“Boliviyaliklar erkin nafas olishlari mumkin”: Luis Arse “Sputnik V” vaksinasi haqida

Obuna bo‘lish
Boliviyaga Rossiyaning yangi koronavirus infnetsiyasiga qarshi “Sputnik V” vaksinasining 20 ming dozasi yetkazib berildi.
El-Alto aeroportida vaksina ortilgan samolyotni davlat rahbari Luis Arse qarshi oldi.
Boliviya prezidenti muammoni hal qilish boshlangani va boliviyaliklar erkin nafas olishlari mumkinligini qayd etdi.
“Sputnik V” Lotin Amerikasining Venesuela, Argentina kabi mamlakatlari ham yetkazib berilgan. Argentina prezidenti Alberto Fernandes  21-yanvar kuni Sputnik V” vaksinasi bilan emlandi.
Bundan tashqari, Braziliyada 15-yanvardan boshlab koronavirusga qarshi Rossiyaning “Sputnik V” vaksinasi ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.
Rossiya dunyodagi birinchi koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaksinasini avgust oyida ro‘yxatga oldi. U Gamaleya nomidagi markaz tomonidan yaratilgan va Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi bilan hamkorlikda ishlab chiqarilmoqda. Vaksina ayni paytda o‘zining xavfsizligi va samaradorligini isbotlagan. Shuningdek, vaksinada uzoq kuzatiluvchi salbiy oqibatlar mavjud emasligi o‘z isbotini topgan.
Yangiliklar lentasi
0