Shafaq shu’lasi va Tu-22M3 bombardimonchilari – video

Obuna bo‘lish
Yosh zobitlar o‘z kuchlarini samolyot boshqaruvchisi va samolyot komandiri yordamchilari sifatida sinab ko‘rishdi.

Rossiya Mudofaa vazirligi Tu-22M3 bombardimonchilarining Murmansk viloyatiga parvozi aks etgan videoni YouTube kanaliga joylashtirdi.

Kadrlarda samolyotlar aerodromdan havoga ko‘tarilayotgani va g‘ira-shira yorug‘likda parvoz qilayotgani tasvirlangan.

“Mashg‘ulotlar vaqtida yosh zobitlar o‘zlarini samolyot boshqaruvchisi va samolyot komandiri yordamchilari sifatida sinab ko‘rishdi”, - deyilgan idora xabarida.

Tu-22M3 bombardimonchilari bir necha qurolli mojarolarda, jumladan, Suriyada ishtirok etgan. Ular X-32, X-15P kemaga qarshi qanotli raketalar va bombalarni tashishlari mumkin.

Bombardimonchilar parvozining maksimal tezligi soatiga 2,3 ming kilometr, uzoqqa ucha olish masofasi 6,8 ming kilometrni tashkil etadi.

Yangiliklar lentasi
0