https://oz.sputniknews.uz/20210625/mudofaa-vazirligi-qoshinlar-shayligini-qoqqisdan-tekshirishni-boshladi-19405112.html
Mudofaa vazirligi qo‘shinlar shayligini qo‘qqisdan tekshirishni boshladi
Mudofaa vazirligi qo‘shinlar shayligini qo‘qqisdan tekshirishni boshladi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda harbiy qo‘shinlar shaxsiy tarkibining jangovar shayligini oshirish bo‘yicha o‘quv-mashg‘ulotlar boshlandi. 25.06.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-06-25T09:45+0500
2021-06-25T09:45+0500
2021-06-25T09:48+0500
jamiyat
mudofaa vazirligi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/06/18/19403494_0:0:1280:720_1920x0_80_0_0_5326df29a67def0aae3be41f93c9dc26.jpg
TOShKENT, 25-iyun – Sputnik. O‘zbekiston Mudofaa vazirligi qo‘shinlarni jangovar shaylikka keltirish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar boshlandi. Shuningdek, “Angren” va “Termiz” umumqo‘shin dala maydonlari hududida Toshkent va Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug qo‘shinlari o‘rtasida o‘zaro tajriba almashish va harakatlarni muvofiqlashtirish maqsadida batalon taktik o‘quvlari o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.Taktik o‘quvlar davomida "Trevoga" signali berilganda shaxsiy tarkibning harakatlari, belgilangan yo‘nalish bo‘yicha himoyani kuchaytirishi, qo‘yilgan jangovar o‘quv vazifalarini sifatli bajarish borasidagi ko‘nikmalari sinovdan o‘tkaziladi.Undan tashqari, shartli dushmanning joylashgan hududi aniqlanib, u yerga aviatsiya, artilleriya bo‘linmalari va minomotchilar batareyasi tomonidan zarbalar beriladi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/06/18/19403494_160:0:1120:720_1920x0_80_0_0_41431a5cedff2ffb6897c8b11328c058.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, mudofaa vazirligi
jamiyat, mudofaa vazirligi
Mudofaa vazirligi qo‘shinlar shayligini qo‘qqisdan tekshirishni boshladi
09:45 25.06.2021 (yangilandi: 09:48 25.06.2021) O‘zbekistonda harbiy qo‘shinlar shaxsiy tarkibining jangovar shayligini oshirish bo‘yicha o‘quv-mashg‘ulotlar boshlandi.
TOShKENT, 25-iyun – Sputnik. O‘zbekiston Mudofaa vazirligi qo‘shinlarni jangovar shaylikka keltirish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar
boshlandi.
Xususan, Toshkent va Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okruglari, Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va Harbiy havo kuchlari harbiy qism va bo‘linmalarida qo‘qqisdan tekshiruvlar bo‘lib o‘tmoqda. Bunda shaxsiy tarkib va jangovar texnikalarning shayligi tekshiruvdan o‘tadi.
Shuningdek, “Angren” va “Termiz” umumqo‘shin dala maydonlari hududida Toshkent va Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug qo‘shinlari o‘rtasida o‘zaro tajriba almashish va harakatlarni muvofiqlashtirish maqsadida batalon taktik o‘quvlari o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.
Taktik o‘quvlar davomida "Trevoga" signali berilganda shaxsiy tarkibning harakatlari, belgilangan yo‘nalish bo‘yicha himoyani kuchaytirishi, qo‘yilgan jangovar o‘quv vazifalarini sifatli bajarish borasidagi ko‘nikmalari sinovdan o‘tkaziladi.
Undan tashqari, shartli dushmanning joylashgan hududi aniqlanib, u yerga aviatsiya, artilleriya bo‘linmalari va minomotchilar batareyasi tomonidan zarbalar beriladi.