Rossiya bombardimonchilarni nega O‘rta yer dengiziga ko‘chirdi

Suriyaning Xmeynim shahridagi Rossiya aviabazasiga kuni kecha ilk uchta tovushdan tez uchadigan Tu-22M3 bombardimonchi raketa tashuvchilari keldi.
Sputnik
TOShKENT, 27-may — Sputnik. Yadro qurolini tashishga qodir bo‘lgan Rossiyaning Tu-22M3 bombardimonchi raketa tashuvchilarining Suriyadagi Xmeynim aviabazasida bo‘lishi – bu Moskvaning Rossiyaning g‘arbiy chegaralari va uning milliy manfaatli hududidagi keng ko‘lamli va ig‘voli AQSh va NATOning “Defender Europe 2021” mashg‘ulotlariga mos javobi, javob zarbasi uchun alyansning tomonlari va urush orti tomonlari zaifligining jiddiy va ayon eslatilishi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin seshanba kuni ma’lum qildi: “Oddiy bo‘lmagan xalqaro vaziyat, ehtimoliy xatarlar va Rossiyaning harbiy xavfsizligiga tahdidlar, jumladan, bevostita chegaralarimiz yaqinidagi, Rossiya Qurolli kuchlaridan doimiy va yuqori jangovar shaylikni talab etadi”.
Shu kuni mutlaqo tasodifan bo‘lmagan ravishda Suriyadagi Xmeynim Rossiyaga aziabazasiga ilk uchta geometriya bilan qanotlari o‘zgaradigan Tu-22M3 tovushdan tez uchadigan bombardimonchi raketa tashuvchi keltirilgani haqida ma’lum bo‘ldi.
NATO minglab raketa va jangovar sputniklar tayyorladi – Rossiya nima bilan javob beradi?
Bu mashinaning Suriyada joylashtirilishi Rossiya Havo-kosmik kuchlarining dunyoning istalgan yerida samarali harakat qilishga shayligini namoyish etadi. Har bir raketa tashuvchi bortida 24 tonnaga jang aslahalari zaxirasini tashishga qodir. Tu-22M3 bilan qurollanish X-32, X-101 uzoq masofaga uchadigan qanotli raketalar, “Kinjal” gipertovushli raketalarni o‘z ichiga oladi. Rossiya Mudofaa vazirligi tasvirida 600 kmga masofaga uchadigan kemalarga qarshi qanotli tovushdan tez uchadigan raketalarni ko‘rish mumkin. Bu esa Tu-22M3ning asosiy vazifasi dengizni nazorat qilishdan iborat ekanligi haqida taxmin qilish imkonini beradi.
Shu bilan birga, NATOning ikkita aviatashuvchi kema zarbalari guruhi hozirda Yevropa, Osiyo va Afrikani qamrab olgan “Defender Europe 2021” global mashg‘ulotlari doirasida Suriya Arab Respublikasi sohillari yaqinida o‘z imkoniyatlarini namoyish etmoqchi. Queen Elizabeth aviatashuvchi rahbarligidagi Buyuk Britaniyaning Havo-kosmik kuchlari aviatashuvchi zarba guruhi ilk bor O‘rta yer dengizining sharqiy qismlariga yo‘l olmoqda, u yerda Fransiyaning “Charles de Gaulle” aviatashuvchisi bilan qo‘shma manyovrlar mo‘ljallangan.
Britaniya aviaqanoti tarkibida 30 dan ziyod palubali samolyot, jumladan, F-35 qiruvchilari mavjud. Suriyada uchta Tu-22M3 raketa tashuvchilarni joylashtirish bilan Rossiya “hamkorlarni” ortda qoldirdi va mintaqada erkin manyovrni chekladi.

Jiddiy qarshilik

HMS Queen Elizabeth birinchi yurishi oldidan Britaniya aviatashuvchi guruh komandiri Stiv Murxaus dedi: “Biz jang qilish va g‘alab qozonishga tayyormiz, jumladan, eng qiyin holatlarda”.
Balandparvoz gapirish haddan ziyod bo‘lib ko‘rinadi, Yaqin Sharqdagi terrorchilarning kema va samolyotlari yo‘q-ku axir, London esa O‘rta yer dengizidagi biror bir davlatga urush e’lon qilmagan.
Shafaq shu’lasi va Tu-22M3 bombardimonchilari – video
Rossiya Mudofaa vazirligining kecha izohi oddiyroq va donoroq bo‘lib ko‘rinadi: “Uzoq masofaga uchuvchi bombardimonchilar ekipajlari O‘rta yer dengizi ustidagi havo bo‘shlig‘idagi parvozlar chog‘ida yangi jo‘g‘rofik hududlarda o‘quv vazifalarini yaxshi o‘rganishning amaliy ko‘nikmalariga ega bo‘lishadi”.
Har holda texnologik qarama-qarshilikda amerikalik, britaniyalik va fransiyalik “hamkorlarga” “murakkab vaziyatlar” kafolatlangan.
Rossiya bombardimonchi raketa tashuvchilari 26-may kuni O‘rta yer dengi ustida havo maydonini patrul qilish vazifalarini bajarishga kirishdi. Qudratli Tu-22M3 larni ba’zan “aviatushuvchilarning” qotili deb atashadi. Zero bir mashinaning qurol-aslahasi kunning har qaysi payti va holatlarda ehtimoliy dushmanning aviatashuvchi zarba guruhini yo‘q qilish uchun yetarlidir. Shunday qilib, uchta samolyot O‘rta yer dengizi yo‘nalishida Rossiya Havo-kosmik kuchlarining to‘liq ustunligini ta’minlaydi.
G‘arb ekspertlari Rossiya bombardimonchilarining O‘rta yer dengizi ustidagi faol parvozlari NATOni o‘z janubi himoyasiga ko‘proq mablag‘ sarflashiga majbur qilishi mumkin deb hisoblashmoqda. Bu Rossiya xavfsizligiga foyda keltiradi. Pentagon va NATOning dunyoda universial bo‘lgan, yuqori aniqlikdagi strategik qurol bilan hujum qilishga va quruqlik va dengizdagi nishonga olishga qodir Tu-22M3 ga qarshi samarali himoyasi yo‘q.
Haqiqatdan Suriyadagi Xmeynim aviabazasining modernizatsiyasi Rossiyaning O‘rta yer dengizidagi harbiy siyosiy mavqeyini ham kuchaytirdi. Aviabazada ikkinchi uchish-qo‘nig yo‘lagi rekonstruksiyasi yakunlandi, u qoplamalari to‘liq almashtirildi. 3 km uzunlikdagi uchish-qo‘nish yo‘lagi eng zamonaviy texnologiyalar asosida qurilgan va barcha turdagi, jumladan, Tu-160M va An-124 samolyotlarini qabul qilishga imkon beradi.
Rossiyaning yangi strategik raketa tashuvchisi qachon parvoz qiladi?
Ekspertlar Tu-22M3 joylashtirilishi atrofidagi voqealarni “mintaqadagi Rossiyaning muhim siyosiy va harbiy g‘alabasi sifatida” baholashmoqda. Xususan, “MilitaryWatch” yozadi: “Tu-22M3ning qimmatli aktiv sifatida joylashtirilishi Suriyadagi xavfsizli bilan bog‘liq vaziyat barqarorlashgani haqidagi ishonch o‘sayotganini aks etadi, zero bundan qimmatli samolyotlar front chizig‘iga yaqin bazalarda kamdan-kam joylashtiriladi”.

Jangovar radius

Tovushdan tez uchadigan ko‘p rejimli Tu-22M3 raketa tashuvchilari alohida vazifalarni hal qilish uchun yaratilgan, dunyoda muqobili yo‘q. Tu-22M3 ning to‘liq jangovar harakatdagi jangovar radiusi, qo‘shimcha yoqilg‘i quyilmasdan, 2000 km atrofini tashkil etadi.
Shuning uchun Xmeynim aviabazasini o‘zlashtirish ehtimoliy dushmanning Rossiyaga va uning Yevropa, Afrika va Yaqin Sharqdagi ittifoqchilariga nisbatan tajovuzkor xatti-harakatlarini siyosiy va harbiy strategik ushlab turishning jiddiy omilidir.
Samolyotlar O‘rta yer dengizi uzra “suv ustidagi vaziyatni ochiqlash” vazifasi bilan uchadi va kemalar bo‘yicha ekipajlar ishi yer ustidagi ish maqsadlaridan farqlanadi, bu juda foydali tajriba.
Tu-22M3 bortidagi raketa quroli uni ehtimoliy dushman uchun o‘ta xavfli qiladi. Korpuslardagi bo‘limlarda oltita raketa joylashishi mumkin, yana to‘rtta qanot va fuzelyajlar ostiga ilinadi. Shuningdek, samolyotni eng yuqori tuzatuvchi bombalar bilan qurollantirish ko‘zda tutilgan. Tu-22M3M bombardimonchi dushanning aviatashuvchi zarba guruhini uning havo hujumidan mudofaa tizimining 700 kilometrli hududiga kirmasdan, yakson qilish qobiliyatiga ega. Stratosferadagi zarbani PRO Aegis vositalari bilan qaytarib bo‘lmaydi.
Rossiyaning yangi bombardimonchi samolyoti AQSh uchun “yoqimsiz surpriz” bo‘ladi – ekspert
Rossiya qurol kuchi bilan “dunyoni boshqarishga” intilmayapti, O‘rta yer dengizi mintaqasi qonuniy asosda bo‘lib turibdi, qonuniy Suriya Arab Respublikasiga terrorchilik qoldiklarini bartaraf etishga ko‘maklashmoqda, ichki suriya siyosiy muloqotga yordam bermoqda. Hatto Xmeynim aviabazasidagi yangi uchish-qo‘nish yo‘lagi arab respublikasining osuda kelajagiga sezilalarli qo‘shilgan hissadir. Fursati kelib bu yerda duyoning barcha mamlakatlaridan fuqarolik samolyotlari qo‘nishi mumkin.