O‘zbekiston MDH chegara qo‘shinlari Kengashida faollashgani qayd etildi

© Internet-portal SNGFlagi stran uchastnis SNG
Flagi stran uchastnis SNG - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan chegara qo‘shinlari Kengashi majlisida Ukraina, Moldova va Turkmanistondan boshqa  MDHning barcha a’zolari ishtirok etmoqda.

TOShKENT, 28 mar - Sputnik. O‘zbekiston MDH chegara qo‘shinlari Kengashida faollashani qayd etildi, dedi jurnalistlarga Kengash koordinatsiya xizmati raisi general-polkovnik Aleksandr Manilov, RIA Novosti xabariga asosan.

“Biz bugun O‘zbekistonning MDH chegara qo‘shinlari Kengashining barcha tadbirlarida   faol ishtirok etayotganini ko‘rib turibmiz”, - dedi Manilov majlis doirasida.

Manilov aytishiga qaraganda Kengashning ilk majlisi 1992-yilda Toshkentda bo‘lib o‘tgan edi. oradan 27-yil o‘tib Kengash a’zolari yana bir bor Toshkentda jamlanishganini qayd etdi.

Bugun Toshkentda MDH chegara qo‘shinlarining 81-majlisi bo‘lib o‘tmoqda. Unda Ukraina, Moldaviya va Turkmanistondan boshqa MDHning mamlakatlari vakillari ishtirok etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, MDH chegara qo‘shinlari kengashiga Ozarbayjon, Armaniston,  Belorussiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldaviya, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston kiradi.

Yangiliklar lentasi
0