Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi turli xil jangovar muhitlarda - suv ostida, yer ustida, havoda, kosmosda ishlashga moʻljallangan robot tizimlarini sinovlarni oʻtkazib xizmatga qabul qilmoqda.
Anʼanaviy ravishda Rossiyadagi mashq poligonlaridagi manevrlar yozgi oʻquv mavsumida maksimal avjga chiqadi. Joriy iyun va iyul oylari ham, shuningdek, texnologik ilgʻor qadamlar bilan - yangi, robotlashgan qurol tizimlarini qoʻshinlarga faol kiritilishi bilan qiziqarli boʻldi.
20-26 iyul kunlari Qora dengizda NATO dengiz kuchlarining Sea Breeze-2020 mashqlari fonida harbiy suv osti monitoringi tizimining Rossiyaning eksperimental suv osti robotlari va gidroakustik jihozlarining sinovlari boʻlib oʻtdi. Soʻngi robotlashgan tizimlar muhim harbiy va iqtisodiy inshootlarni dengiz tahdidlaridan muvaffaqiyatli himoya qilish qobiliyatini namoyish etdi.
21 iyul kuni Rossiya Mudofaa vazirligi qoʻshinlarga “Uran-6” minalardan tozalash robotlarini yetkazib berish toʻgʻrisida qarorni qabul qildi. Koʻp funktsiyali robotexnikaviy minalardan tozalash majmuasi mina toʻsiqlarida yoʻlaklarni ochish va katta maydonlarni tozalash uchun moʻljallangan. Avvalroq majmua Suriyada sinovdan oʻtdi. “Suriyadagi xizmat safari”dan keyin “Uran-6” jangovar foydalanish tajribasi hisobga olingan holda modernizatsiya qilindi.
Iyul oyi boshida “Armata” ogʻir oʻrmalovchi platformadagi T-14 tank haydovchisiz rejimda sinovdan oʻtkazildi, bu rejim ochiq raqamli arxitektura tufayli amalga oshirilishi mumkin.

29 iyun kuni Markaziy harbiy okrug qoʻshinlari Chebarkul poligonida soʻngi “Marker” jangovar robotidan foydalangan holda mashqlar oʻtkazdi, u belgilangan vazifalarni muvaffaqiyatli hal qilishga yordam berdi. Majmua kelajakda jangovar harakatlarni amalga oshirish modellarini yaratish uchun konstruktor sifatida tasniflanmoqda va yerdagi robotlar, uchuvchisiz aviatsiya va maxsus kuchlarning integratsiyasi uchun asos boʻladi.
RF Mudofaa vazirligi mutaxassislari robotni operator-komandirdan yuzlab va minglab kilometr masofada jangovar operatsiyalarni avtonom rejimda oʻtkazishga oʻrganish niyatida. Foydali yuk sifatida “Marker” turli xil oʻq otish qurollari, granatomyotlar, dronlar va havodan qoʻriqlab turuvchi qurol-yarogʻlarni uchirish kassetalarini tashishga qodir. “Marker” robotlashgan platformasini ishlab chiqish va sinovdan oʻtkazish 2021 yilda yakunlanadi.
Rossiya Mudofaa vazirligining baʼzi soʻngi robotlashgan tizimlarini batafsil koʻrib chiqaylik.
Sea Breeze nishon maydoni sifatida
Rossiya harbiy mutaxassislari Qora dengizda dushman obʼyektlarini aniqlashga moʻljallangan turli hil muhitlarda ishlaydigan robot tizimlarini sinovdan oʻtkazdilar. Shu bilan birga, RF Mudofaa vazirligida bir vaqtning oʻzida NATO dengiz kuchlarining Sea Breeze-2020 mashqlari oʻtkazilayotgan Qora dengizning shimoli-gʻarbiy qismida harbiy-texnik tajribalar mohiyati haqida batafsil gapirib berdilar. Rossiyaning avtonom uchuvchisiz suv osti apparatlari (NPO “Avrora” kontserni mahsuloti) potentsial dushmanning yirik obʼyektlari va kichik oʻlchamli robotexnikaviy tizimlarini aniqlash va ajrata olishlari kerak edi. Apparatlardan biri yonboshni koʻrish gidrolokatori va koʻp nurli exolotdan foydalangan, ikkinchisi aniqlangan nishonlarni nazoratda ushlab turgan. Maʼlum boʻlshicha, Rossiya majmualari “uchrashuv nuqtasi”dan nishon xususiyatlari va koordinatalari, fotosuratlari va videolarni uzatishi mumkin.

AQSH 6-chi floti qoʻmondoni Djin Blekning soʻzlariga koʻra, mashgʻulotlar oʻz ichiga havo va suv osti kemalariga qarshi mudofaani ishlab chiqishni, taqiqlash operatsiyalarini (dushmanni jangovar hududga yoʻl olganida ushlab turish yoki yoʻq qilish) olgan. Ushbu stsenariy tufayli, bir necha kun davomida Qrim yaqinidagi neytral suvlarda joylashgan NATOning harbiy boʻlinmalari Rossiya Harbiy-dengiz kuchlarining robot tizimlari uchun ajoyib “nishon maydoni” sifatida namoyon boʻldilar.
Ehtimoliy dushmanning vositalari aniqlash uchun deyarli imkonsiz boʻlgan ixcham apparatlarni atigi ikki mutaxassis jihozlanmagan qirgʻoqdan ishga tushirishga qodir.
2017 yildan beri Qora dengiz flotining asosiy sinov maydoni – “Viktor Cherokov” robotlashgan kemasi. Jangovar foydalanish borasida maʼlum tajriba va Rossiyaning suv osti robotlashgan tizimlarining suv ustidagi, havodagi va qirgʻoqlardagi razvedka va zarba berish tizimlari bilan oʻzaro hamjihatligi boʻyicha kattagina salohiyat toʻplandi deb hisoblayman. Ushbu maʼlumotlar mintaqadagi RFning strategik obʼyektlarini himoya qilish darajasiga baxo berishga imkon beradi.
Jangovar safdagi “Uran-6”
RF Mudofaa vazirligi maʼlumotlariga koʻra, 2020 yilda 20 dan ortiq “Uran-6” koʻp funktsional robotlashgan minalardan tozalash majmualari alohida muhandis-sapyor polklari va brigadalariga foydalanishga topshiriladi. 10 iyul kuni Gʻarbiy harbiy okrugning 20-chi gvardiya armiyasining sapyor polkiga soʻngi texnikalarning birinchi partiyasi topshirildi. Bundan tashqari, Moskva viloyatidagi Rossiya Qurolli Kuchlari Xalqaro minalarga qarshi markazi oʻquv poligonida koʻp funktsiyali robotexnikaviy majmuasi operatorlari tayyorlovi tashkil etildi.

“Uran-6” majmuasi masofadan boshqarish rejimida (operatordan 1 km masofada) yetarli ishonch bilan hududni minalardan yaxlit tozalanishini taʼminlaydi, piyodalarga qarshi mina maydonlarida yoʻlaklar ochishni amalga oshiradi. Yaʼni, harbiy xizmatchilarning hayot uchun xavfli boʻlgan hududda bevosita ishtirokini istisno qilishga imkon beradi va muhandislik boʻlinmalarining imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytiradi.
Vazifaga qarab, mashinaga bir necha xil trallardan biri oʻrnatiladi. Jangovar robot-sapyorning massasi taxminan 6 tonnani tashkil etadi va koʻchirish uchun platforma (“multilift” tizimi va trallarni almashtirish uchun platformaga ega KamAZ) bilan taʼminlangan. “Uran-6” platformadan 3-4 daqiqa ichida tushadi yoki yana koʻtarila oladi.
“Uran-6” Suriyaning Palmira, Halab va Dayr-az-Zor shaharlarini minalardan tozalashda jangovar sharoitda sinovdan oʻtkazildi va shundan soʻng u yangi funktsiyalarga ega boʻldi. Istiqbolda sapyorlarning harakatlari minalar maydonlarini, hududlarni minlardan tozalash, koʻpriklar va istehkomlarni qurish bilan cheklanmaydi. Robotlashgan majmualar tufayli muhandislik-sapyor polklari mustahkamlangan obʼyektlarga hujum qilishda, yashirin minalashni amalga oshirishda ishtirok etishlari mumkin boʻladi.

Har bir umuqoʻshin yoki tank armiyasi tarkibida muhandislik-sapyor polklari, harbiy okrugda esa muhandislik brigadasi boʻladi. OAV maʼlumotlariga koʻra, ularda allaqachon hujumchi-sapyorlarning rota va batalonlari tashkil etilmoqda, va “Uran” ularga yordam berishga shay.
Kelajakdan kelgan “marker”
Rossiya Mudofaa vazirligi uchun yaratilayotgan “Marker” platformasi, shubhasiz, jangovar robototexnika sohasidagi eng qiziqarli loyihadir. Kelajakda “Marker”ning sunʼiy intellekti unga mustaqil ravishda qarorlar qabul qilishga, yaʼni muayyan vazifalarni bajarish uchun marshrutni, jangovar harakatlar vaqtini, oʻq-dorilar harajatini va boshqa parametrlarni - avtonom ravishda, mashinalar guruhi tarkibida, boʻlinma tarkibida (odamlar bilan) hisoblash imkoniyatini beradi. Shu bilan birga avtonom qoʻmondonlik markazidan yuzlab va minglab kilometr uzoqlik masofani, yuqori aniqlikdagi qurollarning mavjudligini va nishonni yuqori aniqlash funktsiyasi mavjudligini anglatadi.

“Marker” robotlashgan platformasi yuqori aniqlikdagi nishonga oʻt ochish uchun uskunalarni oʻz ichiga oldi, muqaddam jangovar robot Markaziy harbiy okrug mashqlarida qatnashgan, ammo loyiha ishlab chiqilishi hali yakunlanmagan. Uning yaratuvchilari – Istiqbolli tadqiqotlar jamgʻarmasi va “Androidnaya texnika” IICHB – hozircha mashinani haqiqiy jangda sinab koʻrish niyatida emas. Birlashtirilgan platformada yer usti robototexnikasining turkum asosiy texnologiyalari (texnik koʻrish qobiliyati, aloqa, navigatsiya, avtonom harakat va foydalanish, ovoz nazorati) uch bosqichda sinovdan oʻtkazilmoqda. 2021 yil iyuniga qadar barcha eng yaxshi bilim va imkoniyatlarni oʻz ichiga olishi kerak boʻlgan beshta mashina (ikkita gʻildirakli va uchta oʻrmalovchi) turkumi rejalashtirilgan. Platforma modulli tamoyilga asosan ishlab chiqilmoqda va tezkor ravishda yuk koʻtarish oʻzgartirishga (qoʻshimcha qilishga), tizimlarni yangilashga imkon beradi.

Foydali yuk sifatida bir vaqtning oʻzida bir-biridan mustaqil ravishda harakat qila oladigan bir nechta qurol tizimlari oʻrnatilishi mumkin. Shu bilan birga, Dron moduli dronlarning butun guruhini avtonom ravishda uchirilishini taʼminlaydi, ularning har biri vazifalarni guruh tarkibida yoki alohida bajaradi.
Ehtimol, tez orada Rossiya roboti tirik askar kabi buyruqlarni ovoz bilan bajarishni oʻrganib oladi, sinov davomida bunday maqsad ham qoʻyilgan. Gʻarb Rossiyaning yutuqlaridan xavotirda - Amerikaning Forbes jurnali yaqinda “Vahima qilmangu, ammo Rossiya robotlashgan tanklarini odam nutqini tushunishga oʻrgatmoqda” degan maqola chop etgan edi.

RF Mudofaa vazirligining robotlari havo va kosmosni muvaffaqiyatli oʻzlashtirmoqdalar va shunday boʻlsa-da “Marker” oʻzining mavjud potentsiali bilan qoʻshinlarga faqat sinov va tajribalar uchun keladi, u “kelajakdan mehmon” boʻlib, mutlaqo yangi qurol tizimlari va “koʻp domenli jang” taktikasini vaʼda qiladi. Ushbu robot kelajak armiyasining avangardidir, bugungi kunda dunyoda uning analogi yoʻq. Pentagonning piyoda qoʻshinlari uchun avtonom jangovar platformasini (Boston Dynamics-dan “qadam bosuvchi” BigDog) yaratish urinishi muvaffaqiyatsiz yakunlandi. Amerika roboti mustaqil ravishda eng oddiy qarorlarni qabul qilishni yoki hech boʻlmaganda ovozli buyruqlarni tushunishni oʻrganolmadi, odam tomonidan jangovar saf va sharoitlarda masofadan doimiy ravishda boshqaruv pultidan boshqarishi - maqsadga muvofiq emas.