TOShKENT, 1 okt — Sputnik. Drezden harbiy-tarixiy muzey ekspertlari Yens Vener va Bernard Kast "agar sovuq urush vaqtida uchinchi jahon urushi boshlanganda T-72 tankini eng yaxshi tank bo‘lardi", deb ta’kidladilar. RIA Novosti xabariga asosan.
Ekspertlarning fikriga ko‘ra, T-72 nisbatan arzon, g‘arbiy analoglaridan ustunlik xususiyatlariga ega bo‘lgan.
“1970-yillarida NATOning o‘sha paytdagi tanklari, masalan, juda yengil zirhli himoyasi bo‘lgan Germaniyaning Leopard I” yoki Amerikaning M60 tanklari bilan taqqoslaganda, T-72 tanki ancha istiqbolli edi”, - dedi Vener Military History Not Visualized YouTube-kanali efirida.
Mutaxassis ta’kidlashicha, T-72 tankining zirh qoplamasi ekipajni yadro portlash, zararli ta’sirlari, kimoviy va bakteriologik qurollarni qo‘llash oqibatlaridan ishonchli himoya qilgan. Bundan tashqari, tank manevr va tezlikni saqlagan holda yuqori o‘q otish kuchiga ega bo‘lgan.