https://oz.sputniknews.uz/20210628/afgonistonda-toliblar-tojikiston-bilan-chegaradagi-nazorat-punktini-egallab-oldi-19437475.html
Afg‘onistonda toliblar Tojikiston bilan chegaradagi nazorat punktini egallab oldi
Afg‘onistonda toliblar Tojikiston bilan chegaradagi nazorat punktini egallab oldi
Sputnik O‘zbekiston
Afg‘oniston qo‘shinlarining 17 nafar harbiysi Tojikiston hududiga chekinishga majbur bo‘lgan. 28.06.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-06-28T11:18+0500
2021-06-28T11:18+0500
2021-07-06T12:38+0500
tojikiston
afg‘oniston
tolibon
afg‘onistonda vaziyat keskinlashuvi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/06/1c/19437447_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_8cc39c105320027ec9e38b5a1b236065.jpg
TOShKENT, 28-iyun — Sputnik. Toliblarning Afg‘onistonning Balx viloyati Kaldor uyezdi Uchkuch chegara punktiga hujum qilishi oqibatida hukumat qo‘shinlarining 17 nafar harbiysi Tojikiston hududiga chekindi. Bu haqda RIA Novosti Tojikiston Davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi chegara qo‘shinlari ma’lumotlariga tayangan holda xabar bermoqda.Qayd etilishicha, tojikistonlik chegarachilar insoniylik va ahil qo‘shnichilik tamoyillariga amal qilgan holda davlat chegarasini yorib kirgan afg‘onistonlik harbiylarga hech qanday to‘siqsiz o‘z hududiga o‘tishga ruxsat bergan.“Ushbu chegara oldidagi hududda vaziyat keskinligicha qolmoqda, “Tolibon”* qurolli guruh va afg‘on hukumati qo‘shinlari o‘rtasidagi jangovar harakatlar davom etmoqda”, - deya qo‘shimcha qilgan agentlik suhbatdoshi.Eslatib o‘tamiz, 22-iyun kuni “Tolibon”* radikal harakati jangarilari Afg‘onistonning Qunduz viloyatidagi Sherxon-Bandar chegara komissariatiga hujum qilgan edi. Afg‘oniston kuchlarining 134 nafar harbiylari Tojikiston hududiga chekinishga majbur bo‘lgan. Keyinchalik ularning hammasi vataniga qaytgan. Maxsus reys ularni Kobulga eltib qo‘ygan.* Rossiya va qator mamlakatlarga taqiqlangan terrorchilik tashkiloti
https://oz.sputniknews.uz/20210624/ellik-nafardan-ortiq-afgon-harbiysi-ozbekiston-hududiga-otdi--tiv-bayonoti-19399691.html
https://oz.sputniknews.uz/20210624/toliblar-tojik-afgon-chegarasini-nazorat-qilmoqda-endi-nima-boladi-19398725.html
tojikiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/06/1c/19437447_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_d3edafef696fa59c612f96477a79f8a9.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
tojikiston, afg‘oniston, tolibon, afg‘onistonda vaziyat keskinlashuvi
tojikiston, afg‘oniston, tolibon, afg‘onistonda vaziyat keskinlashuvi
Afg‘onistonda toliblar Tojikiston bilan chegaradagi nazorat punktini egallab oldi
11:18 28.06.2021 (yangilandi: 12:38 06.07.2021) Afg‘oniston qo‘shinlarining 17 nafar harbiysi Tojikiston hududiga chekinishga majbur bo‘lgan.
TOShKENT, 28-iyun — Sputnik. Toliblarning Afg‘onistonning Balx viloyati Kaldor uyezdi Uchkuch chegara punktiga hujum qilishi oqibatida hukumat qo‘shinlarining 17 nafar harbiysi Tojikiston hududiga chekindi. Bu haqda RIA Novosti Tojikiston Davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi chegara qo‘shinlari ma’lumotlariga tayangan holda
xabar bermoqda. “Mahalliy vaqt bilan soat 12:50 gacha davom etgan shiddatli to‘qnashuvlar oqibatida hukumat qo‘shinlarining 17 nafar harbiysi o‘z hayoti va shaxsiy tarkibni saqlab qolish uchun “Shahritus” chegara otradining 1-posti orqali Tojikiston tomonga chekinishga majbur bo‘lgan”, - deyilgan xabarda.
Qayd etilishicha, tojikistonlik chegarachilar insoniylik va ahil qo‘shnichilik tamoyillariga amal qilgan holda davlat chegarasini yorib kirgan afg‘onistonlik harbiylarga hech qanday to‘siqsiz o‘z hududiga o‘tishga ruxsat bergan.
“Ushbu chegara oldidagi hududda vaziyat keskinligicha qolmoqda, “Tolibon”* qurolli guruh va afg‘on hukumati qo‘shinlari o‘rtasidagi jangovar harakatlar davom etmoqda”, - deya qo‘shimcha qilgan agentlik suhbatdoshi.
Eslatib o‘tamiz, 22-iyun kuni “Tolibon”* radikal harakati jangarilari Afg‘onistonning Qunduz viloyatidagi Sherxon-Bandar chegara komissariatiga hujum qilgan edi. Afg‘oniston kuchlarining 134 nafar harbiylari Tojikiston hududiga chekinishga
majbur bo‘lgan. Keyinchalik ularning hammasi vataniga qaytgan. Maxsus reys ularni Kobulga eltib qo‘ygan.
* Rossiya va qator mamlakatlarga taqiqlangan terrorchilik tashkiloti