Rossiya HDF strategik ko‘payishi: to‘rtta submarina va ikkita korvet 9-mayga rejalashtirildi

Harbiy dengiz kuchlarini rivojlantirish dunyoda eng uzoq dengiz chegaralariga ega bo‘lgan Rossiya uchun davlat ahamiyatiga ega ustuvor yo‘nalishlardan biri bo‘lib qolmoqda.
Sputnik
Harbiy kemasozlikning barqaror o‘sish dinamikasi dengiz va okean yo‘nalishlaridagi zamonaviy tahdidlarga to‘liq javob berib Rossiya Harbiy dengiz kuchlariga miqdoriy tarkibi, jangovar samaradorligi va yuqori texnologik qurollarga boyligi bilan dunyoda yetakchi pozitsiyani saqlab qolishga imkon beradi.
Rossiyada keyinchalik ommaviy ishlab chiqarishga o‘tish sharti bilan yirik jangovar kemalar hajmlari oshishi kuzatilmoqda. Xususan, 9-mayga qadar RFda yangi oltita jangovar kemalar qurilishiga start beriladi: "Sevmash"da – strategik ahamiyatga ega bo‘lgan "Borey-A" loyihasining ikkita atom suvosti kreyserlari ("Dmitriy Donskoy" va "Knyaz Potomkin"), "Admiralteyskix verfax"da – 636.3 loyihasining ikkita dizel-elektrik suvosti kemalari – "Mojaysk" va "Yakutsk" (Tinch okeani floti uchun oltinchi va yettinchi "Varshavankalar"), Amur kemasozlik zavodida esa – 20380 loyihasining ikkita korveti (hozircha nomga ega emas).
"Admiral Kuznetsov" qanday xizmat qilayotgani namoyish etildi
"Sevmash"da Borey-A loyihasining to‘rtta strategik suvosti kemalari allaqachon turli bosqichda tayyor holatda turishibdi; "Yasen-M" loyihasining ko‘pnishonli atom suvosti kemalari - "Voronej" va "Vladivostok" qurilishi davom etmoqda (ushbu loyihaning sakkizta gipertovushli raketa tashuvchilari quriladi)loyiha), Xabarovsk suvosti kemasida ishlar olib borilmoqda, "Belgorod" atom suvosti kreyserining sinovlari o‘tkazilmoqda.
Rossiya shimoliy hududlarini g‘ayrioddiy qurol bilan himoya qiladi
Eslatib o‘taman, Rossiya HDF 2020-yilda qariyb qirqta jangovar kemalar va ta’minot kemalari bilan to‘ldirilgan edi. Jangovar safga 955A "Borey" loyihasining eng yangi "Knyaz Vladimir" strategik suvosti raketa tashuvchisi; 636.3 (Tinch okeani floti uchun) "Petropavlovsk-Kamchatskiy" submarinasi, 22350 loyihasining birinchi seriali fregati "Admiral flota Kasatonov" va (ikkalasi ham Shimoliy flot uchun) 11711 loyihasining yirik "Petr Morgunov" desant kemasi, 12700 loyihasining minalarga qarshi mudofaa uchun eng yangi kema "Yakov Balyayev" (seriyada beshinchi va Tinch okeani floti uchun birinchi), 20385 loyihasining bosh korveti - "Gremashiy", korvet "Aldar Sidenjapov" (seriyada yettinchi va TOF uchun uchinchi), 22800 loyihasi uchun kichik "Odinsovo" (Baltflot uchun uchinchi) raketa kemasi. 2020-yilning xotimasida esa Tinch okeani floti uchun 636.3 loyihasining uchinchi va to‘rtinchi "Varshavankalar"i qurilishiga start berildi.
"Boreylar"ning maqsadlari
Strategik ahamiyatga ega bo‘lgan raketa suvosti kreyserlari (RPKSN) "Dmitriy Donskoy" va "Knyaz Potomkin" Rossiya yadroviy triadasining dengizdagi mavqeyini kuchaytiradi.
Rossiya turli flotlar kemalarini Qora dengizda jamlamoqda – nega?
Bu kemalar flotga 2026 va 2027-yillarda topshiriladi. "Borey"lar o‘z bortida uzoqligi 8 ming kilometrgacha bo‘lgan "Bulava" mintaqalararo ballistik raketalarini tashishadi (har bir MBR 150 kilotonn quvvatga ega bo‘lgan o‘ntagacha bloklarga ega). RF strategik suv osti kuchlarining qayta yangilanishi – bu yadroviy jilovlash va milliy xavfsizlikni ta’minlash asosidir.
Rossiya HDF tarkibida uchta strategik "Borey"lar bor – bular "Yuriy Dolgorukiy", "Aleksandr Nevskiy" va "Vladimir Monomax", ularning har biri 16tadan mintaqalararo ballistik raketalarga ega. Seriyaning keyingi kemalari yanada ko‘proq MBRlarga ega bo‘lishlari mumkin (farqli xarakteristikalari aytilmayapti). RF Mudofaa vazirligi HDFga jami o‘nta "Borey"larni yetkazib berishni rejalashtirgan.
"Varshavanka"ning o‘zgacha pocherki
"Varshavanka" oilasining dizel-elektrik suvosti kemalari favqulodda yashirinliligi uchun NATOda "Tinch okeanidagi qora tuynuk" nomini olgan. Ushbu submarinalar - eng yangi inersial navigatsiya majmuasi va avtomatlashtirilgan axborot-boshqaruv tizimiga, qudratli torpeda-raketa quroli, xususan, yuqori aniqlilikka ega raketalar bilan qurollangan. 636.3 loyihasining suvosti kemalari seriyali qurilishi juda yaxshi yo‘lga qo‘yilgan.
Sho‘ng‘uvchi BOSS: Rossiya yangi suvosti kemasini eksport qiladi
Zamonaviy "Varshavanka" suv osti va suv ustidagi nishonlarni yo‘q qilish maqsadida o‘z bortida 18 torpeda va 24 minalarni va, eng muhimi, "Kalibr" qanotli raketalarini tashiydi. Military Watch nashrining yozishicha, "Varshavanka"lar salohiyati Rossiya hududiy suvlari va mamlakat qirg‘oqlarini ishonchli himoyalash imkonini beradi. Hatto noyadroviy qurol bilan bitta submarina AQSh HDKning ikkita aviatashuvchi zarba guruhlarini hech qanday jazo olmasdan yo‘q qila oladi.
Sababi, uning akustik majmuasi samaradorligi (aniqlanish masofasi) "sheriklarning" xuddi shunday imkoniyatlarini uch karra ortiqdir.
Rossiyaning oltita "Varshavankasi" Qora dengizda ehtimoliy dushmanning harakatlari yoki manevrlarini to‘liq blokirovka qilishga qodir.
Muzni yorib, suv yuziga ko‘tarilgan Rossiya atom suvosti kemalari AQShni cho‘chitib yubordi
636.3 loyihasidagi submarinaning suv osti holatidagi tezligi – 20 uzelgacha. Harakatlanish radiusi (navbatchiligi) – 2000 mil. Avtonomligi – 45 sutka. Suv osti kemasining gabaritlari (uzunligi 73 m, kengligi 10 m, suvga botishi 6,2 m) bu uning sayozliklarda yashirinishiga imkon yarata oladi.
Suvga botish maksimal chuqurligi – 300 metr. Elektr stansiyasi va ekipaj (52 kishi) uchun havo ta’minoti jihatidan Varshavanka suv ostida 260 soatgacha yuzaga chiqmay qola olishi mumkin. Samarali va ishonchli harbiy texnika. Rossiyada ishlab chiqarilgan 636 va 636M loyihalari submarinalarini chet el harbiy-dengiz kuchlari (Xitoy - 10 dona, Vyetnam - 6 dona, Jazoir - 4 dona) faol ravishda xarid qilishayotgani bejizdan emas.
Zarba yetmaydigan korvetlar
Rossiyada yaqin dengiz zonasining 20380, 20385 va 20386 3-rang kemalari loyihalari faol taraqqiy etmoqda. Bu korvetlar (ilgariroq ular qorovul kemalari deb nomlangan) bo‘lib, ularning suv sig‘imi 2000 – 3000 tonnagacha. Jumladan, 20385 va 20386 – 20380 versiyasining o‘ta ilgarilab ketgan va murakkab versiyalaridir. Xususan, 20385 loyihasida "Redut" zenit raketa majmuasi jangovar komplekti 12dan 16 yacheykagacha ko‘paytirilgan, kemalarga qarshi X-35 "Uran" raketalari 8ta "Kalibr-NK" majmuasi raketalari bilan almashtirilgan va istiqbolda kema "Sirkon" gipertovushli raketalari bilan jihozlanishi mumkin.
Yadroviy uchlik: Rossiya suvosti kema va aviatsiya ishtirokida mashq o‘tkazdi
Kemalarga qarshi raketa majmuasini ikkita 30 mmli (daqiqasiga 21 kilometr masofaga 80 ta o‘q uzadigan) AK-630M artilleriya uskunalari, "Kortik-M" zenit raketa-artilleriya majmuasi va mobil "Igla" ZRKlari juda uyg‘un tarzda to‘ldirib turadi.
Torpedalarga qarshi himoya tizimi "Paket-NK" majmuasida ifoda topgan (330-mmli torpeda apparatlarini raqibning suv usti kemalari va suv osti kemalariga qarshi qo‘llash mumkin). Suv osti kemalarini aniqlab, yo‘q qilish uchun korvetda Ka-27PL paluba vertoleti nazarda tutilgan. Korvet bortida shuningdek turli radiotexnik qurol-aslahalar mavjud. 20380 loyihasi kemalarining eng muhim jihatlaridan biri bu ko‘pqavatli kompozitsiya materiallaridan "stels" texnologiyasi bo‘yicha bajarilgan ustqurmadir.
Tezligi - 27 uzelgacha. Masofa – 3500 mil. Avtonomligi 15 sutka. Ekipaj 99 kishi.
Amerikaning “Donald Kuk” kemasi Qora dengizda “yo‘q qilindi”
Korvetlarning maqsadi - davlatning yaqin dengiz zonasida patrulni amalga oshirish, dushman kemalari va suvosti kemalariga qarshi kurash, qirg‘oq nishonlariga qarshi raketa va artilleriya zarbalarini berish va desant operatsiyalarini qo‘llab-quvvatlash. Bunday kemalar Boltiqbo‘yi, Qora va boshqa dengizlarda doim talabgir bo‘ladi.

Bugungi kunda armiyada va dengiz flotida zamonaviy qurollarning ulushi 70 foizdan oshadi. Albatta, bu chegara emas. Rossiya mudofaa-sanoat kompleksi dunyoda o‘xshashi bo‘lmagan, G‘arb ishlanmalaridan o‘nlab yillarga ilgarilab ketgan qurollarni yaratishga imkon bergan ilmiy-texnikaviy inqilobni amalga oshirdi.

Zamonaviy ko‘pqutbli dunyoda yuqori texnologik qurollar tizimi Rossiyani haqiqatan suveren va yengilmas kuchga aylantirmoqda. Rossiya HDF tezkor-strategik birlashmalari: Shimoliy, Tinch okeani, Boltiq va Qora dengiz flotlari, shuningdek, Kaspiy flotiliyasi – tegishli regional yo‘nalishlarda milliy dengiz siyosati masalalarini hal etishmoqda. Flotlarning miqdoriy va sifat tarkibi Rossiya Federatsiyasining mintaqaviy yo‘nalishdagi tahdidlariga mos keladigan darajada saqlanib turadi.