https://oz.sputniknews.uz/20210525/nato-minglab-raketa-va-jangovar-sputniklar-tayyorladi--rossiya-nima-bilan-javob-beradi-18896829.html
NATO minglab raketa va jangovar sputniklar tayyorladi – Rossiya nima bilan javob beradi?
NATO minglab raketa va jangovar sputniklar tayyorladi – Rossiya nima bilan javob beradi?
Sputnik O‘zbekiston
AQSh, xalqaro konvensiyalarga xilof ravishda koinotni harbiylashtirayotgan vaqtda Rossiya yuqori texnologiyali himoya vositalari yaratish bilan Yer sharida muvozanatni... 25.05.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-05-25T13:22+0500
2021-05-25T13:22+0500
2023-04-05T18:33+0500
kolumnistlar
aqsh
harbiy
kosmos
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/05/19/18897113_0:320:3072:2048_1920x0_80_0_0_9d3712b1805214ff087609ca67bd8ab8.jpg
Shimoliy alyans davlatlari uzoq masofaga uchuvchi minglab raketalar tayyorlagan. Ularning himoya va xavfsizlikka hech qanday aloqasi yo‘q, ushbu majmualar boshidan zarba berish uchun mo‘ljallangan. Oldin NATO raketalari Iroq, Yugoslaviya, Liviya va Suriya kabi davlatlarda “mojarolarni to‘xtatar” va “demokratiya tarqatar” edi. Bugun esa, Vashington va Brussel tajovuzkorona faoliyati Yevroosiyodagi mustaqil davlatlar hududiga tarqalishini Rossiyaning qudratli aksil-raketa qurollari to‘xtatib turibdi xolos. "Almaz-Antey" Rossiya mudofaa konserni bosh direktori Yan Novikov aytishiga ko‘ra, NATO davlatlari 8 mingdan ortiq qanotli raketalar to‘plagan. Bu qurollar havo-kosmik hujumining asosiy vositasi bo‘ladi. Undan tashqari Yer shari orbitasida parvoz qilayotgan AQShning yashirin maxfiy kosmik apparatlari "X-37" bortida yadroviy qurol tashishi mumkin. “Rasmiy xabarlarda ushbu apparatlar ilmiy va razvedka maqsadlarida yaratilgan deyiladi. Lekin bizning baholashimizcha, ushbu hajmdagi apparatlarda uchtadan beshtagacha uzoq masofaga uchuvchi yadroviy raketalar joylashtirilishi mumkin”.AQSh 2025-yilga qadar koinotga yana ikkita kosmik apparat olib chiqishni rejalashtirgan. O‘shanda X-37 guruhi soni 8ta apparatga yetadi. Bu esa – jiddiy chaqiriq. Yan Novikov aytishiga ko‘ra, Rossiya har qanday zamonaviy havo-kosmik hujum vositalaridan himoyalangan. "Almaz-Antey" konserni 30 dan ortiq ko‘p funksiyali radiolokatsion majmualar ishlab chiqaradi. Maslan "Nebo-M" nomli radiolokatsion majmua eng zamonaviy F-22 Raptor va F-35 Lightning II yashirin samolyotlarni juda yaxshi "ko‘ra" oladi. Yuqori texnologiyali mahsulotlar ro‘yxatini S-400 "Triumf" va S-500 "Prometey"zenit raketa tizimlari to‘ldiradi. Rossiya ana shunday qurollarni rivojlantirishni o‘zining ustuvor strategiyasi deb biladi. Yangi chaqiriq va xavflar tezkor va samarali javoblar talab qiladi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin boshchiligidagi mudofaa sanoati majmuasiga bag‘ishlangan navbatdagi majlislar seriyasi 25-may kuni boshlanadi. Kosmik xavf Uzoq masofaga uchuvchi qanotli raketalarning texnik tafsilotlari OAVda allaqachon batafsil yoritilgan. US Space Force X-37 kosmoplani Yer atmosferasidan tashqarida o‘zining birinchi 220 kunlik parvozini 2010-yilda amalga oshirgan bo‘lsada, shu kunga qadar uning barcha texnik tafsilotlari ma’lum emas. Ushbu apparatning texnik xususiyatlari 2004-yildayoq “maxfiy” maqomiga o‘tgan edi. Yaqin kunlarga qadar mutaxassislar ushbu kosmoplan ilmiy tajribami yoki NASA va DARPA tomonidan ishlab chiqilgan harbiy xavfmi, deb gumon qilishardi. X-37 apparatlarining avtonom parvozi davomiyligi yil sayin oshib bormoqda. Masalan to‘rtinchi parvoz 718 kun davom etdi, beshinchisi esa- 780 kun. Rasmiy xabarlarga ko‘ra, X-37 dasturi ko‘p martali uchuvchisiz apparatlar texnologiyasining eksperimental sinovidir. Uning uzunligi 9 metr, qanotlar kengligi 4,5 m. Start vazni 5 tonna. U bortiga bir tonnaga yaqin foydali yuklama olishi mumkin. Tashqi ko‘rinishidan ushbu kosmik apparat Sovet Ittifoqida ishlab chiqilgan "Buran" ko‘p martali kosmik kemasini yoki amerikaning Space Shuttleiga o‘xshash.Amerika kosmoplanlari Atlas V, 501 va Falcon 9 tashuvchi raketalari yordamida orbitaga olib chiqilgan edi. Yer shari sathidan 200 – 750 km masofalardagi orbitalarda ushbu apparatlar razvedka faoliyati va turli manyovrlar amalga oshirishgan hamda foydali yuklamani tashlagan edi. Military Watch nashri 23-maya kuni ushbu apparatlar asl maqsadini ma’lum qildi: "X-37 kosmosdan turib yadroviy zarba berishi mumkin”. Shu bilan birga mualliflar uning nishonini ham ko‘rsatib o‘tishgan: maqolaga “Rossiya X-37ning yadroviy zarbasini to‘xtatib qola oladimi?" degan sarlavha qo‘yilgan edi. Amerikaliklar ushbu apparatlar kelajakdagi potensial urushda AQShga muhim ustuvorlik berishi mumkin deb hisoblaydi. Haqiqatda X-37 koinotni harbiylarshtirish dasturining bir qismi bo‘lib chiqdi. Bunday faoliyat xalqaro konvensiyalarga ko‘ra ta’qiqlangan bo‘lishiga qaramasdan. AQSh 2019-yilda yangi oltinchi qo‘shin turi – Kosmik kuchlarni yaratishi bejiz bo‘lmgan ekan. Rossiya ushbu xavflarga muvofiq javob qaytarishi kerak. Asimmetrik javob AQShga qarshi xuddi shunday uchuvchisiz kosmiy apparatlar floti qurish texnologik jihatdan mumkin bo‘lsa–da, iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq bo‘lmasligi mumkin. Undan ko‘ra, Yerda raketalarga va sputniklarga qarshi zamonaviy mudofaa tizimi yaratish – samaraliroq va arzonroq bo‘lishi mumkin. Kerak bo‘lganda, S-500 "Prometey" - Rossiyaning gipertovush tezligida uchuvchi uzoq masofali havo himoya tizimi raqibning ushbu kosmik apparatlar va sputniklarini orbitadan urib tushira oladi. S-500 texnik xarakteristikasi S-400dan ancha ustun bo‘lib, u tezligi 25 ming/km soat va uzoqligi 600 km masofagacha bo‘lgan nishonlarni urib tushira oladi. "Prometey" tizimi ko‘p turli texnik vositalarga qarshi kurasha oladi. Ular orasida 200 kmgacha balandlikda uchadigan perspektiv havo-kosmik hujum vositlari ham bor. Eslatib o‘tamiz, S-400 "Triumf" zenit-raketa tizimi AQShning beshinchi avlod F-22 va F-35 qiruvchi samolyotlarining texnik imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda, 5 metr - 60 km balandlik koridorida va 400 km uzoqlik radiusida bo‘lgan nishonlarni yo‘q qilishi mumkin. Rossiyaning navbatdagi og‘ir-qiruvchi samolyotlari - MiG-41 yaqin kosmosda jang qilishga moslashtirilgan bo‘ladi. Biroz oldin MiG korporatsiyasi bosh direktori Ilya Tarasenko yangi texnik yetuk samolyotlar tezligi 4-5 Maxgacha yetishi mumkinligini xabar qilgan edi. Ya’ni kelajak samolyotlari tezligi 6000 km/soatga yetishi va yaqin kosmosda jangovar vazifalarni bajarishi mumkin. Uchuvchi tomonidan boshqariladigan apparat boshidan uchuvchisiz ham boshqarishga mo‘ljallangan bo‘ladi. Bugun raqibning kosmik samolyotlarini va sputniklarini zararsizlantirish uchun, Rossiya modernizatsiya qilingan MiG-31 samolyotlaridan foydalanmoqda. Ushbu samolyotlar ayni damda dunyodagi eng kuchli jangovar samolyot hisoblanadi. Beshinchi avlod samolyotlari pahydo bo‘lganinga qaramasdan, 4-avlodga mansub MiG-31 qiruvchi samolyoti 9 tonnaga yaqin jangovar qurol-aslaha, olib 2,83 Max tezligida uchishi mumkin. Military Watch ma’lumotiga ko‘ra MiG-31 o‘z qurollaridan yaqin kosmosda ham foydalanishi mumkin. Rossiyaning yetuk havo va raketa himoya tizimlari oldida hamda istrebitellari oldida Amerikaning X-37 uchuvchisiz kosmoplanlari ustuvorligi aniq emas. Ularni Yer orbitasidan urib tushirish juda oson. AQSh va NATOning qanotli raketalari esa, yanada oson. Ularnig soni ko‘p bo‘lsada, ustuvorligi yuqori emas. Rossiya yuqori texnologiyali qurol tizimlari ishlab chiqish buyicha dunyoda yetakchiligini saqlab qolmoqda va shu bilan Yer sharida tinchlikni mustahkamlamoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20210418/rossiya-2025-yildan-xalqaro-kosmik-stantsiya-loyihasidan-chiqadi-18390343.html
https://oz.sputniknews.uz/20200813/Rossiya-avo-kosmik-kuchlari-2021-yilda-alli-zarba-dronlarini-abul-iladi-14765887.html
https://oz.sputniknews.uz/20200703/S-500-kosmosdagi-gipertovush-qurollarni-yoq-qilishga-qodir-VKS-14464958.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Aleksandr Xrolenko
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/649/87/6498751_261:0:928:666_100x100_80_0_0_f49586da20af8e3af637d21ad51d893d.jpg
Aleksandr Xrolenko
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/649/87/6498751_261:0:928:666_100x100_80_0_0_f49586da20af8e3af637d21ad51d893d.jpg
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/05/19/18897113_341:0:3072:2048_1920x0_80_0_0_84809dc13cd6fb91e075618065081a78.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Aleksandr Xrolenko
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/649/87/6498751_261:0:928:666_100x100_80_0_0_f49586da20af8e3af637d21ad51d893d.jpg
kolumnistlar, aqsh, harbiy, kosmos, rossiya
kolumnistlar, aqsh, harbiy, kosmos, rossiya
NATO minglab raketa va jangovar sputniklar tayyorladi – Rossiya nima bilan javob beradi?
13:22 25.05.2021 (yangilandi: 18:33 05.04.2023) AQSh, xalqaro konvensiyalarga xilof ravishda koinotni harbiylashtirayotgan vaqtda Rossiya yuqori texnologiyali himoya vositalari yaratish bilan Yer sharida muvozanatni saqlab qolmoqda.
Shimoliy alyans davlatlari uzoq masofaga uchuvchi minglab raketalar tayyorlagan. Ularning himoya va xavfsizlikka hech qanday aloqasi yo‘q, ushbu majmualar boshidan zarba berish uchun mo‘ljallangan.
Oldin NATO raketalari Iroq, Yugoslaviya, Liviya va Suriya kabi davlatlarda “mojarolarni to‘xtatar” va “demokratiya tarqatar” edi. Bugun esa, Vashington va Brussel tajovuzkorona faoliyati Yevroosiyodagi mustaqil davlatlar hududiga tarqalishini Rossiyaning qudratli aksil-raketa qurollari to‘xtatib turibdi xolos.
"Almaz-Antey" Rossiya mudofaa konserni bosh direktori Yan Novikov aytishiga ko‘ra, NATO davlatlari 8 mingdan ortiq qanotli raketalar to‘plagan. Bu qurollar havo-kosmik hujumining asosiy vositasi bo‘ladi. Undan tashqari Yer shari orbitasida parvoz qilayotgan AQShning yashirin maxfiy kosmik apparatlari "X-37" bortida yadroviy qurol tashishi mumkin.
“Rasmiy xabarlarda ushbu apparatlar ilmiy va razvedka maqsadlarida yaratilgan deyiladi. Lekin bizning baholashimizcha, ushbu hajmdagi apparatlarda uchtadan beshtagacha uzoq masofaga uchuvchi yadroviy raketalar joylashtirilishi mumkin”.
AQSh 2025-yilga qadar koinotga yana ikkita kosmik apparat olib chiqishni rejalashtirgan. O‘shanda X-37 guruhi soni 8ta apparatga yetadi. Bu esa – jiddiy chaqiriq.
Yan Novikov aytishiga ko‘ra, Rossiya har qanday zamonaviy havo-kosmik hujum vositalaridan himoyalangan.
"Almaz-Antey" konserni 30 dan ortiq ko‘p funksiyali radiolokatsion majmualar ishlab chiqaradi. Maslan "Nebo-M" nomli radiolokatsion majmua eng zamonaviy F-22 Raptor va F-35 Lightning II yashirin samolyotlarni juda yaxshi "ko‘ra" oladi.
Yuqori texnologiyali mahsulotlar ro‘yxatini S-400 "Triumf" va S-500 "Prometey"zenit raketa tizimlari to‘ldiradi. Rossiya ana shunday qurollarni rivojlantirishni o‘zining ustuvor strategiyasi deb biladi. Yangi chaqiriq va xavflar tezkor va samarali javoblar talab qiladi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin boshchiligidagi mudofaa sanoati majmuasiga bag‘ishlangan navbatdagi majlislar seriyasi 25-may kuni boshlanadi.
Uzoq masofaga uchuvchi qanotli raketalarning texnik tafsilotlari OAVda allaqachon batafsil yoritilgan. US Space Force X-37 kosmoplani Yer atmosferasidan tashqarida o‘zining birinchi 220 kunlik parvozini 2010-yilda amalga oshirgan bo‘lsada, shu kunga qadar uning barcha texnik tafsilotlari ma’lum emas. Ushbu apparatning texnik xususiyatlari 2004-yildayoq “maxfiy” maqomiga o‘tgan edi. Yaqin kunlarga qadar mutaxassislar ushbu kosmoplan ilmiy tajribami yoki NASA va DARPA tomonidan ishlab chiqilgan harbiy xavfmi, deb gumon qilishardi.
X-37 apparatlarining avtonom parvozi davomiyligi yil sayin oshib bormoqda. Masalan to‘rtinchi parvoz 718 kun davom etdi, beshinchisi esa- 780 kun.
Rasmiy xabarlarga ko‘ra, X-37 dasturi ko‘p martali uchuvchisiz apparatlar texnologiyasining eksperimental sinovidir. Uning uzunligi 9 metr, qanotlar kengligi 4,5 m. Start vazni 5 tonna. U bortiga bir tonnaga yaqin foydali yuklama olishi mumkin. Tashqi ko‘rinishidan ushbu kosmik apparat Sovet Ittifoqida ishlab chiqilgan "Buran" ko‘p martali kosmik kemasini yoki amerikaning Space Shuttleiga o‘xshash.
Amerika kosmoplanlari Atlas V, 501 va Falcon 9 tashuvchi raketalari yordamida orbitaga olib chiqilgan edi. Yer shari sathidan 200 – 750 km masofalardagi orbitalarda ushbu apparatlar razvedka faoliyati va turli manyovrlar amalga oshirishgan hamda foydali yuklamani tashlagan edi.
Military Watch nashri 23-maya kuni ushbu apparatlar asl maqsadini ma’lum qildi: "X-37 kosmosdan turib yadroviy zarba berishi mumkin”. Shu bilan birga mualliflar uning nishonini ham ko‘rsatib o‘tishgan: maqolaga “Rossiya X-37ning yadroviy zarbasini to‘xtatib qola oladimi?" degan sarlavha qo‘yilgan edi.
Amerikaliklar ushbu apparatlar kelajakdagi potensial urushda AQShga muhim ustuvorlik berishi mumkin deb hisoblaydi. Haqiqatda X-37 koinotni harbiylarshtirish dasturining bir qismi bo‘lib chiqdi. Bunday faoliyat xalqaro konvensiyalarga ko‘ra ta’qiqlangan bo‘lishiga qaramasdan. AQSh 2019-yilda yangi oltinchi qo‘shin turi – Kosmik kuchlarni yaratishi bejiz bo‘lmgan ekan. Rossiya ushbu xavflarga muvofiq javob qaytarishi kerak.
AQShga qarshi xuddi shunday uchuvchisiz kosmiy apparatlar floti qurish texnologik jihatdan mumkin bo‘lsa–da, iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq bo‘lmasligi mumkin. Undan ko‘ra, Yerda raketalarga va sputniklarga qarshi zamonaviy mudofaa tizimi yaratish – samaraliroq va arzonroq bo‘lishi mumkin.
Kerak bo‘lganda, S-500 "Prometey" - Rossiyaning gipertovush tezligida uchuvchi uzoq masofali havo himoya tizimi raqibning ushbu kosmik apparatlar va sputniklarini orbitadan urib tushira oladi.
S-500 texnik xarakteristikasi S-400dan ancha ustun bo‘lib, u tezligi 25 ming/km soat va uzoqligi 600 km masofagacha bo‘lgan nishonlarni urib tushira oladi. "Prometey" tizimi ko‘p turli texnik vositalarga qarshi kurasha oladi. Ular orasida 200 kmgacha balandlikda uchadigan perspektiv havo-kosmik hujum vositlari ham bor.
Eslatib o‘tamiz, S-400 "Triumf" zenit-raketa tizimi AQShning beshinchi avlod F-22 va F-35 qiruvchi samolyotlarining texnik imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda, 5 metr - 60 km balandlik koridorida va 400 km uzoqlik radiusida bo‘lgan nishonlarni yo‘q qilishi mumkin.
Rossiyaning navbatdagi og‘ir-qiruvchi samolyotlari - MiG-41 yaqin kosmosda jang qilishga moslashtirilgan bo‘ladi. Biroz oldin MiG korporatsiyasi bosh direktori Ilya Tarasenko yangi texnik yetuk samolyotlar tezligi 4-5 Maxgacha yetishi mumkinligini xabar qilgan edi. Ya’ni kelajak samolyotlari tezligi 6000 km/soatga yetishi va yaqin kosmosda jangovar vazifalarni bajarishi mumkin. Uchuvchi tomonidan boshqariladigan apparat boshidan uchuvchisiz ham boshqarishga mo‘ljallangan bo‘ladi.
Bugun raqibning kosmik samolyotlarini va sputniklarini zararsizlantirish uchun, Rossiya modernizatsiya qilingan MiG-31 samolyotlaridan foydalanmoqda. Ushbu samolyotlar ayni damda dunyodagi eng kuchli jangovar samolyot hisoblanadi. Beshinchi avlod samolyotlari pahydo bo‘lganinga qaramasdan, 4-avlodga mansub MiG-31 qiruvchi samolyoti 9 tonnaga yaqin jangovar qurol-aslaha, olib 2,83 Max tezligida uchishi mumkin. Military Watch ma’lumotiga ko‘ra MiG-31 o‘z qurollaridan yaqin kosmosda ham foydalanishi mumkin.
Rossiyaning yetuk havo va raketa himoya tizimlari oldida hamda istrebitellari oldida Amerikaning X-37 uchuvchisiz kosmoplanlari ustuvorligi aniq emas. Ularni Yer orbitasidan urib tushirish juda oson. AQSh va NATOning qanotli raketalari esa, yanada oson. Ularnig soni ko‘p bo‘lsada, ustuvorligi yuqori emas. Rossiya yuqori texnologiyali qurol tizimlari ishlab chiqish buyicha dunyoda yetakchiligini saqlab qolmoqda va shu bilan Yer sharida tinchlikni mustahkamlamoqda.