TOShKENT, 15 mar — Sputnik. Vadim Pavlov. O‘ttiz yil mobaynida Hamdo‘stlik mamlakatlari ancha narsalarga erishdi – asosiy yutuqlar orasida erkin savdo zonasini yaratish va Yevroittifoq mamlakatlariga qaraganda, xususan, YeOII mamlakatlariga iqtisodiyot uchun 2020-yildan kam yo‘qotishlar bilan o‘tgishga imkon bergan turli yo‘nalishlardagi yuqori darajali integratsiya ajralib turadi.
Biroq, bo‘lib o‘tgan yig‘ilish ishtirokchilarining so‘zlariga ko‘ra, MDHning hali ochilmagan ulgan salohiyatlari bor. Hamdo‘stlik mamlakatlari yagona mehnat va moliya bozorlarini shakllantirish sari qanday choralar ko‘rayotgani, transport bog‘liqlik va MHDda erkin savdo rejimining liberallashtirishning keyingi taqdiri haqida - Sputnik materialida.
Beloruscha sseraniy
Joriy yilda MDHga Belarus raislik qilmoqda. Respublika raisligi Hamdo‘stlikning mavjud salohiyatini yuzaga chiqarishga bel bog‘lagan. Bu haqda Belarus bosh vaziri o‘rinbosari Igor Petrishenko yalpi majlisni ochayotib, ma’lum qildi.
“Raislikning loyihali hujjatlarida amaliy xususiyatga ega bo‘lgan masalalarga asosiy e’tibor qaratiladi, - dedi u. – Bu erkin savdo zonasini g‘ov va boshqa to‘siqlarsiz tovar bilan to‘laqonli rejimini ta’minlash, sanoat korporatsiyalarini kengaytirish. Savdo-sotiqda ma’muriy jarayonlarni soddalashtirish, texnik tartibga solish sohasidagi muvofiqlashtirilgan siyosat va standartizatsiya, transport, sanitariya, veterinar va fotosanitariya choralarini chuqurlashtirish, investitsiya, innovatsiya sohasi va boshqa sohalardagi hamkorlikni chuqurlashtirishga alohida e’tibor qaratilgan”.
Rossiya hukumati raisining o‘rinbosari Aleksey Overchuk MDH mamlakatlarining keyingi integratsiyasi va iqtisodiy rivojlanishining zamini erkin savdo zonasi to‘g‘risidagi shartnoma deb hisoblaydi.
Eslatib o‘tamiz, MDH erkin savdo zonasi to‘g‘risidagi shartnoma 2012-yil oktabrida Belarus, Rossiya va Ukraina o‘rtasida kuchga kirdi. Keyinchalik shartnomaga Armaniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova, Tojikiston va O‘zbekiston qo‘shildi. 2016-yil boshidan Rossiya va Ukraina o‘rtasida ushbu shartnomaning amal qilishi o‘zaro to‘xtatib qo‘yilgan.
“Erkin savdo zonasi rejimini yanada liberallashtirish maqsadida investitsiya oqimlarining oshishi uchun yanada qulay sharoit yaratadigan xizmatlar bilan erkin savdo-sotiq to‘g‘risida bitim loyihasi tayyorlangan”, - dedi Overchuk yalpi majlis davomida.
Ushbu shartnoma imzolagandan so‘ng MDH mamlakatlari Hamdo‘stlikning boshqa mamlakat kompaniyalari taqdim etadigan xizmatlardan bojsiz foydalana olishlarini nazarda tutadi.
Bitim loyihasi hozircha chop qilinmayapti, shu bois bugungi kunda bir mamlakat kompaniyasi boshqalarida qaysi sharoitlar asosida ishlay olishi, bu uchun ularga qo‘shimcha litsenziya (xususan, moliyaviy kompaniyalar uchun) kerak bo‘lishi yoki bo‘lmasligi borasidagi ma’lumotlar yo‘q.
May oyida Belarus tashqi ishlar vaziri Vladimir Makey ma’lum qilganidek, MDHda xizmatlar erkin savdosi to‘g‘risidagi bitim loyihasi bu yil imzolanishga tayyor bo‘lishi mumkin.
Kelajak integratsiyani chuqurlashtirishda
Belarus bosh vaziri o‘rinbosari Hamdo‘stlikga a’zo mamlakatlar o‘rtasida integratsiya jarayonlarini davom ettirish zarurligini ta’kidladi.
“YeOII “beshligi” (Ittifoqqa Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Rossiyaga kiradi – tahr.) va MDHning boshqa mamlakatlari o‘rtasida biror bir ajratuvchi chiziq yuzaga kelishiga yo‘l qo‘ymaslik darkor. Aksincha, integratsiyani chuqurlashtirishga qaror qilgan va iqtisodiy ittifoq yaratgan mamlakatlar tomonidan erishilgan eng yaxshi ishlanmalar MDH doirasida ko‘rib chiqish uchun taklif qilinishi zarur”, - dedi Igor Petrishenko.
Uning so‘zlariga ko‘ra, pandemiya sharoitida Hamdo‘stlik mamlakatlari bir biridan yopilmasligi va savdo-sotiqda proteksionizmni kuchaytirmasliklari lozim. “Birgalikda ko‘p narsalarga erisha olamiz, birgalikda iqtisodiy retsessiya va u bilan bog‘liq ijtimoiy puturlani yengib o‘tish osonroq bo‘ladi”, - deya ishonadi Belarus bosh vaziri o‘rinbosari.
Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi hay’ati (YeIK) raisi Mixail Masnikovich uning fikriga qo‘shiladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, inqirozli 2020-yilda tashqi savdo fonida aynan YeOII ichidagi savdo-sotiq ijobiy sur’atni ko‘rsatgan.
Masnikovich YeOII iqtisodiyoti Yevroittifoq mamlakatlariga qaraganda COVID-19 pandemiyasi keltirib chiqargan chaqiriqlarning uddasidan chiqqan. “O‘tgan yili barcha jabhalarda og‘ir yil bo‘ldi: YeOII YaIM 3,9 foizga qisqardi. Ma’lumot uchun: Yevropa Ittifoqi YaIM 7,2 foizga, Germaniyaki 5,4 foizga, Buyuk Britaniyaniki 10 foizga”, - dedi u.
Shu tariqa, o‘tgan yil chaqiriqlari - koronavirus pandemiyasi va keng ko‘lamli iqtisodiy inqiroz – YeOII va MDHning integratsiya aloqalari muhimligi yanada ko‘proq anglashni talab etadi, deb hisoblaydi Masnikovich.
“Rossiya eksport markazi” (REM) bosh direktori Veronika Nikishina milliy valyutalardagi hisob-kitoblarni hamkorlik rivojlanishining muhim bo‘g‘ini ekanini aytdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bugun bu yo‘nalishdagi ishlarning ilk ijobiy natijalari bor. Masalan, 2020-yildan boshlab “Roseksimbank” Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida hisob-kitoblarni milliy valyutalarda (Rossiya rubli va o‘zbek so‘mida – tahr.) o‘tkazishni boshladi. “Ozarbayjon, Qozog‘iston va Belarus bilan infratuzilma yo‘lga qo‘yilgan, va biz bunday operatsiyalarni o‘tkazish uchun to‘liq hozirmiz”, - deydi Veronika Nikishina.
Valyuta siyosati MDH mamlakatlarining ko‘prog‘i bilan kelishilsa, umumiy moliya bozori shakllanishi haqida ham gapirish mumkin bo‘ladi, deb hisoblaydi REM rahbari. “Ishonchim komilki, bu umumiy raqobatbardoshligimizni sezilarli oshiradi”, - deya xulosa qildi Nikishina.
“Yagona” transport tizimi har kimga foydali
MDHga a’zo mamlakatlar transport rivojlanishi masalasini hal qilish uchun birlashlari zarur, deb hisoblaydi Sergey Katirin. Uning so‘zlariga ko‘ra, biznesning bu yerda ushbu sohada ko‘p e’tirozlari bor.
“MDH mamlakatlari hududi bo‘ylab tranzit sohasidagi yagona talablarga rioya qilish va ishlab chiqishni ta’minlash zarur. Shuningdek, uning doirasida chegaraoldi transport infratuzilmasini rivojlantirishning kompleks dasturini qabul qilish kerak”, - dedi Rossiya Savdo-sanoat palatasi prezidenti.
YeOII va MDH Katta Yevroosiyoning transport bog‘lovchisi mumkin va bo‘lishi shart, deya ishonadi Mixail Masnikovich.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda O‘zbekistonning YeOII bilan birgalikda Transafg‘on temir yo‘li (Mazori Sharif-Kobul-Peshovar yo‘nalishi bo‘ylab o‘tadi) loyihasini amalga oshirish tashabbusi ko‘rib chiqilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, fevral oyida O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Yevroosiyo hukumatlararo kengashi yig‘ilishida YeOIIga a’zo mamlakatlariga Transafg‘on temir yo‘li qurilishiga qo‘shilishni taklif qilgandi.
MDH bugun - bu ulkan, ba’zi joylarda kam aholi joylashgan hudud. U faqat rivojlangan transport tarmog‘i sharoitlarida rivojlanishi mumkin, deya ishonadi Rossiya va Belarus Ittifoq davlati davlat kotibi Grigoriy Rapota.
“Transport - bu odamlar muloqoti, bu iqtisodiyot, ta’lim, tibbiyot, turizm va boshqa sohalarning rivojlanishi. Transport sohasi men uchun MDHning keyingi rivojlanishining asosiy yo‘nalishi”, - deydi Rapota.
Uning ta’kidlashicha, MDH iqtisodiy jihatdan rivojlangan Sharq va G‘arb o‘rtasidagi tranzit hududdir.
Raqamli salohiyat
Mixail Masnikovich yalpi majlisi davomida o‘tgan yili YeOIIda yaratilgan “Rabota bez granis” soddalashtirilgan qidiruv tizimi MDH mamlakatlarida ishga joylashish va bandlik sohasida davlatlararo qidiruv resursi sifatida qo‘llana boshlanishi mumkinligini ma’lum qildi.
“Bizning “Bir darcha” ekotizimimizda rossiyalik eksportorlar uchun qator servislar bor. Bu yil elektron fitosanitar sertifikatini olish mumkin bo‘ladi. Hozir biz bunday sertifikatlarni YeOII hududida tashkil etish uchun muzokaralarga tayyormiz. Elektron ko‘rinishda beriladigan sertifikat butun hudud bo‘ylab tan olinadi”, - dedi Veronika Nikishina.
Nikishina REM bunda katta salohiyatni ko‘rayotgani va integratsiya bo‘lishni istaydigan mamlakatlar hududlarida raqamli qog‘ozsiz sertifikatdan foydalanish uchun aniq takliflarni hozirlamoqda.
Belarus Savdo-sanoat palatasi raisi Vladimir Ulaxovich MDH profil maydonlarida raqamli platformalardan foydalanish zarurligini ta’kidladi.
“Muhim yo‘nalish – sanoat kooperautsiyasi, - deya qo‘shiladi Mixail Masnikovich. – YeOII mamlakatlarida bugun 17 mingta atrofida qo‘shma korxonalar ishlaydi, lekin bu sohadagi ko‘p vazifalarni hal qilish oldinda turibdi. Samarali savdo qilish uchun, savdo-sotiq uchun biror bir narsaga ega bo‘lish kerak. Mahsulot zaruriy sifatga javob berishi kerak”.
Shu bois, uning so‘zlariga ko‘ra, MDH mamlakatlari ustuvor e’tiborni qayta ishlanayotgan sanoatga, mehnat samardorligini oshirishga, asosiy kapitalga investitsiya o‘sishi motivatsiyasiga qaratishlari darkor.
“YeIK tomonlar taklifi asosida YeOII sanoatlashtirish xaritasini shakllantirdi. Hujjat 185 ta yirik investitsiya va ahamiyatga molik loyihalar smeta qiymati 300 mlrd dollar 21 kichik soha, 550 dan ziyod texnologik yo‘nalishlarni qamrab oladi. Ularga ko‘ra YeOIIda import o‘rnini bosish zaruriyati bor. Bu, aslini olgan, integratsiya loyihalari”, - deydi YeIK hay’ati raisi.
U bu ishga MDHga a’zo mamlakat qatoridagi hamkorlar diqqatini jalb qilishni taklif qildi.