Rus "Armata"si "zagranpasport"li bo‘ldi: u endi qayerga yo‘l oladi?

Rossiyaning eng yangi tanki - T-14 "Armata" sinovlarni yakunladi va yaqin orada yuqori texnologiyali qurollar jahon bozorini zabt etishni boshlaydi.
Sputnik
Urushdan keyingi uchinchi avlod bo‘lgan dunyodagi yagona - T-14 "Armata" tanki 21-25 fevral kunlari Abu-Dabida o‘tkaziladigan IDEX-2021 15-Xalqaro mudofaa sanoati ko‘rgazmasida xorijiy mutaxassislarning keng doirasiga taqdim etiladi.
“Rossiya yo‘llari o‘ldiradi”: AQShliklarning o‘z tanklaridan ko‘ngli qoldi
Ushbu xorijiy "yutuq" - uzoq muddatli davlat sinovlari muvaffaqiyatli yakunlanganini, kamchiliklar bartaraf etilganligini va "Uralvagonzavod" konserni seriali ishlab chiqarishga tayyorligini anglatadi. Avvalroq "Rosoboroneksport" bosh direktori Aleksandr Mixeyev xorijiy sheriklar bilan T-14 yetkazib berish bo‘yicha muzokaralar olib borilgani haqida ma’lum qilgandi. Eng yangi "Armata" tanki chegaraning old qatorida, dushman bilan tutashuv chiziqlarida jang olib borishga mo‘ljallangan va piyodalar bilan hamkorlikda eshelonlashgan mudofaani yorib o‘tishga qodir.
Turlicha jadallikdagi harbiy mojarolarda T-14 motoo‘qchilar bo‘linmalari bosqinini samarali qo‘llab-quvvatlashga, ochiq va yopiq joylarda jangovar texnika va jonli kuchlarni yo‘q qilishga qodir.
“Bu yutuq”: Rossiya tank jangining yangi texnikasini sinab ko‘rmoqda
Suriyada jangovar sharoitlarda hamda qahraton Arktikada (–50 do +50 darajada) tank o‘zining yuqori samaradorligini tasdiqladi. Sal avval Rossiyaning T-14 tanki dunyoning eng rivojlangan davlatlari tomonidan taqdim qilingan 12ta zirhlangan mashinalar ichida (Amerikaning Abrams, Fransiyaning Leclerc va Germaniyaning Leopard 2 shular jumlasidan) eng yaxshisi sifatida tan olingan edi.
RF Mudofaa vazirligi yiliga 200 ga yaqin "Armata" tanklarini sotib olishni rejalashtirmoqda, yetkazib berish 2021-yilda boshlanadi, umumiy talab 2300 ta transport vositasida aniqlanadi. Rossiya Qurolli kuchlari bugungi kunda dunyodagi eng yirik tanklar parkiga ega – mashinalar soni 13 mingta, bu esa Pentagonnikiga qaraganda qariyb 7 ming donaga ko‘p. Ammo piyoda qo‘shinlari tomonidan himoya qilinadigan RF hududi ham AQSh maydonidan taxminan ikki barobar ko‘p, tankqurish bo‘yicha Rossiya tajribasi esa faqatgina son ko‘rsatkichi bilan noyob hisoblanmaydi.

Eksport istiqbollari

"Armata" – kam sonli yuqori texnologiyali, samaraliroq, eng zamonaviy uskunalar va qimmat avtomobillarni ishlab chiqarish konsepsiyasi majmuidir. Bitta T-14 narxi – 7 mln. $ atrofida, va har qanday mamlakat mudofaa budjeti bu narxni ko‘tara olmaydi. Bu narx ancha ko‘p vaqtni olgan sinovlar va modernizatsiyalar asosida shakllantiriladi (ishlab chiqarish hajmi o‘sishi bilan "tarif" ancha "demokratlashadi"). Qurol-aslahaning zamonaviy namunalarini ishlab chiqarish shu darajada chiqimdorki, qayta qurollanish uchun talab etiladigan ulkan chiqimlarga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida, xorijiy takliflarni ko‘rib chiqadilar.
"Uchinchi jahon urushi" uchun eng yaxshi tank ma’lum qilindi
Zamonaviy dunyoda takomillashgan qurol avvalgidek ko‘plab davlatlar suvereniteti uchun o‘rnini bosib bo‘lmas instrument bo‘lib qoladi. Moskva T-14ni xarid qilish bo‘yicha dastlabki arizalarni oldi, eksport ishlari Rossiya armiyasi tank qismlari qayta qurollanganidan so‘ng boshlanadi.
Forbes nashri (AQSh) T-14ning ehtimoliy xaridorlari sifatida Hindiston, Xitoy, Birlashgan Arab Amirliklari, Misr va Jazoirni sanab o‘tgan (oxirgisi Rossiyaning BMPT-72 "Terminator"ini xarid qilgan). Bundan tashqari, MDH va KXShTning alohida mamlakatlari (Ozarbayjon, Belarus, Qozog‘iston, O‘zbekiston) ahamiyatli harbiy budjetga yoki HTH doirasida imtiyozlarga ega, va Rossiyada ishlab chiqarilgan eng zamonaviy va qimmatbaho jangovar texnikani xarid qilishga qodir.
"Armata" kapsulasi - tank bashnyasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri zarba berilganida yoki jangovar komplekt yonganida (detonatsiya vaqtida) tankchilar hayotini saqlab qolish imkoniyatini beradi. Muallif g‘oyasi masofadan boshqarish pulti va sun’iy intellekt elementlari bo‘lgan tankning avtomat modifikatsiyasi yo‘nalishi bo‘yicha davom etadi. Konstruktorlar T-14ning qo‘shinlar va qurollarning avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimiga (jangovar harakatlarning tarmoqlashgan texnologiyasi) integrallashuvini hisobga olganlar. Mashinada robotlashtirish va modernizatsiya qilish uchun cheksiz imkoniyatlarga ega.
AQSh Rossiyaning T-72 tankini yakson qilish uchun robotni sinovdan o‘tkazdi
Tank muvaffaqiyat qozonishga mahkum, uning bevosita raqobatchilari yoki shunga o‘xshash muqobillar mavjud emas. "Armata" – ekipaj uchun zirhli kapsulaga ega, metallda o‘z aksini topgan texnologik inqilobdir. T-14da qo‘llanilgan old texnologik yechimlar butun XXI asr davomida o‘z ahamiyatini saqlab qoladi. Chet ellik buyurtmachilarga sotish bo‘yicha dunyodagi ikkinchi o‘rin esa (har yili taxminan 15 milliard dollar summaga) – RFda ishlab chiqarilgan eng yangi turdagi qurollarning sifati va ishonchliligini qo‘shimcha kafolatidir.

Konstruktor haddi

"Armata"ning yangicha uslubdagi shakli maxsus qoplama bilan birgalikda issiqlik va radiolokatsiya spektrlarida tank sezilarliligini ancha kamaytiradi. "Armata" zirhi mavjud har qanday tankka qarshi vosita zarbasiga dosh berishga qodir. Mashina faol va jadal himoya bilan jihozlangan, masofadan boshqariladigan qudratli pushkaga ega jangovar modul va avtomatlashgan qayta zaradlovchi tizim bilan ta’minlangan. Bashnya perimetri va korpusi bo‘ylab nishonga olish va xatarlarni aniqlovchi optiko-elektron uskunalar joylashgan.
“Armata” tankining o‘ziga xos xususiyati National Interest nashrini hayratda qoldirdi
Kengburchakli videokameralar 360 gradus obzorga ega, va ekipajni "situatsion vaziyat" ma’lumotlari bilan to‘liq ta’minlaydi. Tank komandirining aylanasiga nishonlarni aniqlovchi bashnya majmuasi ham doira obzori bilan ta’minlaydi. Operator-navodchikning ko‘rish majmuasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rish periskopi va suratni masshtablovchi imkonga ega lazerli dalnomer bilan jihozlangan. Teplovizion va infraqizil datchiklar har qanday ob-havo sharoitida, kunduzi va kechasi ishlaydi.
T-14ning "Eshelonlashgan mudofaa"si "Malaxit" passiv (an’anaviy) himoyasini (bunda dushmanning raketalari va snaradlari jisman yo‘q qilinadi), dushman tomondan uchib kelayotgan tankka qarshi snaradlar, bombalar va raketalarni avtomatik rejimda yo‘q qiladigan "Afganit" faol himoya majmuasini o‘z ichiga oladi. "Afganit" radari "tank ongini" xavflar haqida ogohlantiradi, shundan so‘ng radioelektron o‘chirish tizimi dushman raketalarini ishdan chiqaradi. Zaxirada shuningdek, "Relikt" modul majmuasi mavjud (tandem tipidagi dushman snaradlarini yo‘q qilish uchun). Mutaxassislar "Armata"ni ehtimoliy dushman tanklariga nisbatan samaradorligi va yashovchanligi 30%ga ko‘p bo‘lgan mashina sifatida baholaydilar.
Rossiya nega tanklarga odam nutqini tushunishni o‘rgatmoqda?
"Armata" platformasida dunyodagi eng yuqori himoyaga ega bo‘lgan piyodalarning T-15 jangovar mashinasi yaratilgani ham bejiz emas.
Ekipaj (uch kishi) 125 mm silliq stvolli 2A82 pushkani tank korpusida joylashgan zirhlangan kapsulada masofadan turib boshqaradi. Uning o‘t ochish qudrati (daqiqasiga 12-marta o‘t ochish tezligi bilan) ehtimoliy dushmanning barcha mavjud tank qurollaridan qariyb 1,2 barobar ustun. Jangovar zaxiralar (ekipajdan alohida) xavfsiz joylashtirilgan - turli maqsadlar uchun mo‘ljallangan 40ta snaradlar zarad avtomatidan joy olgan. "Armata" optikasi - kunduzi 5 kilometrgacha, kechasi 3,5 kilometrgacha masofada joylashgan nishonlarni topish imkonini beradi.
O‘zbekistonda T-64 tanklari modernizatsiya qilinadi
Ellik tonnalik T-14 tanki quvvati 1500 ot kuchiga ega dvigatel bilan jihozlangan va soatiga 90 km tezlikda harakatlanishga qodir (amerikaning M-1 Abrams tankidan tezroq). "Armata"ning chidamliligi 900 mm dan ortiq bo‘lgan yengil zirhi Moskva "Po‘lat ilmiy-tadqiqot instituti" tomonidan ishlab chiqilgan. Zamonaviy g‘arb namunalari tobora og‘irlashib bormoqda va shu bois, harakatchanlikda Rossiya tanklariga yutqazmoqda (Abrams tanklarida Isroilda ishlab chiqarilgan "Trofi" faol himoya tizimi o‘rnatilmoqda – bu tank vaznini 3,5 tonnaga oshiruvchi yirik konteynerlar bo‘lib, ushbu holatni sezilarli "kamchilik" deya hisoblash mumkin).