiyo mamlakatlaridan eng zaifini qiladi.
“Islom emirati”* ko‘rinmoqda
Toliblar hozircha chegaradan o‘tmayapti, ammo hukumatlar bahosiga ko‘ra, Afg‘onistonning Taxor va Badaxshon viloyatlarida radikar guruhlar qatorida Markaziy Osiyo fuqarolari jang qilmoqda. O‘zbekiston 2017 – 2020-yillarda Afg‘onistondan 86 nafar fuqarolarini qaytardi (janglarda qatnashishgan va Afg‘oniston maxsus kuchlari tomonidan qo‘lga olingan), yana qanchasi toliblar qolgani – noayon. Shunga o‘xshash faktlar terrorchilik harakatining Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi ta’siridan dalolat beradi.
May-iyun oylaridagi ziddatli hujum chog‘ida toliblar Afg‘onistonning 50 ta tumanini egalladi (ilgari egallanganlaridan tashqari). O‘tgan sutkada jangarilar Islom respublikasining turli qismlarida sakkizta tuman markazlarini o‘z nazoratiga oldi, 20-iyun kuni 11 ta uyezdni bosib olishdi, va Kobulni mamlakatning shimoliy viloyatlari bilan bog‘lovchi (Bag‘lan viloyatidagi) trassani to‘sib qo‘yishdi. Shimolda asosiy shaharlar – Mazori Sharif, Puli-Xumri, Qunduz – qamalda. Aksariyat afg‘on viloyatlarining ma’muriy markazlari hokimiyat toliblaga tegishli tumanlar bilan “qurshalgan”. Kobulning taslim bo‘lish ehtimoli yuqori. Taxor, Bag‘lan, Juzjon, Sari-Pul, Farob, Qunduz, Balx, Parvan, Qandahor, Badg‘is viloyatlarida shakllanayotgan xalq ko‘ngillilari otradlari muntazam armiya va mohir politsiyaning o‘rnini bosolmaydi.
Hukumat qo‘shinlari tez-tez jangsiz taslim bo‘lmoqda (mahalliy siyosatchilar va qabila oqsoqollari qo‘shinlar bilan taslim bo‘lish to‘g‘risida bitim tuzapti). Sari-Pul viloyatida iyun o‘rtasida toliblar “bitimga binoan” afg‘on armiyasidagi 20 ta “Xamvi” yo‘ltanlamas, 50 ta armiya yuk mashinalari, 30 ta pikap, 300 ga M-16 yaqin soyli miltiq va bir necha tonna o‘q-dorilarni egallab oldi.
Amerika razvedkasi shunday xulosaga keldiki, amaldagi afg‘on hukumati chel el qo‘shinlarining olib chiqilishidan keyin olti oy o‘tib qulashi mumkin, ya’ni 2022-yil boshiga kelib. Bu optimistik variant. Bundanda yomonroq taxmin bor. Unda hukumat qo‘shinlari atigi uch oy dosh berishi aytilgan.
Voqealar eng yomon salbiy ssenariy bo‘yicha rivojlanmoqda. Afg‘onistondagi jangovar harakatlar jadalligi o‘smoqda. Hukumatning toliblar tomonidan egallab olinishi mamlakatda zo‘ravonlikning avj olishiga olib kelishi muqarrar. Qolaversa, o‘ttizdan ziyod raqobatlashayotgan terrorchilik guruhlarining, jumladan, davlat chegarasi mavjudligini umuman tan olmaydigan ID* va Al-Qoida* (Rossiyada taqiqlangan) sezilarli faollashishiga olib keladi. Shuning uchun jangovar harakatlarning Markaziy Osiyoga proyeksiyasini vaqt ko‘rsatadi, xolos.
Prezidentlar va qo‘shinlar harakatda
Chegaradosh mamlakatlar xalqaro terrorizmning yoyilishga tish-tirnoqlari bilan qarshi turishga shaylanishmoqda. O‘zbekiston hukumati “birodar afg‘on xalqiga har tomonlama iqtisodiy va gumanitar yordam ko‘rsatishga” tayyorligini bildirdi, ammo yuzaga kelgan vaziyatda mudofaaga shay turish va qo‘shinlarning jang tayyor turishi maqsadga muvofiqdir. O‘zbekistonda 24-iyun kuni Toshkent va Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okruglari hamda Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va Harbiy havo kuchlari harbiy qism va bo‘linmalarida qo‘qqisdan tekshiruvlar boshlandi. Bunda shaxsiy tarkib va jangovar texnikalarning shayligi tekshiruvdan o‘tadi.
Shuningdek, "Angren" va "Termiz" umumqo‘shin dala maydonlari hududida kuch tuzilmalari o‘rtasida o‘zaro tajribalar almashish hamda harakatlarni muvofiqlashtirish, harbiy xizmatchilarning amaliy dala ko‘nikmalarini takomillashtirish maqsadida batalon taktik o‘quvlari o‘tkaziladi. Shartli dushmanning ehtimoliy joylashgan hududlarga artilleriya bo‘linmalarining kuch va vositalari hamda minomotchilar batareyasi tomonidan zarbalar beriladi.
Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotining birlashgan shtab xabariga ko‘ra, 25-iyun kuni Tashkilotga a’zo davlatlarning mudofaa idoralari va favqulodda vaziyatlar vazirliklarining navbatchi smenalarining qo‘shma mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tgan. Tashkilotning Markaziy Osiyo minqasida joylashgan a’zo davlatlaridan birining davlat chegarasida ro‘y bergan hodisani bartaraf etish mashg‘ulotlari o‘tkazilgan. Mashg‘ulotlar g‘oyasiga ko‘ra, favqulodda vaziyat terrorchilarning harakatlari oqibatida yuzaga kelgan.
Karshitau tog‘ etagi tizmalarida 24-iyun kuni Rossiyaning Tojikistondagi 201-sonli harbiy bazasining razvedka bo‘linmalarining o‘quvlari bo‘lib o‘tgan. Unga 300 nafardan ziyod harbiy xizmatchilar va 50 dona jangovar texnika jalb qilingan.
Tojikiston va O‘zbekiston prezidentlari Emomali Rahman va Shavkat Mirziyoyev 23-iyun kuni Afg‘onistondagi vaziyat haqida gaplashdi. Bundan tashqari, Rahmon mintaqadagi harbiy-siyosiy vaziyatni Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan muhokama qildi. Qozog‘iston Tojikiston va Qirg‘izistonga beg‘araz harbiy-texnika yordamini bermoqchi.
22 iyun kuni Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev Dushanbeda o‘zining tojikistonlik, qozog‘istonlik va qirg‘izistonlik hamkasblari bilan afg‘on muammosiga bag‘ishlangan muzokaralar o‘tkazdi. Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti va Shanxay hamkorlik tashkiloti (Xitoy, Rossiya, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Hindiston, Pokiston a’zo) doirasida o‘zaro hamkorlik davom etmoqda. Kreml NATO qo‘shinlarining olib chiqib ketilishi va terrorchilik guruhlarning faollashi ortidan Afg‘onistondagi vaziyat alohida e’tiborni talab qiladi deb hisoblaydi.
Avvalroq Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu markaziy osiyolik hamkasblari bilan muzokaralar o‘tkagandi. Rossiya va O‘zbekiston mudofaa idoralari 2025-yilgacha harbiy sohada strategik hamkorlik dasturini tayyorlagan edi. Dushanbeda Rossiya Federatsiyasi Markaziy harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondoni general-polkovnik Aleksandr Lapin va Tojikiston Respublikasi mudofaa vaziri Sherali Mirzo ikki tomonlama harbiy hamkorlik va 2021-yildagi harbiy tayyorgarlik qo‘shma tadbirlari rejalarini muhokama qildi.
Qayd etish joizki, Rossiya tomoni 2014-yildan buyon yetti ming nafardan ziyod tojik harbiy mutaxassislarini tayyorlashga ko‘maklashdi, joriy yilda ular safini yana 140 tankchi va 70 minomot nishonga oluvchilari bilan to‘ldiradi. Bu Tojikiston Qurolli kuchlarining keyingi jangovar shayligining oshishiga xizmat qiladi.
Chet el qo‘shinlari olib chiqib ketilgandan keyin AQSh o‘z elchixonasini qo‘riqlash uchun Afg‘onistonda 650 harbiylarini qoldirishni rejalashtirmoqda. Ko‘rinib turibdiki, Afg‘oniston davlatining amerikacha andozalar asosida tuzilgan xavfsizligi Vashingtonni qiziqtirmay qo‘ygan. AQShning global tuzatishlarining salbiy oqibatlarini afg‘onlarning o‘zi va mintaqa qo‘shnilarining bartaraf etishiga to‘g‘ri keladi.
* Rossiya va qator mamlakatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti