https://oz.sputniknews.uz/20210625/aqsh-harbiylarning-bir-qismini-afgonistonda-qoldiradi-19407784.html
AQSh harbiylarning bir qismini Afg‘onistonda qoldiradi
AQSh harbiylarning bir qismini Afg‘onistonda qoldiradi
Sputnik O‘zbekiston
AQSh hukumati Afg‘onistonda bir necha yuz nafar harbiylarni joylashtirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda 25.06.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-06-25T11:21+0500
2021-06-25T11:21+0500
2021-06-25T11:21+0500
dunyoda
afg‘oniston: 30-yil tinchlik ilinjida
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/05/10/18749789_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_10988bc1c2a9faf4e9f6ad0096ef5734.jpg
TOShKENT, 25-iyun — Sputnik. AQSh Afg‘onistondan o‘z harbiy kontingentining asosiy qismini chiqargach, bir qismini mamlakatda qoldirishni rejalashtirmoqda, deb xabar bermoqda The Associated Press.AQSh hukumati Afg‘onistonda 650 nafar harbiy xizmatchilarni joylashtirish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.Maqolada qayd etilishicha, bunday chora amerika qo‘shinlarining asosiy qismi chiqarilganidan so‘ng diplomatlar xavfsizligini ta’minlash uchun zarur.Bundan tashqari, turk kuchlariga yordam sifatida AQSh hukumati yana bir necha yuz amerikalik harbiylarni bir necha oy davomida Afg‘onistondagi Qobul aeroportida ushlab turishni rejalashtirmoqda.Amerika va xalqaro kuchlarning muhim qismi 4-iyulga qadar Afg‘onistonni tark etishi kerak, deya aniqlik kiritib o‘tilgan.Eslatib o‘tamiz, AQSh Afg‘onistonga o‘z qo‘shinlarini 2001-yil oktabr oyida kiritgan edi. Ushbu qaror 11-sentabr kuni Nyu-Yorkdagi egizak-minoralarga nisbatan amalga oshirilgan va 3 mingga yaqin insonlarning hayotiga zomin bo‘lgan terroristik hujum fonida qabul qilingandi.2010-2013 yillarda AQSh tomonidan amalga oshirilgan operatsiyalarning eng yuqori cho‘qqisida Afg‘onistondagi G‘arb kuchlari soni 150 ming kishidan oshdi. AQSh va NATOning asosiy jangovar bo‘linmalari 2014-yilda Afg‘onistondan chiqarildi.Afg‘onistondan harbiy kontingentni olib chiqish niyati haqida AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp ham gapirgan edi.AQShning amaldagi davlat rahbari Jo Bayden 14-aprel kuni Afg‘onistondagi Amerika tarixidagi eng uzoq xorijiy harbiy kampaniyaga aylangan operatsiyani tugatish qarorini qabul qilganini e’lon qildi.Amerika qo‘shinlarini chiqarish ishlari may oyida start oldi. Sal avval AQSh harbiy kontingenti, taxminlarga ko‘ra, Afg‘onistonni 11-sentabrda tark etishi rejalashtirilgan edi.
https://oz.sputniknews.uz/20210625/mdh-harbiylari-shaxsiy-tarkib-tarbiyasi-borasida-kelishib-olishdi-19406191.html
https://oz.sputniknews.uz/20210624/ellik-nafardan-ortiq-afgon-harbiysi-ozbekiston-hududiga-otdi--tiv-bayonoti-19399691.html
https://oz.sputniknews.uz/20210623/shoygu-afgonistondagi-vaziyatga-baho-berdi-19369750.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/05/10/18749789_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_694f6f54d4a175c3419db1b087556889.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, afg‘oniston: 30-yil tinchlik ilinjida
dunyoda, afg‘oniston: 30-yil tinchlik ilinjida
AQSh harbiylarning bir qismini Afg‘onistonda qoldiradi
AQSh hukumati Afg‘onistonda bir necha yuz nafar harbiylarni joylashtirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda
TOShKENT, 25-iyun — Sputnik. AQSh Afg‘onistondan o‘z harbiy kontingentining asosiy qismini chiqargach, bir qismini mamlakatda qoldirishni rejalashtirmoqda, deb xabar bermoqda The Associated Press.
AQSh hukumati Afg‘onistonda 650 nafar harbiy xizmatchilarni joylashtirish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
Maqolada qayd etilishicha, bunday chora amerika qo‘shinlarining asosiy qismi chiqarilganidan so‘ng diplomatlar xavfsizligini ta’minlash uchun zarur.
Bundan tashqari, turk kuchlariga yordam sifatida AQSh hukumati yana bir necha yuz amerikalik harbiylarni bir necha oy davomida Afg‘onistondagi Qobul aeroportida ushlab turishni rejalashtirmoqda.
Amerika va xalqaro kuchlarning muhim qismi 4-iyulga qadar Afg‘onistonni tark etishi kerak, deya aniqlik kiritib o‘tilgan.
Eslatib o‘tamiz, AQSh Afg‘onistonga o‘z qo‘shinlarini 2001-yil oktabr oyida kiritgan edi. Ushbu qaror 11-sentabr kuni Nyu-Yorkdagi egizak-minoralarga nisbatan amalga oshirilgan va 3 mingga yaqin insonlarning hayotiga zomin bo‘lgan terroristik hujum fonida qabul qilingandi.
2010-2013 yillarda AQSh tomonidan amalga oshirilgan operatsiyalarning eng yuqori cho‘qqisida Afg‘onistondagi G‘arb kuchlari soni 150 ming kishidan oshdi. AQSh va NATOning asosiy jangovar bo‘linmalari 2014-yilda Afg‘onistondan chiqarildi.
Afg‘onistondan harbiy kontingentni olib chiqish niyati haqida AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp ham gapirgan edi.
AQShning amaldagi davlat rahbari Jo Bayden 14-aprel kuni Afg‘onistondagi Amerika tarixidagi eng uzoq xorijiy harbiy kampaniyaga aylangan operatsiyani tugatish qarorini qabul qilganini e’lon qildi.
Amerika qo‘shinlarini chiqarish ishlari may oyida start oldi. Sal avval AQSh harbiy kontingenti, taxminlarga ko‘ra, Afg‘onistonni 11-sentabrda tark etishi rejalashtirilgan edi.