Yevropa "Sputnik V"ni tekshirib ko‘rdi. Germaniya foyda olishga hozirlanmoqda

Avstriya kansleri Sebastyan Kurs Evropa tibbiyot agentligi (EMA) tomonidan Rossiya va Xitoyda tayyorlangan vaksinalarni ro‘yxatdan o‘tkazish imkoniyatini ko‘rib chiqishda "geosiyosiy ta’qiqlardan" voz kechishga chaqirdi.
Sputnik
Sal avval - "Sputnik V"dan foydalanish to‘g‘risidagi qaror siyosiy emas, balki ilmiy, Lancet jurnalisda chop etiladigan klini tadqiqotlarning uchinchi fazasi natijalariga asoslangan bo‘lishi kerakligi haqida Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bayonot qilgan edi. Madrid esa (EMA ma’qullovi bilan) Ispaniya Rossiyada ishlab chiqarilgan preparatdan foydalanishga tayyor ekanligi haqida ma’lum qildi.
Lancet "Sputnik V" uchinchi faza tadqiqotlari natijalarini e’lon qildi
Germaniyaga kelsak, yaqindan o‘rganib chiqilgandan so‘ng, mamlakat rahbariyatining ushbu masalada Moskva bilan faol hamkorlik qilish niyati, yanvar oyida, Angela Merkel Berlin Rossiyada ishlab chiqarilgan preparatning Yevropada ro‘yxatdan o‘tkazishda yordam berishga tayyorligini ochiq e’lon qilganida ayon bo‘lgan edi.
Bundan tashqari, nemislar bu qadamni amalga oshirish uchun harakatlarni ancha oldin boshlashga kirishgan edilar. Ayni vaqtda Yevropaning eng obro‘li OAVlari o‘z auditoriyasini "Sputnik V" to‘g‘risidagi ijobiy maqolalar bilan "bombardimon" qilishmoqda. Holatni tushunsa bo‘ladi: uzoq vaqt, bir necha oylar davomida Rossiya preparatini obro‘sizlantirish bo‘yicha davom etgan agressiv kampaniyadan so‘ng, jamoatchilikda shakllangan fikrlarni o‘zgartirish lozim, aftida, aynan shu preparat YeI aholisini emlashda muhim rol o‘ynashi kutilmoqda.
Yevropa “Sputnik V”ga qiziqish bildirmoqda, Gruziya esa emlanganlar uchun chegaralarni ochdi
Biroq, o‘sha paytda ko‘pchilik sezmagan tobora yaqinlashib kelayotgan axborot va siyosiy o‘zgarishning dastlabki qaldirg‘ochlari bir oy oldin paydo bo‘lgan - va bu jarayonda bosh rolni aynan GFR o‘ynagan edi.
Rasman holat quyidagicha: ya’ni Lancet da e’lon qilingan yangi maqola "Sputnik V"ning haqiqiy sifati bo‘yicha ko‘pchilikning ko‘zini ochdi. Mana, yaqinda, Germaniyada ushbu vaksinani ishlab chiqarish bo‘yicha tayyorgarlik obdon boshlab yuborilgani ham ma’lum bo‘ldi.
Qisqasi, nemislar o‘zlarining Yevropa yetakchisi maqomini navbatdagi bor tasdiqlashdi. Boshqalar (albatta, Vengriyadan tashqari, unga polyaklar singari rusofobiya halal bermaydi — Brusselga qarab ish tutishmaydi) hammasi nima bilan tugashini kutib turgan bir vaqtda, Germaniya siyosiy va iqtisodiy jihatdan muhim mavzuni o‘z qo‘llariga oldi.
“Boliviyaliklar erkin nafas olishlari mumkin”: Luis Arse “Sputnik V” vaksinasi haqida
Holatni "Shimoliy oqim - 2"dagi bilan solishtirish mumkin, axir bu loyihani amalga oshirish uchun Berlin "Kremlning hech qaysi jinoyatlariga qaramay" bor-budini qurbon qilishga tayyor. Chunki u juda muhim va istiqbolli masala.
Rossiyskaya vaksinasi uni rad etib bo‘lmaydigan darajada (G‘arb preparatni inkor etishni boshidan rejalashtirgan edi) yaxshiligi ma’lum bo‘ldi.
Bundan tashqari, Yevropaning o‘zida ishlar a’lo emas.
Vaksinalar tanqisligi ulkan muammo bo‘lib osilib turibdi. Dozalar yetishmayapti, ular uchun kurash janjalli tus olmoqda.
Qozog‘istonda aholini “Sputnik V” bilan emlash ishlari boshlandi
Bundan tashqari, Yevropada ishlab chiqarilgan ishlanmadagi jiddiy kamchiliklar ham — Angliya-Shvetsiya hamkorligida ishlab chiqarilgan AstraZeneca o‘ta o‘rtamiyona natijalarni bermoqda (60 foizdan sal ortiq).
Amerikaning ikkita vaksinasi — Pfizer va Moderna — samaradorlik jihatdan ajoyib (95 foizga yaqin), ammo medalning boshqa tomoni ham bor. Odatda uchta holatni ko‘rsatishadi: a) qimmat narx, b) juda qat’iy bo‘lgan ishlab-chiqarish-logistik talablar, buning natijasida preparatni ishlab-chiqarish, saqlash va transportirovka qilish ancha qiyinlashadi, v) privivkani himoya harakatlari davomiyligi noma’lumligi.
OAV va hukumat juda kam gapiradigan, ammo odamlar juda ko‘p o‘ylaydigan yana bir jihat bor. Ikkala preparat ham innovatsion texnologiya bo‘yicha yaratilgan bo‘lib, bu preparatlarning uzoq muddatli istiqbolda inson salomatligi uchun xavfsizligi to‘laqonli tekshiruvdan o‘tkazilmagan.
“Sputnik V” vaksinasi ikki hafta ichida yana 25ta davlatda ro‘yxatdan o‘tkaziladi
Aynan shu tufayli, emlanishdan keyingi har bir o‘lim holati katta shov-shuvlarni keltirib chiqarmoqda — bunday holatlar ko‘p, garchi "keyingi" degan so‘z "oqibatida" degan ma’noni bermasada.
Mana shunday fonda barcha bosqich tadqiqot sinovlari yakunlangan "Sputnik V" yarq etib, ko‘rinish berdi, u samaradorlikda "amerikalik"(91,6 foiz)dan sal ortda bo‘lsada, ammo undan ancha arzon, supermurakkab temperatura rejimini talab qilmaydi va shu bilan birga o‘n yilliklar davomida mavjud bo‘lib kelgan, shu bois ham xavfsizlik jihatdan obdon o‘rganilgan platforma asosida yaratilgan. Xuddi shu texnologiya ishonchliligi sababli Rossiya ishlanmasi himoyasi davomiyligi ham ishonch bilan o‘ta yuqori sifatida aniqlangan.
Mahalliy olimlarning bunday yutuqlari G‘arbda eng xushomadgo‘y so‘zlar bilan olqishlanmoqda, ular "Sputnik V"ning yaratilishini SSSRda 1957-yilda uchirilgan birinchi sun’iy yo‘ldosh (sputnik) bilan taqqoslashmoqda. Ushbu parallellarni keltirgan Germaniyaning Welt nashri jurnalisti "o‘sha vaqtdan buyon Rossiya texnik nuqtayi-nazardan G‘arbni hech narsa bilan ajablantira olmaganini" qayd etgan.
"Sputnik V" yo‘riqnomasida yangi ogohlantirish paydo bo‘ldi
Bu - atom energetikasi, gipertovushli texnologiyalar, elektron urush va boshqa qator sohalarda dunyoda yetakchi bo‘lgan mamlakat haqida aytilgan edi. Bu Xitoyda bo‘lgani - kabi tashqi raqobatni cheklamagan holda o‘zi yaratgan va bu sohada yetakchilik qilayotgan internet muhit (qidiruv tizimi, pochta aloqasi xizmatlari, ijtimoiy tarmoqlar, antivirus xizmatlari va boshqalar)ga ega mamlakat haqida  haqida aytildi. Bu - raqamlashtirish darajasi G‘arb faqat orzu qilishi (orzu qilganda ham bu samarasiz orzu bo‘lib qolishi) mumkin bo‘lgan mamlakat haqida aytildi.
Shu yerda o‘z-o‘zidan savol tug‘iladi: bunda Rossiyada chindan ham G‘arbni lol qoldirishga qodir texnologik yutuqlar yo‘qmikin, yoki G‘arb astoydil, to hayot uning peshonasini shu darajada, ya’ni bu yutuqlarni ko‘rmaslikka imkon qoldirmaydigan darajada qattiq urmaguniga qadar, bu yutuqlarni payqamay kelmoqdami?
Bunday beparvolik va maqsadli kamsitilish, albatta, xafagarchilikni kelbirib chiqaradi, ko‘ngilni xira qiladi. Boshqa tomondan, Yevropa va AQSh Rossiyaga to‘g‘ri baho berolmasligining o‘ziga xos ijobiy tomonlar ham bor. Bu bizlarga birin-ketin ularga surpriz tayyorlashda asqotmoqda.
Shunga zarurat tug‘ilganida, g‘alaba qozonishda ham.