Rossiya MDH davlatlari bilan o‘simliklar karantini bo‘yicha hamkorlik qiladi

Obuna bo‘lish
Rossiya MDH davlatlari o‘rtasida imzolangan o‘simliklar karantini to‘g‘risida bitimni ratifikatsiya qiladi.
TOShKENT, 1 fev — Sputnik. Rossiya hukumati 2016-yilda Minskda imzolangan MDH davlatlari o‘rtasida o‘simliklar karantini sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni ratifikatsiya qilish uchun Davlat Dumasiga taqdim etdi.
Pomidori - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.12.2020
Rosselxoznadzor O‘zbekistonning yana 34 ta korxonasidan pomidor olib kirishga ruxsat berdi
O‘simliklar karantini - bu o‘simliklar va ularning mahsulotlarini mamlakatga tashqaridan kirishi mumkin bo‘lgan zararkunanda, kasallik va boshqa tahdidlardan himoya qilish bo‘yicha chora-tadbirlar tizimi.
Bitimni imzolagan tomonlar o‘z hududlaridagi karantin obyektlari (kasalliklar, o‘simlik zararkunandalari) to‘g‘risida va ko‘rilgan choralar, huquqiy hujjatlar matnlari, ushbu sohadagi ilmiy tadqiqotlar natijalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan o‘zaro almashadilar. Shuningdek, ular zararli obyektlar namunalari bilan almashiladi, bir-birlariga ilmiy-texnikaviy yordam ko‘rsatadilar.
Bitimda a’zo-davlatlar hududiga fitosanitariya sertifikatsiz 3 donadan ortiq guldasta olib kirish mumkin emas, deb taxmin qilinmoqda. Hozirda Rossiyaning o‘simliklar karantini to‘g‘risidagi qonuni 5 kg gacha gul maxsus hujjatlarsiz olib kirishga ruxsat beradi.
Eslatib o‘tamiz, Rosselxoznadzor dekabr oyida Ozarbayjon, Turkiyaning ba’zi hududlaridan, shuningdek  26-noyabr kuni O‘zbekistonning Farg‘ona viloyati, 4-dekabr kuni Navoiy viloyatidan pomidor, qalampir va olmalar olib kirishni taqiqlagandi. 11-dekabrdan Qashqadaryo viloyatidan pomidor va qalampirga taqiq kiritilgandi.
18 dekabrdan boshlab RF hududiga O‘zbekistonning Farg‘ona viloyatidan 7ta korxonadan pomidor va qalampirni olib kirishga ruxsat bergandi: mahsulotlarda YeOIIga a’zo-davlatlar uchun karantin obyektlari mavjud emas, 2020-yilda pomidor mevalaridagi jigarrang burushiqlik virusi aniqlanmadi.
Keyinchalik 1-yanvar sanasidan boshlab, Qashqadaryo va Navoiy viloyatlaridan pomidor mahsulotini 34 ta korxona Rossiyaga eksport qilishga ruxsat berildi.
Yangiliklar lentasi
0