https://oz.sputniknews.uz/20210204/Rossiya-yllari-ldiradi-AShliklarning-z-tanklaridan-kngli-oldi-15934259.html
“Rossiya yo‘llari o‘ldiradi”: AQShliklarning o‘z tanklaridan ko‘ngli qoldi
“Rossiya yo‘llari o‘ldiradi”: AQShliklarning o‘z tanklaridan ko‘ngli qoldi
Sputnik O‘zbekiston
Pentagon bong o‘rmoqda: Amerika armiyasining asosiy zarba beruvchi kuchi bo‘lgan, mashhur Abrams tanklari Rossiya bilan qurolli to‘qnashuvga tayyor emas. 04.02.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-02-04T16:51+0500
2021-02-04T16:51+0500
2021-04-01T15:50+0500
kolumnistlar
rossiya
harbiy texnika
aqsh
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/983/35/9833587_0:282:3070:2009_1920x0_80_0_0_62d296b4fbae60b5d9ae37730a70aa33.jpg
Andrey Kos. So‘nggi modifikatsiya Sharqiy Yevropada harbiy harakatlar uchun mos emasligi aniqlandi. Bu harbiy texnikaning qanday muammosi bor - RIA Novosti materialida.Juda og‘irM1 Abrams 40-yildan ortiq vaqt davomida AQSh armiyasida foydalaniladi. 1980-yildan buyon tanklarning 10 ta mingdan ortig‘i ishlab chiqarilgan, 6 mingga yaqini - xizmatda. "Abramlar" Iroq, Afg‘oniston, Yamanda jang qildi va jangda o‘zlarini yaxshi isbotladi - zirh raqib tankining zarbasiga dosh berishga yetar edi va qurolning kuchi har qanday nishonni ishonchli tarzda yakson qilish uchun yetarli edi.“Abrams”lar bir necha bor modernizatsiya qilindi.Zirh asta-sekin mustahkamlanib, tuzilishga yangi yechimlar kiritildi va bortdagi uskunalar takomillashtirildi. Biroq, tank sezilarli darajada og‘irlashdi. O‘tgan yozdan beri qo‘shinlarga kirgan M1A2 SEP V3ning so‘nggi modifikatsiyasining jangovar og‘irligi 68 tonnaga yaqinlashmoqda, bu Ikkinchi Jahon urushidagi Germaniyaning “Tigr-II” og‘ir tanki bilan taqqoslash mumkin. Pentagon mutaxassislarining fikriga ko‘ra, bu tankdan foydalanishni jiddiy ravishda murakkablashtiradi."Abrams M1A2 SEP V3ni modernizatsiya dasturi shubhali, - deyiladi AQShning tezkor sinov va baholash boshqarmasi hisobotida (Operational test and evaluation). Mashina og‘irligining sezilarli darajada oshishi uning harakatlanish qobiliyatini pasaytiradi. M1A2 SEP V3 taktik ko‘priklarga bardosh berolmaydi, ularni jangovar ta’mirlash-evakuatsiya mashinalari va hatto og‘ir armiya transport uskunalari ko‘tarolmaydi".Tankning tashqi o‘lcham kattaligiAmerikalik tahlilchilarning fikriga ko‘ra, bularning barchasi, “Abrams”lardan Yevropada, ayniqsa sharqiy qanotda foydalanish imkoniyatlarini cheklaydi. Ekspertlar mahalliy ko‘priklar va yo‘llar bunday og‘ir uskunalar uchun mo‘ljallanmagan, deb ta’kidlashmoqda. Rossiya bilan keng ko‘lamli urush bo‘lgan taqdirda, tank brigadalarining jangovar guruhlari keng maydonlarni tezda yengib o‘tishlari kerak. Aynan bu zirhli texnika logistikasi Pentagon strateglari uchun asosiy to‘siq bo‘lishi mumkin.Hozirda "Abrams" vazn bo‘yicha faqat Germaniya Leopard 2A7 (68,5 tonna)dan kam. Shunday qilib, Shimoliy Atlantika alyansining ikki eng kuchli harbiy davlati Rossiya bilan urush bo‘lgan taqdirda faol hujum harakatlarini amalga oshirishi dargumon.NATO tarkibida Sharqiy Yevropa davlatlarining transport infratuzilmasini mustahkamlash rejalari 2017-yilda e’lon qilingandi. Tashkilot bosh kotibi Yens Stoltenberg yo‘llar va ko‘priklarga qo‘yiladigan talablar qayta ko‘rib chiqilishi kerak, deb aytdi.Avvalroq, G‘arb OAVlari qo‘shimcha kuchlarni joylashtirish bilan bog‘liq muammolar haqida xabar bergan edi. Xususan, Amerikaning og‘ir zirhli mashinalarini Polshaga jo‘natish paytida ba’zi jangovar transport vositalari kattaligi bo‘yicha temir yo‘l stansiyalariga mos emas edi: Polshaning Kovalevo-Pomorsk shahridagi platformaga yaqinlashganda, temir beton konstruksiyasiga urilgan bir nechta tanklarni ishdan chiqishiga oz qoldi.Bundan tashqari, AQShdan "Abrams"larni jo‘natishda qiyinchiliklar bo‘lishi mumkin. AQShning eng yirik harbiy transport samolyoti C-5 bortida faqat bitta modernizatsiya qilingan tankni oladi. Rossiya texnikasi uchun jangovar vazn talablari ancha yuqori: eng yangi T-90M og‘irligi atigi 48 tonnani, va istiqbolli T-14 "Armata" esa taxminan 55 tonnani tashkil etadi.3-modifikatsiyaM1A2 SEP V3 ko‘plab yaxshilash va kam ko‘stini to‘ldirishlar tufayli og‘irlashdi. Yordamchi kuch qurilmasi endi zirh bilan bekitilgan va orqa qismga joylashgan - bu mashinani yaqin masofadan katta kalibrli pulemotlardan, shuningdek kichik kalibrli pushkalar zarbasidan himoya qilishni kuchaytirish uchun qilingan.SEP modifikatsiyalari Iroq urushidan keyin paydo bo‘ldi. Jangovar harakatlar shuni ko‘rsatdiki, shahar hududlarida zirhli mashinalar binolarning yuqori qavatlaridan o‘q otish uchun juda zaif. Yo‘l chetiga qo‘yilgan portlovchi moslamalar juda xavfli.Shuning uchun M1A2 SEP V3da old tomondagi zirhning qalinligi jiddiy ravishda oshirildi va konstruksiyaning mina portlashiga chidamliligi yaxshilandi. Isroilning Trophy faol himoya kompleksi mashinaga yaqinlashib kelayotgan har qanday past ovozli o‘q-dorilarni urib tushirishga qodir. Biroq vazn juda oshdi.Oldingi versiyalarda fugas o‘q-dorilari bo‘lmagan. Ularning o‘rnini yirik pitrali va ko‘p maqsadli snaradlar egallaydi deb o‘ylashgan, ammo amaliyot buni tasdiqlamagan. Natijada “uchlik” yangi M1147 o‘q-dorilarini oldi.Tarixiy tajribaDekabrda AQSh Mudofaa vazirligi Abrams tanklarini M1A2 SEP V3 darajasiga ko‘tarish uchun General Dynamics Land Systems bilan 4,62 milliard dollarlik shartnoma tuzishini e’lon qildi. Ishlar 2028-yilga qadar bajarilishi kerak. Vashington tahlilchilarining ogohlantirishlari generallarni xijolat qilmayapti. Yoki ular ortiqcha vazn muammosini maxsus transport vositalarini yaratish orqali hal qilmoqchi.Ma’lumki, Rossiya yo‘llari chet el bosqinchilariga bir necha bor xalaqit bergan. 1941-yil kuzida loy, loygarchilik yo‘llar va Sovet yo‘l infratuzilmasining o‘ziga xos xususiyatlari vermaxt tanklarining Moskva tomon harakatini jiddiy ravishda sekinlashtirdi. Keyinchalik Gitler qo‘mondonlari barcha o‘z mag‘lubiyatlarini yo‘lsizlikka bog‘lashgan."Ertalab biz juda tez ketmoqdamiz, keyin yana yo‘l azoblari boshlanadi", - deb eslaydi nemis dala jarrohi Xans Killian "G‘alabalar soyasida" kitobida.“Yo‘llar loydan butunlay chaplashib ketdi, bundan tashqari artilleriya hujum chizig‘ini yaxshigina o‘qqa tutdi. Snarad portlagan joyda hosil bo‘lgan chuqurliklar, chuqurligi hech kimga noma’lum, limmo-lim balchiqqa to‘lgan. Bunday chuqurga tushib ketmaslik uchun doimo ogoh bo‘lib, shoshmasdan borish kerak”.Pentagon qo‘mondonlari avvalgi istilochilarning tajovuzkor urushlarining yomon tajribasi haqida esdan chiqarib qo‘ymagani ma’qul. Sovet Ittifoqi endi yo‘q bo‘lsa ham, Rossiya avvalgidek dunyoda oldindan aytib bo‘lmaydigan iqlimga ega bo‘lgan eng katta mamlakatdir.
https://oz.sputniknews.uz/20201209/Uchar-tank-va-super-ovchi-rus-zhangovar-vertoltlari-Kavkaz-tomon-yl-oldi-15570823.html
https://oz.sputniknews.uz/20201208/Bu-yutu-Rossiya-tank-zhangining-yangi-tekhnikasini-sinab-krmoda-15561063.html
https://oz.sputniknews.uz/20201002/Uchinchi-zhaon-urushi-uchun-eng-yakhshi-tank-malum-qilindi-15101162.html
https://oz.sputniknews.uz/20200826/Tank-biatlonining-ikkinchi-poygasi-video-14843258.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/983/35/9833587_339:0:3070:2048_1920x0_80_0_0_6f515f9e5a622600646eeaa9740f7741.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
kolumnistlar, rossiya, harbiy texnika, aqsh
kolumnistlar, rossiya, harbiy texnika, aqsh
“Rossiya yo‘llari o‘ldiradi”: AQShliklarning o‘z tanklaridan ko‘ngli qoldi
16:51 04.02.2021 (yangilandi: 15:50 01.04.2021) Pentagon bong o‘rmoqda: Amerika armiyasining asosiy zarba beruvchi kuchi bo‘lgan, mashhur Abrams tanklari Rossiya bilan qurolli to‘qnashuvga tayyor emas.
Andrey Kos. So‘nggi modifikatsiya Sharqiy Yevropada harbiy harakatlar uchun mos emasligi aniqlandi. Bu harbiy texnikaning qanday muammosi bor - RIA Novosti materialida.
M1 Abrams 40-yildan ortiq vaqt davomida AQSh armiyasida foydalaniladi. 1980-yildan buyon tanklarning 10 ta mingdan ortig‘i ishlab chiqarilgan, 6 mingga yaqini - xizmatda. "Abramlar" Iroq, Afg‘oniston, Yamanda jang qildi va jangda o‘zlarini yaxshi isbotladi - zirh raqib tankining zarbasiga dosh berishga yetar edi va qurolning kuchi har qanday nishonni ishonchli tarzda yakson qilish uchun yetarli edi.
“Abrams”lar bir necha bor modernizatsiya qilindi.
Zirh asta-sekin mustahkamlanib, tuzilishga yangi yechimlar kiritildi va bortdagi uskunalar takomillashtirildi. Biroq, tank sezilarli darajada og‘irlashdi. O‘tgan yozdan beri qo‘shinlarga kirgan M1A2 SEP V3ning so‘nggi modifikatsiyasining jangovar og‘irligi 68 tonnaga yaqinlashmoqda, bu Ikkinchi Jahon urushidagi Germaniyaning “Tigr-II” og‘ir tanki bilan taqqoslash mumkin. Pentagon mutaxassislarining fikriga ko‘ra, bu tankdan foydalanishni jiddiy ravishda murakkablashtiradi.
"Abrams M1A2 SEP V3ni modernizatsiya dasturi shubhali, - deyiladi AQShning tezkor sinov va baholash boshqarmasi hisobotida (Operational test and evaluation). Mashina og‘irligining sezilarli darajada oshishi uning harakatlanish qobiliyatini pasaytiradi. M1A2 SEP V3 taktik ko‘priklarga bardosh berolmaydi, ularni jangovar ta’mirlash-evakuatsiya mashinalari va hatto og‘ir armiya transport uskunalari ko‘tarolmaydi".
Tankning tashqi o‘lcham kattaligi
Amerikalik tahlilchilarning fikriga ko‘ra, bularning barchasi, “Abrams”lardan Yevropada, ayniqsa sharqiy qanotda foydalanish imkoniyatlarini cheklaydi. Ekspertlar mahalliy ko‘priklar va yo‘llar bunday og‘ir uskunalar uchun mo‘ljallanmagan, deb ta’kidlashmoqda. Rossiya bilan keng ko‘lamli urush bo‘lgan taqdirda, tank brigadalarining jangovar guruhlari keng maydonlarni tezda yengib o‘tishlari kerak. Aynan bu zirhli texnika logistikasi Pentagon strateglari uchun asosiy to‘siq bo‘lishi mumkin.
Hozirda "Abrams" vazn bo‘yicha faqat Germaniya Leopard 2A7 (68,5 tonna)dan kam. Shunday qilib, Shimoliy Atlantika alyansining ikki eng kuchli harbiy davlati Rossiya bilan urush bo‘lgan taqdirda faol hujum harakatlarini amalga oshirishi dargumon.
NATO tarkibida Sharqiy Yevropa davlatlarining transport infratuzilmasini mustahkamlash rejalari 2017-yilda e’lon qilingandi. Tashkilot bosh kotibi Yens Stoltenberg yo‘llar va ko‘priklarga qo‘yiladigan talablar qayta ko‘rib chiqilishi kerak, deb aytdi.
Avvalroq, G‘arb OAVlari qo‘shimcha kuchlarni joylashtirish bilan bog‘liq muammolar haqida xabar bergan edi. Xususan, Amerikaning og‘ir zirhli mashinalarini Polshaga jo‘natish paytida ba’zi jangovar transport vositalari kattaligi bo‘yicha temir yo‘l stansiyalariga mos emas edi: Polshaning Kovalevo-Pomorsk shahridagi platformaga yaqinlashganda, temir beton konstruksiyasiga urilgan bir nechta tanklarni ishdan chiqishiga oz qoldi.
Bundan tashqari, AQShdan "Abrams"larni jo‘natishda qiyinchiliklar bo‘lishi mumkin. AQShning eng yirik harbiy transport samolyoti C-5 bortida faqat bitta modernizatsiya qilingan tankni oladi. Rossiya texnikasi uchun jangovar vazn talablari ancha yuqori: eng yangi T-90M og‘irligi atigi 48 tonnani, va istiqbolli T-14 "Armata" esa taxminan 55 tonnani tashkil etadi.
M1A2 SEP V3 ko‘plab yaxshilash va kam ko‘stini to‘ldirishlar tufayli og‘irlashdi. Yordamchi kuch qurilmasi endi zirh bilan bekitilgan va orqa qismga joylashgan - bu mashinani yaqin masofadan katta kalibrli pulemotlardan, shuningdek kichik kalibrli pushkalar zarbasidan himoya qilishni kuchaytirish uchun qilingan.
SEP modifikatsiyalari Iroq urushidan keyin paydo bo‘ldi. Jangovar harakatlar shuni ko‘rsatdiki, shahar hududlarida zirhli mashinalar binolarning yuqori qavatlaridan o‘q otish uchun juda zaif. Yo‘l chetiga qo‘yilgan portlovchi moslamalar juda xavfli.
Shuning uchun M1A2 SEP V3da old tomondagi zirhning qalinligi jiddiy ravishda oshirildi va konstruksiyaning mina portlashiga chidamliligi yaxshilandi. Isroilning Trophy faol himoya kompleksi mashinaga yaqinlashib kelayotgan har qanday past ovozli o‘q-dorilarni urib tushirishga qodir. Biroq vazn juda oshdi.
Oldingi versiyalarda fugas o‘q-dorilari bo‘lmagan. Ularning o‘rnini yirik pitrali va ko‘p maqsadli snaradlar egallaydi deb o‘ylashgan, ammo amaliyot buni tasdiqlamagan. Natijada “uchlik” yangi M1147 o‘q-dorilarini oldi.
Dekabrda AQSh Mudofaa vazirligi Abrams tanklarini M1A2 SEP V3 darajasiga ko‘tarish uchun General Dynamics Land Systems bilan 4,62 milliard dollarlik shartnoma tuzishini e’lon qildi. Ishlar 2028-yilga qadar bajarilishi kerak. Vashington tahlilchilarining ogohlantirishlari generallarni xijolat qilmayapti. Yoki ular ortiqcha vazn muammosini maxsus transport vositalarini yaratish orqali hal qilmoqchi.
Ma’lumki, Rossiya yo‘llari chet el bosqinchilariga bir necha bor xalaqit bergan. 1941-yil kuzida loy, loygarchilik yo‘llar va Sovet yo‘l infratuzilmasining o‘ziga xos xususiyatlari vermaxt tanklarining Moskva tomon harakatini jiddiy ravishda sekinlashtirdi. Keyinchalik Gitler qo‘mondonlari barcha o‘z mag‘lubiyatlarini yo‘lsizlikka bog‘lashgan.
"Ertalab biz juda tez ketmoqdamiz, keyin yana yo‘l azoblari boshlanadi", - deb eslaydi nemis dala jarrohi Xans Killian "G‘alabalar soyasida" kitobida.
“Yo‘llar loydan butunlay chaplashib ketdi, bundan tashqari artilleriya hujum chizig‘ini yaxshigina o‘qqa tutdi. Snarad portlagan joyda hosil bo‘lgan chuqurliklar, chuqurligi hech kimga noma’lum, limmo-lim balchiqqa to‘lgan. Bunday chuqurga tushib ketmaslik uchun doimo ogoh bo‘lib, shoshmasdan borish kerak”.
Pentagon qo‘mondonlari avvalgi istilochilarning tajovuzkor urushlarining yomon tajribasi haqida esdan chiqarib qo‘ymagani ma’qul. Sovet Ittifoqi endi yo‘q bo‘lsa ham, Rossiya avvalgidek dunyoda oldindan aytib bo‘lmaydigan iqlimga ega bo‘lgan eng katta mamlakatdir.