https://oz.sputniknews.uz/20210208/EOII-arb-sanktsiyalariga-birgalikda-zhavob-beradi--15958005.html
YeOII G‘arb sanksiyalariga birgalikda javob beradi
YeOII G‘arb sanksiyalariga birgalikda javob beradi
Sputnik O‘zbekiston
G‘arb YeOIIning biror a’zosiga nisbatan sanksiya kiritsa, tashkilotning barcha a’zolari unga birgalikda javob qaytaradi - Belarus bosh vaziri. 08.02.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-02-08T13:02+0500
2021-02-08T13:02+0500
2021-02-08T13:03+0500
dunyoda
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1166/64/11666464_0:164:1620:1080_1920x0_80_0_0_ef8edd74dbd09cdf831fd56613342121.jpg
TOShKENT, 8 fev — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) G‘arb YeOII a’zolaridan birortasiga nisbatan sanksiya qabul qilgan taqdirda, unga qarshi javob choralar ishlab chiqish bo‘yicha topshiriq oldi, deb deb xabar qildi Belarus bosh vaziri Roman Golovchenko.Belarus hukumati rahbari o‘tgan juma kuni Olma-Otada tashkil qilingan YeOII hukumatlararo kengashi majlisida YeOII davlatlari G‘arb sanksiyalaridan Ittifoq doirasida o‘zini himoya qilishi kerak, xususan umumiy javob choralaridan foydalanish kerak, degan bayonot bilan chiqdi.Siyosatchi YeOII, albatta, KXShT kabi harbiy ittifoq emasligini alohida qayd etgan holda iqtisod ham so‘nggi vaqtlarga “qaynoq jang maydoniga aylanayotganini” qayd etdi.Belarus bosh vazirining so‘zlariga ko‘ra, sanksiyalar – shunchaki to‘qmoqqa aylangan, undan istalgan vaqtda “tartibsiz” va “hech qanday dalil isbotsiz” foydalanilmoqda.“Shu sababli, YeOII doirasida Ittifoqning biror a’zosiga nisbatan ana shunday nodo‘st hatti-harakatlarga javob mexanizmlari ishlab chiqiladi”, - dedi Golovchenko.Belarus bosh vazirining so‘zlariga ko‘ra, Olma-Otada bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Belarus tomon ana shunday fikr bildirgan va ushbu taklif qaynoq muhokamalardan keyin tasdiqlangan.Eslatib o‘tamiz, 2020-yilning yozida Belarusda prezident saylovlari bo‘lib o‘tgan edi. Shundan so‘ng saylovlarni qalbakilashtirishda ayblab, YeI, AQSh va Kanada bir necha Belarus rasmiylariga qarshi bir qator sanksilar kiritgan edi. Bunga javoban Belarus Yevropa amaldorlarining bir nechasiga mamlakatga kirishni ta’qiqlab qo‘ydi.Belarus prezidenti g‘arb sanksiyalarini “bosqinchilik” deb atagan edi.
https://oz.sputniknews.uz/20210206/Malkina-zbekiston-va-EOII-yl-kharitasini-iyul-oyiga-adar-imzolaydi-deb-umid-ilamiz-15949028.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1166/64/11666464_0:62:1620:1080_1920x0_80_0_0_68bf3cb08bf81268f5b0d8550b267d0c.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda
YeOII G‘arb sanksiyalariga birgalikda javob beradi
13:02 08.02.2021 (yangilandi: 13:03 08.02.2021) G‘arb YeOIIning biror a’zosiga nisbatan sanksiya kiritsa, tashkilotning barcha a’zolari unga birgalikda javob qaytaradi - Belarus bosh vaziri.
TOShKENT, 8 fev — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) G‘arb YeOII a’zolaridan birortasiga nisbatan sanksiya qabul qilgan taqdirda, unga qarshi javob choralar ishlab chiqish bo‘yicha topshiriq oldi, deb deb xabar qildi Belarus bosh vaziri Roman Golovchenko.
Belarus hukumati rahbari o‘tgan juma kuni Olma-Otada tashkil qilingan YeOII hukumatlararo kengashi majlisida YeOII davlatlari G‘arb sanksiyalaridan Ittifoq doirasida o‘zini himoya qilishi kerak, xususan umumiy javob choralaridan foydalanish kerak, degan bayonot bilan chiqdi.
“Dastlab birgalikda G‘arb sanksiyalariga qarshi javob mezonlari va mexanizmlar ishlab chiqish kerak. Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasiga ana shunday topshiriq berilgan. Hamkorlarimiz bizni eshitayotgani va tushunayotgani – bizni xursand qilmoqda. Agar biz Ittifoq bo‘lsak, yoki blok bo‘lsak uning biror a’zosiga o‘tkazilgan bosim butun tashkilotga o‘tkazilgan bosimdek qabul qilinishi kerak”, - dedi Golovchenko "Belarus 1" telekanaliga.
Siyosatchi YeOII, albatta, KXShT kabi harbiy ittifoq emasligini alohida qayd etgan holda iqtisod ham so‘nggi vaqtlarga “qaynoq jang maydoniga aylanayotganini” qayd etdi.
Belarus bosh vazirining so‘zlariga ko‘ra, sanksiyalar – shunchaki to‘qmoqqa aylangan, undan istalgan vaqtda “tartibsiz” va “hech qanday dalil isbotsiz” foydalanilmoqda.
“Shu sababli, YeOII doirasida Ittifoqning biror a’zosiga nisbatan ana shunday nodo‘st hatti-harakatlarga javob mexanizmlari ishlab chiqiladi”, - dedi Golovchenko.
Belarus bosh vazirining so‘zlariga ko‘ra, Olma-Otada bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Belarus tomon ana shunday fikr bildirgan va ushbu taklif qaynoq muhokamalardan keyin tasdiqlangan.
Eslatib o‘tamiz, 2020-yilning yozida Belarusda prezident saylovlari bo‘lib o‘tgan edi. Shundan so‘ng saylovlarni qalbakilashtirishda ayblab, YeI, AQSh va Kanada bir necha Belarus rasmiylariga qarshi bir qator sanksilar kiritgan edi. Bunga javoban Belarus Yevropa amaldorlarining bir nechasiga mamlakatga kirishni ta’qiqlab qo‘ydi.Belarus prezidenti g‘arb sanksiyalarini “bosqinchilik” deb atagan edi.