Sho‘ng‘uvchi BOSS: Rossiya yangi suvosti kemasini eksport qiladi

© SBK "Rubin"Nirayushiy patrulniy korabl "Straj"
Nirayushiy patrulniy korabl Straj - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.04.2021
Obuna bo‘lish
Rossiya kemasozligi ilmiy va texnologik darajasi loyihalashtirish yechimlariga nostandart yondoshishga imkon beradi.
"Straj” (Qo‘riqchi) patrul kema suvosti kemasi funksiyasiga ega bo‘lgan turli davlat mutaxassislarini hayratda qoldirishi mumkin. Yangi kema BOSS (Border and Offshore Submersible Sentry) nomi bilan eksport qilinadi.
Dengiz texnikasini qurish burosi "Rubin" yangi "Qo‘riq" patrul kemasi loyihasini taqdim etdi. Nisbatan qimmat bo‘lmagan va o‘lchovlar, texnik xususiyatlari, yuqori ishonchlilik, raketa-torpedo qurollari (yoki ilmiy asbob-uskunalar) bortda joylashtiish imkoniyati, BOSS kemsini xaridorlar uchun jozibador qiladi.
Poligonnie ispitaniya kompleksa Poseydon - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.04.2021
Rossiyaning "Qiyomat kuni torpedalari" tashuvchisi Tinch okeaniga yo‘l oldi
“Rubin” KB – submarinlarni loyihalashtirish bo‘yicha dunyodagi yetakchi kompaniyalardan biri va Rossiyada 120-yillik tajribaga ega bo‘lgan, suvosti kemalarni (shu jumladan fuqarolik kemalar)ni ishlab chiqarish bo‘yicha yetakchi kompaniya.
Tashqi ko‘rinishidan BOSS 613 loyihasining dizel- elektr submarinaga o‘xshaydi - bu dunyodagi eng katta va ko‘p sotiladigan kema.
Sho‘ng‘iydigan kema xususiyatlari: konfiguratsiyaga qarab uzunligi 60-70 metr, ekipaj 42 kishi, suv sig‘imi 1000 tonna. Uni nazorat qilinadigan raketalar, torpeda, pilotsiz uchar apparatlar, artilleriya qurilmalari bilan jihozlangan bo‘lishi mumkin. Qurol tizimlari, asboblar va uskunalarni tanlashda KB "Rubin" mutaxassislari sinalgan, zamonaviy, suvosti kema va samolyot seriyali namunalariga e’tibor qaratildi.
Yangi "nautilus" patrul kemasining qaroqchilar, kontrabandachilar, brakonerlar kemalari nishoni bo‘lishi mumkin. Kemadan ilmiy tadqiqotlar ishlarida ham samarali foydalanish mumkin.

NATO bosh og‘rig‘i

Yangi kemani imkoniyatlar va vazifalarini tushunish uchun 613 loyihasiga (NATO tasnifiga muvofiq - "Whiskey") qaytish kerak. Suv osti kemasi sig‘imi 1347 tonna, uzunligi 76 metr, kengligi 6,6 metr, 200 metrgacha chuqurlikda, 18,5 uzelgacha bo‘lgan tezlikda harakatlanishi mumkin. Sirt pozitsiyasining maksimal diapazoni 8500 mil (15 ming km). Asosiy qurollar: 533 mm kalibrli 6ta torpeda qurilmalari va yadro qismlari (12 ta torpeda) bilan jihozlangan bo‘lishi mumkin. Avtonomiya - 30 kun. Ekipaj 52 kishi.
Forum Armiya-2020. Demonstratsionnie poleti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.04.2021
Rossiyaning yangi strategik raketa tashuvchisi qachon parvoz qiladi?
Besh kun ichida Sovet Floti bitta yangi suvosti kemasini qabul qildi. Yetti yil davomida (1950 - 1957) 215 dona dizel-elektr suvosti kemasi qurildi. 613-chi Sovet Ittifoqi oxirigacha sal kam 40-yil (1990 yilda Qora dengiz flotida 18 dona kema qolgan) xizmatda bo‘lgan.
613-chi submarinalari - Bolgariya, Kuba, Indoneziya, Misr, Suriya, Misr, Suriya, KXDRga yetkazib berilgan. Xitoyga texnik hujjatlari taqdim etildi, Shanxay va Xankou zavodlarida 20tadan ortiq suvosti kemasi qurildi.
Albatta, yangi suvosti patrul kemasi 613 loyiha - chidamlilik, ishonchlilik va samaradorligining asosiy fazilatlarini meros qilib oldi. Qolganini BOSS 21-asrning yuqori texnologiyali namunasi - sifat jihatidan yangi, yanada kuchli qurollar, aloqa, navigatsiya va gidroakotistika vositalari bilan jihozlangan.

Salohiyat

Klassik jangovar patrullik, hududda kema va suvosti kemasini nishonga olishi mumkin. "Bayroq namoyishi" diplomatik belgisi mavjud, ammo, raketa, artilleriya yoki torpedo hujumiga tayyor. Shu sababli Rossiya Amerika kemalarining Qora, Bering yoki Yapon dengizlarida paydo bo‘lishiga jiddiy javob beradi.
Mejdunarodnie rossiysko-indiyskie ucheniya Indra - 2017 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.03.2021
Nima uchun Rossiya va O‘zbekiston harbiy hamkorlikni kuchaytirmoqda
Yaqin vaqtgacha Rossiya dengiz flotida qo‘riqchi kemalar - NATO dengiz kuchlarida esa esminslar, fregat, korvet va qirg‘oq zonasi kemalari patrullik vazifalari bilan shug‘ullangan.
Kemalar va sho‘ng‘uvchi BOSS kemasi o‘rtasida tenglik belgisini qo‘yish murakkab (chunki jangovar foydalanish taktikasini qo‘shishi kerak bo‘ladi). Yangi kemaning xususiyatlaridan kelib chiqib, “Rubin” KB gibrid suv osti kemasini yaratdi, deb aytish mumkin.
Yangiliklar lentasi
0