https://oz.sputniknews.uz/20210624/ellik-nafardan-ortiq-afgon-harbiysi-ozbekiston-hududiga-otdi--tiv-bayonoti-19399691.html
Ellik nafardan ortiq afg‘on harbiysi O‘zbekiston hududiga o‘tdi – TIV bayonoti
Ellik nafardan ortiq afg‘on harbiysi O‘zbekiston hududiga o‘tdi – TIV bayonoti
Sputnik O‘zbekiston
53 nafar afg‘on chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari va mahalliy qurolli guruhlar Sho‘rtepa tumani hududidan O‘zbekistonga o‘tdi 24.06.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-06-24T17:13+0500
2021-06-24T17:13+0500
2021-07-06T12:36+0500
o‘zbekiston
afg‘oniston
afg‘onistonda vaziyat keskinlashuvi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/06/17/19375831_0:107:3000:1795_1920x0_80_0_0_b70f5d24bff93de87420dfb15d901015.jpg
TOShKENT, 24-iyun — Sputnik. Tashqi ishlar vazirligi 23-iyun kuni 53 nafar afg‘on chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari va mahalliy qurolli guruhlar Sho‘rtepa tumani hududidan O‘zbekistonga o‘tgani haqida bayonot berdi.Unda aytilishicha, O‘zbekiston Afg‘onistondagi, jumladan, chegaradosh shimoliy viloyatlardagi harbiy-siyosiy vaziyatning rivojlanishini diqqat bilan kuzatib bormoqda.Qo‘shni mamlakatda zo‘ravonlikning ortishi chuqur xavotir uyg‘otmoqda. Koronavirus pandemiyasining yangi to‘lqini sharoitida keskinlikning kuchayishi afg‘on xalqi hayotini yanada murakkablashtirmoqda.Ixtilofga aloqador barcha tomonlarni kuch ishlatishdan tiyilishga hamda tinch aholi orasida qurbonlar kelib chiqishiga yo‘l qo‘ymaslikka chaqiramiz", - deyilgan bayonotda.2021 yil 23-iyun kuni 53 nafar afg‘on chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari va mahalliy qurolli guruhlar Sho‘rtepa tumani hududidan O‘zbekistonga o‘tdi.Zaruriy surishtiruv va tergov tadbirlari o‘tkazilganidan so‘ng ushbu afg‘on fuqarolari vataniga qaytarildi.O‘zbekiston hududiga noqonuniy kirishga qilingan har qanday urinishlar qat’iy bartaraf etiladi, davlat chegarasini buzganlarga esa eng keskin choralar ko‘riladi.“O‘zbekiston tomoni Afg‘oniston bilan an’anaviy do‘stona va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini asrash, betaraflikni saqlash hamda qo‘shni mamlakat ichki ishlariga aralashmaslik tarafdori ekanligini qat’iy ma’lum qiladi.O‘zbekiston hukumati birodar afg‘on xalqini har tomonlama iqtisodiy va gumanitar yordam ko‘rsatish, jumladan, mamlakatda mustahkam va keng qamrovli tinchlik o‘rnatilishiga xizmat qiladigan yirik energetika va transport-kommunikatsiya loyihalarini amalga oshirish orqali ko‘mak berishda davom etadi”, - deyilgan bayonotdan.
https://oz.sputniknews.uz/20210624/rossiya-odbk-davlatlari-va-ozbekiston-afgonistondagi-vaziyatni-muhokama-qiladi-19395276.html
https://oz.sputniknews.uz/20210624/toliblar-tojik-afgon-chegarasini-nazorat-qilmoqda-endi-nima-boladi-19398725.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/06/17/19375831_232:0:2768:1902_1920x0_80_0_0_0e31d799a805371329d5027b02a63bd8.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston, afg‘oniston, afg‘onistonda vaziyat keskinlashuvi
o‘zbekiston, afg‘oniston, afg‘onistonda vaziyat keskinlashuvi
Ellik nafardan ortiq afg‘on harbiysi O‘zbekiston hududiga o‘tdi – TIV bayonoti
17:13 24.06.2021 (yangilandi: 12:36 06.07.2021) 53 nafar afg‘on chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari va mahalliy qurolli guruhlar Sho‘rtepa tumani hududidan O‘zbekistonga o‘tdi
TOShKENT, 24-iyun — Sputnik. Tashqi ishlar vazirligi 23-iyun kuni 53 nafar afg‘on chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari va mahalliy qurolli guruhlar Sho‘rtepa tumani hududidan O‘zbekistonga o‘tgani haqida bayonot berdi.
Unda aytilishicha, O‘zbekiston Afg‘onistondagi, jumladan, chegaradosh shimoliy viloyatlardagi harbiy-siyosiy vaziyatning rivojlanishini diqqat bilan kuzatib bormoqda.
Qo‘shni mamlakatda zo‘ravonlikning ortishi chuqur xavotir uyg‘otmoqda. Koronavirus pandemiyasining yangi to‘lqini sharoitida keskinlikning kuchayishi afg‘on xalqi hayotini yanada murakkablashtirmoqda.
Ixtilofga aloqador barcha tomonlarni kuch ishlatishdan tiyilishga hamda tinch aholi orasida qurbonlar kelib chiqishiga yo‘l qo‘ymaslikka chaqiramiz", - deyilgan bayonotda.
2021 yil 23-iyun kuni 53 nafar afg‘on chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari va mahalliy qurolli guruhlar Sho‘rtepa tumani hududidan O‘zbekistonga o‘tdi.
Zaruriy surishtiruv va tergov tadbirlari o‘tkazilganidan so‘ng ushbu afg‘on fuqarolari vataniga qaytarildi.
O‘zbekiston hududiga noqonuniy kirishga qilingan har qanday urinishlar qat’iy bartaraf etiladi, davlat chegarasini buzganlarga esa eng keskin choralar ko‘riladi.
“O‘zbekiston tomoni Afg‘oniston bilan an’anaviy do‘stona va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini asrash, betaraflikni saqlash hamda qo‘shni mamlakat ichki ishlariga aralashmaslik tarafdori ekanligini qat’iy ma’lum qiladi.
O‘zbekiston hukumati birodar afg‘on xalqini har tomonlama iqtisodiy va gumanitar yordam ko‘rsatish, jumladan, mamlakatda mustahkam va keng qamrovli tinchlik o‘rnatilishiga xizmat qiladigan yirik energetika va transport-kommunikatsiya loyihalarini amalga oshirish orqali ko‘mak berishda davom etadi”, - deyilgan bayonotdan.